Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar




Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/51
Sana06.07.2022
Hajmi1.85 Mb.
#24796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
КИТОБ МАНТИҚИЙ МАСАЛАЛАР (2)
Jahon tarixi 9(@Kitob ulashaman bot)
Taqrizchi: 
F.Arziqulov fizika- matematika fanlari doktori, professor v.b.. 
 
Respublika ta’lim markazi huzuridagi matematika fani yo`nalishi 
bo`yicha ilmiy-metodik kengashning 2019 –yil 20-dekabrdagi 4-
sonli yig`ilishida ko`rib chiqilgan va nashr etish uchun tavsiya 
etilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-62-14-7-3 © 
Mamadjanova M.
, 2020. 
© “Innovatsiya-Ziyo”, 2020. 



SO`ZBOSHI 
 
Matnli masalalar boshlang`ich sinflar matematika kursi 
mazmunining asosini tashkil etib, ularni yechish jarayonida 
qo`llaniladigan aqliy faoliyat usullari: analiz, sintez, taqqoslash, 
analogiya, umumlashtirish, abstraktsiyalash va konkretlashtirish 
o`quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish 
bilan bir qatorda, ularning matematikaga qiziqishlarini ham
tarbiyalashga ijobiy ta’sir o`tkazadi. Shuning uchun ham umumiy 
o`rta ta’limning yangi Davlat ta’lim standarti talablari asosida
yaratilgan boshlang`ich ta’lim matematikasi o`quv dasturi mazmunida
matnli masalalar turlari kengaytirilib, ularning tarkibiga birinchi bor 
mantiqiy va kombinatorik masalalar ham kiritildi.
Boshlang`ich sinflar matematika kursiga mantiqiy masalalarning
kiritilishini, bir tomondan, bu masalalarni yechish o`quvchilarning 
aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazib, ulardan o`z fikrini mantiqiy 
izchillik asosida ifodalash ko`nikmalarini tarkib toptirishi bilan 
izohlansa, 
ikkinchi 
tomondan, 
bu 
masalalarni 
yechishda 
hisoblashlarni bajarish umuman kerak bo`lmasligi yoki yordamchi rol 
o`ynab, faqat arifmetikaga doir ma’lumotlar bilan chegaralanishi 
orqali izohlanadi. 
Kombinatorik masalalarni yechish ham mantiqiy masalalar kabi 
o`quvchilarning matematik rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazadi. 
Mantiqiy, kombinatorik va nosatndart masalalarda keltirilgan 
holatlar, vaziyatlarni tahlil etish asosida o`quvchilar zaruriy axborotni 
izlash va ajratish ko`nikmalarini egallaydilar, sabab-oqibat
bog`lanishlarini o`rnatadilar, mulohaza qilishning mantiqiy zanjirini 
qurib, konkret shartlarga tayangan holda masalaning eng qulay 
samarali yechish usullarini tanlash va yechish kabi o`quv 
faoliyatining kompotensiyaisi shakllantiriladi va rivojlantiriladi. 




Download 1.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish