Ijtimoiy — sinfii munosabatlar




Download 113,5 Kb.
bet4/7
Sana22.05.2024
Hajmi113,5 Kb.
#249950
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari

2. Ijtimoiy — sinfii munosabatlar.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibida ijtimoiy-sinfiy munosabatlar ham muhim o’rin egallaydi. Sovet sotsiologiyasida sinfiy munosabatlar, sinfiy kurash masalalariga juda keng o’rin berilib, bu munosabatlar ijtimoiy tarkibdagi boshqa barcha elementlar, munosabatlar ichida eng muhim va belgilovchi hisoblangan. Buning sababi, unda jamiyatning iqtisodiy tarkibi boshqa ijtimoiy guruhlardagiga nisbatan to’laroq va aniqroq aks etadi, - deb ko’rsatilgan. Haqiqatdan ham, davlat sotsializmi davrida mavjud ishchilar va dexkonlar sinfi jamiyatning eng kam ta’minlangan, quyi darajadagi sinflarni tashkil qildi. Intelligensiya ijtimoiy qatlami esa moddiy ta’minlanganlik jihatidan ulardan unchalik farq kilmagan. Utgan davrda, asosan, ikki sinf — ishchilar va dexkonlar sinfi va intelligensiya kat-lami mavjud deb ko’rsatilib, jamiyat ijtimoiy tarkibidagi boshqa guruhlar (masalan, yuqori tabaqa chinovniklari, mafiya guruhlari va shu kabilar)ning ahamiyati mutlaqo tilga olinmas edi.
Ishchilar sinfi ko’p qirrali ijtimoiy birlik hisoblanadi. Uning ichki tarkibi demografik (jinsi va yoshi bilan), professional — tayyorgarligi bilan (mehnatning mazmuni va harakteri bilan) xududiy (ijtimoiy-xududiy bir­lik bilan), etnik (milliy farqi) va madaniy-ma’lumoti bilan farq qiluvchi tarkibiy tuzilishga ega.
Xozirda O’zbekiston davlati mikyosida milliy ishchilar sinfining tarkib topishi uchun shart-sharoit yaratilmokda. Jaxon talablariga javob bera oladigan maxsulotlar ishlab chiqarish uchun moddiy zamin tayyorlanmokda. Chet el firmalari bilan kushma korxonalar yaratilmokda. Yakin kelajakda, yuqori texnologiyaga asoslangan sanoat ishlab chiqarishining malakali ishchi - injenerlar guruhi shaqllanadi.
Ishchilar sinfi rivojlanishi istikbollariga ularni miqdoriy jihatdan ko’paytirish bilan erishib bo’lmaydi. Unda mehnatning intellektual mazmunini boyitish, zamonaviy avtomat-texnologiya bilan jixozlangan iqtisodiy shart-sharoitlarni barpo qilish zarur. Amalga oshirilishi kerak bo’lgan bunday tadbirlar qishloq xujaligi dexkonlari hamda intelligensiya qatlami uchun ham taalluqli.
Iqtisodiyotni intensiv ravishda rivojlantirishning ijti-moiy-tarkibiy aloqalarga ta’siri kuchli bo’ladi. Shuningdek, ijtimoiy tarkibdagi, iqtisodiy va taqsimot munosabatlarining ijobiy rivojlanishi mamlakat tabiiy resurslari, xududiy o’ziga xos xususiyatlar, siyosiy barqarorlik, millatlar o’rtasidagi munosabatlarga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Mamlakat qishloq xujaligi soxasida band bo’lgan, qishloq xujaligi maxsulotlarini yetishtirayotgan dexkonlar ham ijtimoiy tarkibda sinf sifatida o’rin tutadi. O’zbekistonda aholining 60 foizi qishloq joylarida yashaydi. Milliy daromadning 44 foizidai ko’progi bugungi kunda qishloq xujaligidan olinadi Mamlakatimiz bo’yicha mehnatga yarokli kishilarning 39,3 foizi chorvachilik va qishloq xujaligida mehnat qiladi. Ba’zi rayonlarda bu ko’rsatkich80-90 foizni tashkil etadi.1
Bulardan ko’rinib turibdiki, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida dexkonlar sinfining o’rni kattadir. Xozirda mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston xukumati dexkon­lar mavqeini kutarishga alohida e’tibor bermoqda. Ularning turmush darajasini oshirishda katta ishlar olib borilmoqda Uy joy qurish uchun bepul yer ajratildi Moddiy yordam ko’rsatilmokda. Ekinzor yerlar ijaraga berilmoqda. Fermerlarning soni ortmoqda. Yetishtirgan qishloq xuja­ligi maxsulotlarini shaharga olib kelib sotish uchun imkoniyatlar yaratildi. Ularning oladigan yillik daromadlari ortdi.
Dexqonlar sinfi ichida ham tabaqalanish jarayoni tez sur’atlar bilan bormoqda. Ularning tarkibida ishbilarmon, tadbirkor fermer xo’jaliklari paydo bo’ldi. Ijarachilar guruhi ham borgan sari qishloq xujaligida muhim ahamiyat kasb etmokda.
Yangi iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi bilan qishloq ishchilar sinfi shaqllanishiga moddiy zamin tayyorlanmoqda. Boshqacha aytganda qishloqqa sanoat kirib kelmoqda. Bu esa qishloq xujaligida mavjud ortiqcha ish kuchini ish bilan ta’minlab, tayyor maxsulot ishlab chiqarnshni ko’paytiradi.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlab yozadiki, — “O’zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama ~ xomashyoviy yo’nalishiga qat’iybarham berish respublika ichki siyosatining eng muhim strategiyasi hisoblanadi. Faqat xom ashyo yetishtiruvchi va sotuvchi ulka surunkali nochorlikka giriftor bo’ladi”.
“Dastlabki hisob-kitob shuni ko’rsatadiki, agar biz respublikada bor xom ashyo va chala maxsulot ishlab chiqarishni tugal jarayonga yetkazib, tayyor maxsulot ishlab chiqarishni yo’lga kuysak, respublikamizda yalpi milliy maxsu­lot ishlab chiqarishni ikki barobardan ziyod, milliy daromadni esa taxminan uch barobar ko’paytirishimiz mumkin”.
Jamiyat ijtimoiy tarkibida ziyolilar qatlami ham salmoqli o’rin tutadi. Intelligensiya aqliy mehnat mutaxassislari bo’lib, ijtimoiy-professional guruhlardan iborat bo’ladi. Jamiyat ijtimoiy tarkibida intelligensiya aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida shaqllandi. Xozirda, ilmiy texnika taraqqiyotining jadal borishi bilan intelligensiyaning professional malakasi yanada murakkablashmoqda. Uning tarkibiga il­miy, ishlab chiqarish-texnik, madaniyat, ma’rifat, tibbiyot-harbiy va boshqaruv apparati xodimlari kiradi.
Ziyolilar tarkibini yana shahar va qishloq, ijtimoiy bandlik sohalari bo’yicha (ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish soxasida) mehnatning ijodiy harakteri darajasi bilan, malaka va boshqa jihatlari bilan farqlash mumkin.
Sobiq sovet davrida ziyolilar son jihatidan ortdi-yu, ammo uning sifat darajasi ancha past bo’lib kolaverdi. Chunki ziyolilar qatlami, avvalam bor, mehnat harakteri bilan belgilanadi, O’tgan davrda oliy ma’lumot olgan qanchadan-qancha kishilar xozirda ishchi bo’lib, yoki tijorat va boshqa sohalarda ishlamoqdalar. Ular ziyolilar tarkibiga kirmaydi.
Sotsiologiyada milliy munosabatlar iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy munosabatlardagi o’zaro o’zviy aloqa-dorligi nazarda tutilgan holda konkret etnik muhit doirasida, ijtimoiy jamoalardagi, oiladagi, xududiy tartibdagi munosabatlar doirasida olib qarab o’rganiladi. Shuningdek, millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy xayotiga ta’siri va ularning ijtimoiy oqibatlari o’rganiladi.
Sobiq sovet davrida muayyan iqtisodiy-siyosiy va ideologik rejim asosida ushlab turilgan, boshqarilgan milliy muno­sabatlar asosida tiklanmoqda. Shu jihatdan, O’zbekistonning ko’p millatli davlat bo’lganligini e’tiborda tutgan holda, unda istiqomat qilayotgan millatlar va halqlarning ijtimoiy turmushi, o’zaro aloqasi va shu kabi munosabatlarni sotsiologik tatqiq qilish muhim ahamiyatga ega.
Yaqin o’tmishimizda sodir bo’lgan Farg’ona, Andijon, O’zgan voqealari qayta takrorlanmasligi uchun, O’zbekistonda bundan keyin ham millatlararo hamdo’stlikni rivojlantirish, o’zaro axil, bir oila bo’lib yashash talab etiladi. Prezidentimiz I. A. Karimov boshchiligidagi O’zbekis­ton xukumatining asosiy maqsadi ham Markaziy Osiyo xududida har qanday milliy nizolarning oldini olishdan ibo­rat.
Sotsiologiya doirasida ham ijtimoiy-etnik munosabat­lar ilmiy taxlilga muxtoj bo’ladi. Ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik jihatlarini tatqiq qilish muhimdir. Shuning uchun ham bu masalalar sotsiologiya, etnopsi­xologiya va boshqa ijtimoiy, gumanitar fan sohalarida keng o’rganilishi shart.

Download 113,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 113,5 Kb.