|
Mantiqiy integral mikrosxemalar parametrlari. Reja
|
bet | 1/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #248898 |
Bog'liq 12-MA\'RUZA - 12-mavzu:
- MANTIQIY INTEGRAL MIKROSXEMALAR PARAMETRLARI.
- REJA:
- 12.1. Raqamli texnika asoslari.
- 12.2. Mantiqiy IMS parametrlari.
- 12.3. Bipolyar tranzistorlarda yasalgan kalit sxemalar.
- 12.4. Maydoniy tranzistorlarda bajarilgan kalit sxemalar.
Tayanch iboralar: yarimo’tkazgichlar; mantiqiy integral mikrosxema;diod; rezistorlar; kondensator, gibrid mikrosxema; tranzistorlar; emmiter; kollektor; baza;dielektriklar; kuchaytirgich. - 12.1. Raqamli texnika asoslari
- Zamonaviy hisoblash texnikasida axborotni raqamli qayta ishlash usuli muhim rol o‘ynaydi. Raqamli yarim o‘tkazgichli IMSlar hisoblash texnikasi qurilmalari va tizimining negiz elementi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari tomoniday qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko‘rinishida ifodalanadi.
Analog axborotni raqamli ko‘rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar, ya’ni vaqt bo‘yicha uzluksiz signal uning ma’lum nuqtalardagi diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So‘ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladi. - Analog axborotni raqamli ko‘rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar, ya’ni vaqt bo‘yicha uzluksiz signal uning ma’lum nuqtalardagi diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So‘ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladi.
- Ikkilik sanoq tizimida biror son ikki raqam: 0 va 1 orqali ifodalanadi. Raqamlarni ifodalash uchun raqamli tizimlarda tok yoki kuchlanish kabi elektr kattalikni ikki holatdagi signalini qabul qilishga moslashgan elektron sxema bo‘lishi talab qilinadi.
|
| |