|
Ijtimoiy munosabatlar turlari
|
bet | 2/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 113,5 Kb. | | #249950 |
Bog'liq Ma\'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlariIjtimoiy munosabatlar turlari.
Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o’rin tutadi. Chunki birdamlik - bu ko’pgina ma’naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo’lib, u ijtimoiy xayotda faoliyat kusatayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligining ko’rinishidir. Avvalom bor shuni ta’kidlab o’tishimiz joizki sotsiologiya faniga bu termin sotsial jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida birinchi bo’lib O.Kont tomonidan kiritilgan edi. Bu muammoga ko’pgina mutafakkilar o’zlarining keng etiborlarini qaratganlar. Ayniqsa E.Dyurkgeym, G.Spenserlar bu muammoni chukur tahlilqilganlar, lekin ular o’z tadqiqotlarini turli xil yo’nalishlarda olib bordilar. E.Dyutkgeymning fikricha sotsial birdamlikni bu ahloqiy prinsip va oliy universal qadriyat bo’lib, u jamiyatning har bir a’zost tomonidan tan olinadi. O.Kont va G.Spenserlarning tadqiqotlarida sotsial birdamlikni asosini iqtisodiy mafaatlar tashkil qilishi markaziy o’rin egallaydi. G.Spenser o’zining birdamlik ta’limotida majburiy va kungilliy birdamlikni ajratib ko’rsatadi. Uning fikricha kishilik jamiyati o’zining rivojlanish yo’lida ikkita harbiy va sanoat davrlari bo’linadi. Butun xayot bu yerda intizomga asoslangan. Sanoat turidagi jamiyat esa osoyishta ijtimoiy hamkorlikni erkin shakillari ifoda etadi. Muammoni xuddi ikkita jihatga ajratib tahlilqilishni D.Dyurkgeymning ham ilmiy faoliyatida qurish mumkin. U o’z ta’limotini mexaniq va organiq birdamlik ajratadi. Rivojlanmagan va eski jamiyatlarda xukmronlik qiladigan birdamlikni Dyurkgeym mexanik birdamlik deb ataydi.
Mexanik birdamlik - bu “jamoa turidagi” birdamlik bo’lib, u bu jamoadagi individlarning o’hshashliklari bilan belgilanadi va ular tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil turda bajariladi. Jamiyatda ijtimoiy mehnatning taksimlashishitufayli individlar maxsus vazifalarini bajaradilar va bu xislatlar sababli jamiyat jonli organizmni eslatadi. Shu jamiyatda vujudga kelgan yangi turdagi birdamlikni Dyurkgeym organiq birdamlik deb ataydi. Mehnatning taksimlanishi individlarda o’zlariga xos qobiliyatlarning rivojlanishiga omil bo’ladi. Endi har bir individlar bir-birlariga bog’liq bo’ladilar va ular sotsial munosabatlarning yagona tizimi orqali birdamlik tuyg’ularga erishadilar.
Ko’p g’arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning sermaxsulligini inkor etib keladilar. Ularning fikricha butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalaridan guruhlar mulki qilib berishni taqlif qiladilar. Agar ishlab chiqarish vositalari ijtmoiy mulk xususiyatiga ega bo’lsa “ma’muriyat” haqiqatdan ajralib qoladi va shu sabab orqali byurokrat boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi mumkin. O’z-o’zidan tabiiyki bu jarayonlar tufayli ishchilar o’zlarining mehnatlaridan mafaatdorlikni xis qilmaydilar.
Mazkur taxminlarning aksariyati o’z isbotlarini topdilar. Ayniqsa mustamlakachilik davrida bizning diyorda soxta birdamlik asosida kooperatsiyalashtirish ko’plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Mehnatning ijtimoiy taqsimoti va kooperatsiya nikobi ostida bizning xudud xom-ashyo yetishtiradigan respublikaga aylandi. Jamiyatimizda tub mak’noda birlashma jarayoni faoliyat ko’rsatmadi.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlab ko’rsatganlaridek, “o’z-o’zini boshqarishning halqimiz an’analari va qadriyatlariga juda xos bo’lgan usuli — mahallalar tizimi so’nggi yillarda juda katta nufo’zga ega bo’lib bormoqda... eng adolatli muhit, eng adolatli ijtimoiy sharoit, vaziyat faqat mahallada bo’lishi mumkin. Har bir korxona, xech bir davlat idorasi yoki jamoat tashkiloti bu borada tenglasha olmaydi”.
|
| |