Begonalashuv va tanazzu. ijtimoiy oqibatlar




Download 113,5 Kb.
bet6/7
Sana22.05.2024
Hajmi113,5 Kb.
#249950
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari

Begonalashuv va tanazzu. ijtimoiy oqibatlar
Xozirgi jamiyat xayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
1.Iqtisodiy, 2.Siyosiy, 3.Madaniy, 4.Ijtimoiy, 5.Ruhiy.
Bu begonalashuv turlari o’zlarining ma’lum bir shakillariga egadirlar. Masalan iqtisodiy begonalashuv uchta shaqlga ega:
1.Faoliyatda begonalashuv.
2.Faoliyat boshqaruvidan begonalashishi.
3. Faoliyat natijalaridan begonalishishi.
Siyosiy begonalashish siyosiy xokimiyatdan begonalashishdan; madaniy begonalashish mulokatdan, insonlarning bir-biridan; psixologik begoralashuv o’z-o’zidan begonalashishdan iborat bo’ladi.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birlariga bog’liq hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaysa, xo’jalikaloqalari o’zilsa, pulning kadri tushib ketib narxlar tez sur’atlarda oshib ketsa, boshqaruv to’zilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan deb fikr yuritishimiz mumkin.
Bu chukur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv omiliga to’rtib kirgizishi aniq. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa tanazzul ham chukurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taksimlanishi ro’y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun quyilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birgalikda ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi - ishlab chiqarish munosabatlari shakillandiki uning asosidabevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan o’zoklashib asta sekinlik bilan o’z mehnatining natijasida begonalashib boradi. Endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham kizig’i yuk. Marksizm ta’limoti bo’yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach ishlab chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi. Siyosiy xokimiyatni bosib olgan pro’letariat ishlab chiqarish vositalarini endi davlat mulkiga aylantiradi.
Sotsialistik revolyutsiya mantiqiga ko’ra bu tadbirlar begonalashuv jarayonini ildiziga bolta urushi kerak edi. Lekin 70 yillik tarix davomida bizga uktirib kelingan ijtimoiy mulk davlat mulki edi. Bu mulk esa xususiy mulkning eng jirkanch, adolatsiz turi bo’lib chiqdi. Chunki davlat mulki o’zining real egasiga ega emas. U bir mavxum tushuncha edi. Mehnat kishisi esa yana mulkdan begonadir. Davlat mulki esa davlat apparatining xususiy mulkiga aylanib, bu nomenklaturani “yangi” sinfga aylantirdi. Bu salbiy jarayonlar natijasida ishlab chiqarish o’zining haqikiy egasini topa olmadi.
Siyosiy jabxada ham siyosiy xokimiyatdan jamiyatning ko’pgina a’zolari begonalashtirildilar. Ya’ni siyosiy xokimiyat halq xokimiyati umumhalq xokimiyati deb e’lon qilingan bo’lsada, aslida u ma’lum bir guruhning - elitaning xususiy mulkiga aylandi. Buning asosida esa butun bir halq davlat siyosiy xokimiyatidan begonalashdi va bu begonalashgan omma bilan nomenklaturaning orasida ulkan jjarlik paydo bo’ldi. O’z navbatida bu jarayonlar siyosiy tanazzulga olib keldi va bu tanazzul tufayli tashqi dushman yenga olmagan totalitar davlat o’z-o’zidan parchalanib ketdi.
Madaniy soxadagi begonalashuv ham anchagina chukur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma’naviy tanazzulni keltirib chiqaradi. Jamiyatda sog’lom muhitni yaratishda ma’naviyat va madaniyatning o’rni o’zgacha. Chunki ular individlarni barkamol bo’lib shakillanishlariga katta ta’sir ko’rsatadilar. Agar jamiyat a’zolari o’z ma’naviyatlari boy madaniy meroslaridan o’zoklashib ketib, undan begonalashsalar, ular endi o’zlarini kelib chiqishlaridan tortib, to o’z millatlarining ham milliy urf-odatlari, an’analarini ham inkor kila boshlaydilar. Agarda yakin o’tmishimizga, uning tirixiga murojaat etsak ushbu satrlarimizni yaqqol isbotini ko’ramiz. Masalan, boy madaniy merosimizdan begonalashuvimiz bizlarni atokli adib Chingiz Aytmatovning ta’biricha mankurtlarga aylantiray dedi, ya’ni biz o’z halqimiz tarixi, milliy ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari, dinimiz va o’zligimizdan o’zoklashib koldik. Davlatimiz mustaqilligiga erishib, madaniy begonalashuvni bartaraf etishni boshladik. Sotsialogiyadagi muhim begonalashuv hisoblangan sotsial begonalashish insonlarni mulokotdan, bir-birlaridan o’zoklashishlari natijasida yuzaga keladi.
Inson o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy xususiyatga egadir o’zaro faoliyat tufayli paydo bo’lgan extiyojlar asosida doim insonlar bir-birlari bilan munosabatlarda mulokotlarda bo’ladilar. Mulokotning ijtimoiy ma’nosi shundaki u madaniyat shakillari va ijtimoiy tajribalarni o’zatish vositasi bo’lib ximat qiladi. Lekin iqtisodiy tanazzul ko’pgina insonlarni qiyin iqtisodiy axvolga solib kuyadi hamda jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodi munosabalarga ko’nikishlari qiyin kechishi inflyatsiya extiyojlar tizimini cheklash va normallashtirish insonlarda agressivlik joxillashishni an’ana va urf-odatlar, ma’naviy kadryatlarni yukotishga sabab bo’ladi. Shu kabi salbiy omillar insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlarga olib keladi va hamma o’z holicha degan norasmiy qonun paydo bo’ladi.
Ruhiy begonalashuv - bu insonning o’z mohiyatidan o’zoklashishdir. Bu muammoni nemis mutaffakiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqandir. Uning fikricha inson mohiyati doim o’ziga dushmanchilik kayfiyatidagi bo’lgan sotsial to’zilma ta’siri ostidagi insonning o’z-o’zidan begonalashuvining har bir darajasiga ma’lum bir sotsial harakter - dunyoparaslik, ekspluatatorlik, retseptiv (andozalik, kolip), bozorga oidlik xosdir.
Zamonaviy jamiyatni E. Fromm inson iloxiyatini “mashinalashtirish”, “kompyuterlashtirish” va “robotlashtirish” jarayonlari yordamida begonalashuv darajasini bir maxsuli deb ta’riflaydi. Bozorga yunaltirilgan sotsial harakat paydo bo’lib unda iste’molga intilish, ikkilanishlar xissiyoti, yakkalanib kolishlik va boshqa salbiy holat, xissiyotlar markaziy ahamiyat kasb etadilar.
Xuddi shu yerda psixologik va sotsial begonalashishlikni bir-birlari bilan juda uyg’unlashib ketishlarini qurish mumkin. Insonlar bir-birlaridan munosabatda, mulokotda begonalashsalar, o’z-o’zlaridan begonalashish ham yo’z beradi, chunki insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlari oqibatida, ular yakkalanish, zerikish va xaytga kizikishlari sunishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida insonning o’ziga kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yukolib, u o’zini begona deb hisoblaydi va bu jarayon ko’pgina sabliy oqibatlarga olib keladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak jamiyat xayotidagi turli xil begonalashuv jarayonlari tezrok ilmiylik va uyg’unlik asosida bartaraf qilinsagina jamiyat sog’lom sharoitda taraqqiy etadi va salbiy ijtimoiy hodisalarning o’z vaqtida olinadi. Masalan, mehnatdan begonalashishlikni bartaraf etish uchun birinchi galda insonlarning o’z mehnatlari natijalaridan manfaatdor bo’lishlari va uning oqibatida esa ularni mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirib, ularni qiziqish va kuch-g’ayratlari bilan ishlashlarini tashkil etish kerak.
Ishlab chiqarishni boshqarishdan begonalashish muammosini bartaraf etish ham juda muhim ma’no kasb etadi. Buning uchun ishlab chiqarish munosabatlarini chukur demokratiyalshtirish, korxona, tashkilot va muassasalardagi mavjud boshqaruv tizimlarini demokratik yo’llar bilan takomillashtirish va ishchi, xizmatchilarga xo’jalikegasining aniq vazifasi huquqi va mas’uliyatlarini topshirish kerak.
Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga munosabatni takomillashtirib borish, jamiyatning har bir a’zosi ma’naviy qadriyatlardan yaxshi xabardor bo’lish va madaniy kurilishga yetarli mablag’ ajratilishini ta’minlash zarur.
Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarni bir-birlari bilan munosabatlari, muammolarni haqikiy birdamlik va hamkorlik asosiga qurish kerakki, shunda har bir inson o’zini boshqalar ham uchun kerak ekanligini chin yurakdan sezsin.
Ruhiy begonalashuvni bartaraf etish choralari sotsial begonalashuvni bartaraf etishning o’zviy davomidir. Inson o’zini kimgadir keraqligini ruxan xis kila olsagina u xach qachon tushkunlikka tushmaydi. Yakkalanish, iztirobga tushish xavfidan xolos bo’ladi, oqibatda uni o’z-o’zidan, o’z mohiyatidan begonalashuviga xach qanday sabab qolmaydi.
Biz qurayotgan bugungi yangi jamiyat o’z oldiga bu begonalashuv jarayonlarini tezrokbartaraf etib, haqikiy rivojlanishga, erkinlikka, ozodlikka erishish uchun xozirgi qiyinchiliklarni sobitqadamlik bilan yengib bormoqda. Yakin yillar ichida bu harakatlarning natijalarida albatta yuzaga chiqadi, deb umid qilishga hamma asoslar mavjuddir.

Download 113,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 113,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Begonalashuv va tanazzu. ijtimoiy oqibatlar

Download 113,5 Kb.