|
Maple dasturi va uning imkoniyatlari Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli. Muloqot tartibida Maple 11 bilan ishlash asosi
|
bet | 2/8 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 119,38 Kb. | | #120090 |
Bog'liq Mapledan LaTeX ga export qilishKiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri > simvoli bilan boshlanadi;
Chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so`ng hosil bo`lgan ma`lumotlar(analitik ifodalar, grafiklar va xabarlar)ni o`z ichiga oladi;
Matnli izohlar maydoni – ro`y bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar.
Buyruqlar satrini matnli rejimiga o`tkazish uchun uskunalar panelidan sichqoncha yordamida T ni tanlaymiz.
Maple dasturi ham Windowsning barcha ilovalari kabi quyidagi elementlardan iborat:
Sarlavha satri. Bu qatorda fayl nomi, sistemali tugmachalar joylashgan;
Menyu. Menyu bo`limlari 8 ta bo`lib, ular Maple dasturida ishlashni osonlashtiradi;
Asboblar paneli. Foydalanuvchi uchun muhim va ko`p foydalaniladigan buyruqlar uchun yorliqlar joylashtirilgan;
Ishchi stol yoki Maple hujjati (Worksheet). Mapleda yaratilgan hujjat kengaytmasi *.mw bo`lib hisoblanadi.
Dastur ishga tushirilgandan keyin quyidagi menyu hosil bo`ladi:
File – fayllar bilan ishlash va hujjatni chop etish.
Edit – hujjatni tahrirlash buyruqlari va almashtirishlar buferi bilan ishlash.
View – foydalanuvchi interfeysi ko`rinishini boshqarish.
Insert – o`rnatish amallari.
Format – formatlarni berish operatsiyalari.
Spreadsheet - jadvallarni berish amallari.
Options – parametrlarni berish.
Help – ma`lumotlar muhiti bilan ishlash.
Window – oynalarni boshqarish.
Matematik belgilarni kiritish palitra. Matematik belgilarni kiritish uchun Palettes palitrasi ro`yxatidan foydalaniladi. Bu ro`yxat View menyusida joylashgan. Ro`yxatda quyidagilar mavjud:
SYMBOL- alohida belgilarni kiritish (grek xarflar va ba`zi matematik belgilar);
FESSION- matematik operatorlar va amallar shablonini kiritish;
MATRIX – turli o`lchovdagi matrisalar shablonini kiritish;
VEKTOR – turli o`lchovdagi vektorlar shablonini kiritish
Menyudan pastda joylashgan har bir tugmacha belgilar palitrasini ochish uchun ishlatiladi. Bu palitralar operatorlar, grek harflari, grafiklar va boshqalarni o`rnatish uchun ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Maple dasturi va uning imkoniyatlari Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli. Muloqot tartibida Maple 11 bilan ishlash asosi
|