|
Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari
|
bet | 3/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 113,5 Kb. | | #249950 |
Bog'liq Ma\'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari1. Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari.
Jamiyat ijtimoiy tarkibida har bir shaxs qaysi ijtimoiy guruhga va undagi xududiy, tarmok (soxa) va ijtimoiy mavqe yo’nalishiga mansubligi bilan harakterlanadi. Bulardan tashqari yana, shaxs jinsi, yosh jihati, ommaviy axvoli, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy mansubligi, ma’lumoti, ilmiy darajasi kabi parametrlar bilan ham urgainiladi. Xozirgi bozor munosabatlariga o’tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklari ijtimoiy guruh va ayrim shaxslar qanchalik moddiy imkoniyatga egaligi, jamg’arma mablag’i miqdori kabi tomonlarni o’rganishni ham talab etadi.
Xozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi bo’lgan asoslar yaratilmokda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko’p ukladli, dunyo sari ochik yo’z tutgan iqtisodiyot paydo bulayotir. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlari sotsiologiyasini ishlab chiqish sotsiologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Xozirda mehnatning mazmunini chuqur va har jihatdan o’zgartirmay turib, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida sifat o’zgarishiga erishib bo’lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, mehnatga yangicha munosabatni tarkib toptirish, yangi texnologiyani yaratish, fanni yanada taraqqiy ettirish, munosib malakali kadrlar tayyorlash, maorifni tubdan yangilash kabi kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar amalga oshirilmog’i lozim.
1. Toshkent haqiqati. 1994 yil. 20 iyo’lsoni.
2. I. A. Karimov. “Halollik va fidoyilik faoliyatimiziing asosiy mezoni bo’lsin. Toshkent haqiqati, 1994 yil 20 iyo’lsoni.
Iqtisodiyot sotsiologiyasi ishlab chiqarish va mehnat ja-rayonini, taqsimot munosabatlari, moddiy ta’minot, aholining moddiy turmush darajasi va shu kabi jamiyatning iqtisodiy rivojlanish soxasidagi qonuniyatlarni o’rganadi.
Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, eng avvalo, uning iqtisodiy asoslari bilan borliq bo’ladi. Ijtimoiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ijtimoiy xayotdagi boshqa sohalarning rivojlanish darajasi ham shunga mos ravishda taraqqiy qilib boradi. Masalan, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ovrupo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi va aholining turmush darajasi, madaniyati, xizmat ko’rsatish sohalarining taraqqiyotini belgilab beradi.
Iqtisodiy munosabatlarni o’rganishda asosiy e’tibor mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati va taqsimot munosabatlariga qaratiladi.
Jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar ular o’rtasida qanday tarzda va kay miqdorda taksimlanishidagi farq ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi farqni keltirib chiqaradi. Xususiy mulkning qonuniy deb e’lon qilinishi bilan jamiyatimiz ijtimoiy tarkibidagi tekizchilik asta-sekin o’z o’rnini ijtimoiy mavqei jihatidan va yetishtirilayotgan moddiy ne’matlarning taqsimoti jihatidan farq qiluvchiijtimoiy guruh va tabaqalarga bo’linishi ortmoqda.
Respublikaning asta-sekin bozor munosabatlariga utib borishi davrida Prezident I. A. Karimov tomonidan belgilangan besh tamoyilga asoslangan tarzda siyosat yurg’izilmoqda.
Bularning birinchisi: iqtisodiyotning siyosatdan ustun bo’lishi, uni har qanday mafkuradan ozod qilish lozimligi.
Ikkinchisi: iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti ko’rilayotganda, yangi tizim barpo etilayotganda davlat boshqaruv tizimini qo’ldan chiqarmasligi, ya’ni davlat asosiy isloxotchi bulmog’i lozimligi.
Uchinchisi: qonunlarga barcha baravar rioya etishini ta’minlash.
To’rtinchisi: kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
Beshinchisi: bozor iqtisodiyotida shoshqaloqlikka yo’l qo’ymay bosqichma-bosqich o’tish zarurligi.
Taqsimot munosabatlari sotsiologiya predmetiga taalluqli bo’lib, uning tarkibiga ishlab chiqarish qurollari taqsimoti, jamiyat a’zolarining ishlab chiqarishning turli tarmoklari bo’yicha joylashuvi va jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlar, ishlab chiqarish qurollari va iste’mol mollari kiradi. Mohiyat e’tibori bilan taqsimot munosabatlari mavjud ishlab chiqarish munosabatlari harakteriga mos keladi.
Alohida kishilar va ijtimoiy guruhlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faoliyatining mohiyati taqsimot munosabatlari harakteri bilan belgilanadi. Ijtimoiy guruhlar, tabaqalar va alohida olingan kishilarning real daromadlari darajasi, bu daromadlarning o’zgarishi va rivojlanishi istiqbollari ularning ijtimoiy-siyosiy pozitsiyalarini belgilaydi.
Sovet tizimi davrida ijtimoiy guruhlarning moddiy daromadlarini tenglashtirish siyosati yurgizilgan. Natijada kishilarning mehnatga munosabati susayib, ijodiylik, omil-korlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, moddiy manfaatdorlik kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim stimullari yo’qoldi.
Demak, taqsimot munosabatlari jamiyat xayotini, ayniqsa, uning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida muhim o’rin tutadi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish munosabati bilan, O’zbekistonda mulkchilikning turli shaqllarining joriy qilinishi va ularni davlat ximoyasiga olinishi taqsimot munosabatlarida tubdan o’zgarishlarga olib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida, jamiyat iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston o’z milliy puliga ega bo’lishi munosabati bilan iqtisodiy va taqsimot munosabatlariga sezilarli ta’sir ko’rsata boshladi. O’zbekiston ichki bozorini tuldirish — davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Ammo xozirda hamdo’stlik mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning vaqtiicha bo’zilganligi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy takchillik, ayniqsa, halq iste’moli mollarining tankisligi iqtisodiy va taqsimot munosabatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Uning oqibatida kishilarning turmush darajasi anchayin pastladi.
O’zbekiston davlatining bu soxadagi siyosati “milliy boylikning ko’payishini, respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta’min-laydigan kudratli, barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishdan iborat buyuk maqsadni ko’zlamoqda.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyot va taqsimot munosabatlari sotsiologiya fani doirasida muhim tadqiqot ob’ekti sifatida o’rin tutadi.
|
| |