|
Maple muhitida ifodalar qiymatini hisoblash
|
bet | 4/8 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 119,38 Kb. | | #120090 |
Bog'liq Mapledan LaTeX ga export qilishMaple muhitida ifodalar qiymatini hisoblash.
Maple muhitida oddiy ifodalar, sonlar, arifmetik va mantiqiy amal belgilaridan iborat bo`ladi. Maple muhitida ham ifodalar xuddi dasturlash ( Paskal, Basic) tillari kabi ostki hamda ustki indekslarsiz bitta satrga yoziladi.
Masalan: (56.6 +6.3*3.2) / (2.3^3 +2^4).
Har qanday sonli ifodani qiymatini chiqarish uchun, klaviatura orqali standart matematik yozuvdan foydalanib kerakli ifoda teriladi va oxiriga (;) belgisi qo`yilib enter tugmachasi bosiladi. Oddiy ifodalarni qiymatlarini hisoblash uchun quyidagi sonlar va amal belgilaridan foydalaniladi:
raqamlar - 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 .
arifmetik amallar - +, -, *, /, ^ yoki **, !.
munosabat amallar - >, <, >=,<=, =, <>.
mantiqiy amallar – and, or, not.
maxsus belgilar – (, ), [, ], {, }, @, #, $, &, %
Pi – π soni, infinity – cheksiz; Gamma – Eyler o`zgarmasi; true, false – mantiqiy o`zgarmaslar.
Maple muhitida sonlar haqiqiy (real) va kompleks (complex) bo`ladi. Kompleks sonlarning algebraik ko`rinishi z=x+iy, buyruqlar satrida quyidagicha yoziladi:
> z:=x+i*y;
Mapleda sonlar tabiiy ravishda matematikadagi kabi butun (integer), ratsional, haqiqiy (real) va kompleks (complex) bo`lishi mumkin. Ularning ma`nolari bir xil, faqat yozilish qoidalariga aniq itoat qilish kerak. Ratsional sonlar 3xil ko`rinishda tasvirlanadi:
Oddiy kasr ko`rinishidagi ratsional son, masalan: 25/28;
O`nli kasr ko`rinishidagi (float) ratsional son: 3.5621;
Daraja ko`rinishidagi ratsional son: masalan, 2.301*1018 son
2.301*10^(18) ko`rinishida yoziladi.
Mapleda amallar bo`lim – bo`lim asosida shakllantiriladi va kvadrat qavs bilan chegaralanadi. Buyruqlar [>] operatoridan so`ng kiritiladi va natija ishchi stolning o`rtasidan hosil bo`ladi. Har bir buyruqdan so`ng [;] belgisini qo`yish shartdir. Mapleda hisoblashni amalga oshirish uchun [Enter] tugmasi yoki asboblar panelidan [!] belgisini bosish kerak. Masalan:
Mapleda kichik xotira mavjud bo`lib, unda oxirgi hisoblash natijasini [%] belgisida, oxirgisidan bitta oldingisini [%%] belgisida va undan ham bitta oldingisini [%%%] belgisida saqlaydi. Masalan,
Mapleda Matematik funksiyalarni kiritishda qiynalsangiz, uning menyularidan foydalanish mumkin. Buning uchun [View] [Palettes] [Expression Palette] ketma-ketlik orqali [Expression] muloqot oynasi chiqariladi va ixtiyoriy matematik funksiya va amallarni joylashtirish mumkin. Turli matematik belgilar va grek harflarini yozish uchun [View] [Palettes] [Symbol Palette] buyruqlar ketma-ketligidan foydalaniladi.
|
| |