Ijtimoiy — demografik munosabatlar




Download 113,5 Kb.
bet5/7
Sana22.05.2024
Hajmi113,5 Kb.
#249950
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari

Ijtimoiy — demografik munosabatlar
Sotsiologiyada jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishining ijtimoiy-demografik munosabatlari ham muhim o’rin tu­tadi. Bu munosabatlar, asosan, aholining jinsiy tuzilishi, yoshi, oilaviy va genetik jihatlarini o’z ichiga oladi.
Har qanday davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiga demografik siyosat ham kiradi. Demografik munosabatlarga mamlakat aholisining barcha katlamlari mansub.
Ijtimoiy-demografik tarkibga statistik jihatdan o’rganiladigan aholi o’rtasida tug’ilish, ulim, nikoh, oila­viy kuydi-chiqdilar, shahar va qishloq aholisining migratsiyasi, xududiy migratsiya kabilar kiradi.
O’zbekiston ijtimoiy-demografik jihatdan nihoyatda murakkab tuzilishga egadir. 51 foizi xotin-qizlar, 9,6 mln axo li 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va usmirlardan iborat. Farg’ona vodiysi aholisining zichligi juda katta. Andijonda har bir kvadrat kilometr maydonga 485 ta odam tug’ri keladi. Bunday demografik holat jamiyat xayotining boshqa barcha sohalarida ham turli muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy.
Aholining yosh jihatdan tarkibiy tuzilishini o’rganish mamlakatning nafaxat mehnat va ishlab chiqarish potensialini aniqlashga, balki uning rivojlanish dinamikasini ham aniqlashga xizmat qiladi. Bu jihatdan O’zbekistoa ba’zi Ovrupo va Yaponiya mamlakatlariga nisbatan “yosh” mamlakat hisoblanadi.
Aholi tarkibiiing jinsiy tuzilishnni o’rganish ham muhim ahamiyatga ega. Bu, mamlakat ishlab chiqarishnni tashkil etish, ayollar uchun mehnat turlarini tashkil etish va ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Xotin-qizlar ijtimoiy axvolining o’ziga xos xususiyatlari ularning mehnat bilan bandligi, mehnat turi, oilaviy, turmush sharoiti va, shu kabilarda aks etadi. Ularni og’ir jismoniy mehnatdan halos etish masalasi xozirda eng muhim masalalardandir. Sovet davrida o’zbek xotin-qizlari qishloq xujaligida ayovsiz ekspluatatsiya qilindi. Natijada ularning salomatligi keskin yomonlashdi. Kasalmand, nimjon onalardan xech qachonsog’lom farzand dunyoga kelmaydi. O’zbek yoshlarining har uchtadan bittasi xatto harbiy xizmatga qodir bo’lmay qolgan edi. Prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan ilgari surilayotgan soglom avlod uchun kurashish millat kelajagini ta’minlashning eng muhim masalasidir.
Aholining oilaviy tarkibi soni, moddiy turmush darajasi, daromadi, oilaviy munosabatlarni va shu kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Oilani oziq-ovqat va iste’mol mollari bilan ta’minlash muammolari davlat ijtimoiy siyosatining asosiy maqsadini ifoda etadi. Oilaviy tarkibni sotsiologiyaning maxsus soxasi — mikrosotsiolagiyada ham chukur tatqiq qilish maqsadga muvofiq. Unda iqtisodiy, psixologik jihatlarini e’tiborda to’tish zarur. Nikoh munosabatlari, yolgiz yashovchnlarni, oilaviy bo’zilish sabablarini o’rganish jamiyat ijtimoiy tarkibini ijobiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Oddiy bir misol: diniy munosabatlar asosida, avval nikoh muqaddas sanalar edi. Sobiq sovet tizimi davrida dinning ijtimoiy xayotdagi mavqeiga putur yetkazilishi va daxriylikning kuchayuvi oqibatida nikoh munosabatlari muqaddas deb qaralmay koldi. Nikoh shunchaki rasmiy ro’yxatga olishdan iborat bo’lib koldi. Natijada oila muqaddasligi yukolib, qo’ydi-chiqdilar ko’paydi. Bu esa jamiyatning nafakkat iqtisodiyotiga, balki ma’naviy-ahloqiy, psixolognk munosabatlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Salbiy tendensiyalarning kuchayuviga olib keldi. Yosh avlod tarbiyasiga zarar yetkazildi. Jamiyatda tirik yetimlar soni ko’paydi.
Davlat yetimxonalarining soni ortdi. Moddiy va boshqa jihatdan yetarlicha ta’minlanganligiga qaramay ularda tarbiyalangan bolalar oilada, o’z ota-onalari bagrida voyaga yetgan bolalardan farq qiladi.
Sotsiologiyada aholining genetik tarkibini o’rganish borgan sari moddiy ahamiyatga ega bo’lmoqda. Unga aholining tabiiy va migratsion harakati kiradi. O’zbek millati boshqa millatlarga nisbatan o’z tugilib usgan joyiga ko’proq bog’langan bo’ladi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysi aholisida bunday xususiyat kuchli. Shuning uchun ham vodiyda aholi zichligi boshqa xududlarga nisbatan ortiq.
O’zbekistonda genetik tarkibni o’rganishga xozircha yetarli e’tibor berilmagan. Uning ijtimoiy-demografik munosabatlardagi ahamiyati katta.
Ijtimoiy-demografik munosabatlarni aniqlashda mam­lakat mikyosida utkaziladigan aholini ro’yxatga olish muhim ahamiyatga ega. Aholini ro’yxatga olinishi ayniqsa xozirda, bozor munosabatlariga o’tish davrida yuzaga kelayotgan ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy turmush sohalaridagi muammolarni hal etishda juda katta ro’l o’ynaydi. Ayniqsa, shahar muammolarini hal etishdagi ahamiyati katta.
Qishloq aholisining ijtimoiy tarkibi jamiyat ijtimoiy tarkibining muayyan bo’lagi hisoblanadi, qishloq aholisining ijtimoiy munosabatlarining muhim belgilari:
Yagona mehnat, yer, mulkiy boshqaruv munosabatlarini o’z ichi­ga oladi. Xozirda qishloq aholisining tarkibida ham tabaqalashuv jarayoni kuchaymoqda. Ayniqsa, qishloqka sanoatning kirib kelishi, savdo-sotikning rivojlanishi va boshqa omillar oqibatida qishloq aholisi turli guruhlardan ibo­rat bo’lgan ijtimoiy birlik sifatida rivojlanmokda.
Xulosa qilib aytganda, jamiyat ijtimoiy tarknbini sotsiologiya fani doirasida o’rganish, uning rivojlanish is-tikbollarini, o’ziga xos xususiyatlarini, mavjud ijtimoiy muammolarini tatqiq etishda va zarur ilmiy-amaliy tadbirlar ishlab chiqishda muhim ahamiyagta egadir.

Download 113,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 113,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy — demografik munosabatlar

Download 113,5 Kb.