• 2-rasm. Vertikal silindrli aralashtirgichni sxemasi. Emulsiyalash.
  • O‘ta sovitish.
  • -rasm. Siferblatli tarozining bosh qismini sxemasi




    Download 123.46 Kb.
    bet2/3
    Sana20.05.2022
    Hajmi123.46 Kb.
    #21541
    1   2   3
    Bog'liq
    Margarin ishlab chiqarish texnologiyasi.
    Tema 1 , Bolalar kitobxonligidaSinfdan tashqari o‘qishning ahamiyati, 18-y-Turizmda-marketing-kommunikatsiyalari.-K.M.Ibodov-2018-oquv-qollanma, Tarmoq qarshiliklarni o\'zgartirib kuchlanishni rostlash, Har-xil nominal kuchlanishdagi ochiq zanjirli elektr tarmoqlar., Mavzu Metallarni deformatsiyalanishi, управление трансформации, PSIXOLOGIYA FAN-WPS Office, Python dasturlash tili, Ergash gap, Shartli operator, Aliakbarova Zulxumor elektronika amaliy ish 27-variant, Atabekov Boburbek elektronika amaliy ish, Kardinal son. Sanoqli va kontinual to‘plamlar-fayllar.org (1)
    1-rasm. Siferblatli tarozining bosh qismini sxemasi
    Aralashtirish. Yog‘li asos va suv-sut faza alohida-alohida qilib tayyorlanadi va dozalanadi. Shuning uchun ularni yaxshilab aralashtirish kerak. Ishlab chiqarishda sut 15-200C da yog‘larniki esa suyuqlanish haroratidan 4-50C yuqori haroratda kiritiladi. Aralashtirish vaqtida harorat 38-400C ga yetkaziladi va dag‘al emulsiya hosil qilinadi.
    Vertikal silindrli aralashtirgich (2-rasm) korpus (10) dan, taglik (1)dan va qiya qilib joylashtirilgan chiqarish trubasi (12) dan iborat. Qopqoq (5) ustida reduktor (6) va elektrodvigatel (7) joylashgan va ramaga mahkamlangan. Mahsulot kirishi uchun shtutser (8) mavjud.
    Silindr qismining ichida 60 ayl/min aylanish chastotasiga ega bo‘lgan vintli aralashtirgich (2) joylashgan. Silindr ichida vintga parallel qilib otboynik (9) mahkamlangan, u aralashmani meshalka yo‘nalishi bo‘yicha aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aralashtirgich bug‘li ko‘ylak (3) bilan ta’minlangan. Suv ko‘ylakdan truba (4) orqali quyiladi va sath o‘lchagich (11) orqali rostlab turiladi. Bu turdagi aralashtirgichdan margarin ishlab chiqarishning uzluksiz liniyalarida foydalaniladi.

    2-rasm. Vertikal silindrli aralashtirgichni sxemasi.
    Emulsiyalash. Aralashmadan mayda zarrachali emulsiya hosil qilish uchun gomogenizatorlardan foydalaniladi. Ular gorizontal uch plunjerli yuqori bosimda ishlaydigan nasoslardir. Ularning asosiy elementi bo‘lib gomogenizatsiyalovchi qismi hisoblanadi.
    Dag‘al emulsiya nasos kamerasiga tushgach, tirkish (tirqishning kengligi 100 mkm) va klapan orqali siqib chiqariladi. Shu vaqtda yuqori dispers emulsiya hosil bo‘ladi.
    Nasos hosil qilgan yuqori bosim emulsiyani o‘ta sovitgichdan qadoqlash avtomatigacha bo‘lgan trubalardagi qarshilikni bartaraf qilish uchun sarf bo‘ladi. Nasosning quvvati 1670-3700 l/soatga teng, ish bosimi 2,2-2,5 MPa. Yuqori bosim ostida ishlaydigan nasos suyuqlik bilan to‘ldirilgan holda ishlaydi va doimiy sathni ta’minlash uchun maxsus moslama ishlatiladi.
    O‘ta sovitish. Margarin emulsiyasi sovitilganda kristallanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunda kristallar turg‘un formaga o‘tadi. Buni poliformizm jarayoni deyiladi. Kristall strukturalarining turlarini ; ; γ - shaklida belgilanadi. - turi past suyuqlanuvchan va turg‘un bo‘lmagan,  - o‘rta, γ - turg‘un va yuqori haroratda suyuqlanuvchi kristalldir.
    Kristall strukturalarining shakllanishi sovitish va aralashtirish tezligiga, to‘yingan va to‘yinmagan glitseridlarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Sekin sovitilganda katta kristallar () hosil bo‘ladi. Ular margaringa dag‘allik, mo‘rtlik va maydalanuvchanlik xossalarini beradi.
    Tez sovitish va aralashtirishda turg‘un bo‘lmagan kristallar hosil bo‘ladi (-shakl). Ularning suyuqlanish harorati ham past. Ular  - formaga tez utishi mumkin. Shuning uchun zamonaviy margarin ishlab chiqarish korxonalarida o‘ta sovitish aralashtirish bilan birgalikda olib boriladi. Natijada tez suyuqlanuvchan, egiluvchan va yaxshi konsistensiyali margarinlar olinadi.
    Sovitish uchun 3 va 4 –silindrli sovitgichlar ishlatiladi. Kerak bo‘lgan kristall strukturali, birxil va muloyim konsistensiyali mahsulot olish va qadoqlash uchun kristallizatorlar o‘rnatiladi.


    Download 123.46 Kb.
    1   2   3




    Download 123.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Siferblatli tarozining bosh qismini sxemasi

    Download 123.46 Kb.