Quduqlar ishini texnologik rejimi




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana02.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#93240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-ma\'ruza
GAT, 1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111
5.5.Quduqlar ishini texnologik rejimi 
Quduqlar ishining texnologik rejimi ulardan olinadigan mahsulot 
miqdorining meyoriini belgilab beradi. Quduqning tadqiqot natijalari texnologik 
rejim tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham har bir quduqda 
muntazam tadqiqot ishlari olib borilishi kerak. 
Quduqning maksimal (potensial) imkoniyati bo‘yicha mahsulot miqdorini 
belgilash mumkin emas. Chunki bu holda qatlam energiyasi norasional sarflanishi, 
neft zaxirasining to‘la ishlatilmasligi, qatlam yemirilishi va tizma siqilishi hollari 
yuz berishi mumkin. 
Shu sabab har bir quduq uchun o‘zining oqilona ishlatilish sharoitini 
ta’minlaydigan mahsulot miqdori me’yori belgilanadi. 
Me’yorni belgilashda quduqlar ikki guruhga bo‘linadi: 
1.Cheklanmagan mahsulot miqdori bilan 
2. Cheklangan mahsulot miqdori bilan 
Birinchi guruhga kam mahsulotli, dinamik sathi past bo‘lgan va past 
bosimli quduqlar kiradi. Bu quduqlardan olinadigan mahsulot miqdori mavjud 
uskunalarning maksimal imkoniyati va potensial miqdori orqali belgilanadi. 
Ikkinchi guruhdagi quduqlarning miqdorini bir necha sabablarga ko‘ra 
cheklashga to‘g‘ri keladi. Uyumning chekka suvlari faol sharoitda qatlam bosimi 
to‘yinganlik bosimidan yuqori bo‘lsa, suyuqlikdan gaz ajralib chiqishini oldini 
olish maqsadida mahsulot miqdori cheklanadi. Bunda tub bosimi to‘yinish 
bosimiga teng yoki undan 20-25% past holda belgilanadi. 
Cheklanishning boshqa sabablari sifatida qatlam suvining quduq tubiga 
ko’tarilishini oldini olish, gaz do’ppisining bir me’yorda kengayishini ta’minlash, 
qatlamdan qum va mexanik zarrachalar olib chiqilishinining oldini olish, yo‘ldosh 
suv miqdorini kamaytirish va boshqalar xizmat qiladi. 
Ba’zan quduqning mahsulot miqdori texnikaviy sabablarga ko‘ra 
cheklanadi. Masalan past bosimli chuqur quduqlarda dinamik sathning pasayishi 
mustahkamlovchi quvurning siqilib qolishidan saqlash uchun ham mahsulot 
miqdori cheklanadi. 
Gaz quduqlarida mahsulot miqdori suv ko‘tarilishining oldini olish va gaz 
oqimida qum chiqishini cheklash shartlari bilan belgilanadi. Debiti katta gaz 
quduqlarda me’yor quduq diametriga qarab belgilanadi. 



Download 0.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish