Ma’ruza №5 Quduqlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazish Ma’ruza rejasi




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#93240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-ma\'ruza
GAT, 1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111
 
5.4. Quduqlar ishini tadqiqot etish 
Quduqlarning joriy holatini nazorat etish, ulardan olinadigan mahsulot 
miqdorini belgilash va ularning ishlash texnologik rejimini tuzish maqsadida 
tadqiqot ishlari olib boriladi. 
Quduqlarni tadqiqot etish barqaror va beqaror rejimlarda olib boriladi. 
Barqaror rejimda tadqiqot etish qo‘yidagicha olib boriladi. Quduq ancha 
vaqt o‘zgarmas miqdorda ishlatiladi. Bu muddatda quduqning mahsulot miqdori va 
tub bosimi o‘lchanadi. Birinchi o‘lchashdan so‘ng mahsulot miqdori o‘zgartiriladi. 
(oshiriladi yoki kamaytiriladi.) Biroz vaqtdan so‘ng quduq tubi bosimi 
o‘rnatilgach, o‘lchovlar takrorlanadi. Bunday o‘lchovlar kamida 3 - 4 marta 
bajariladi. 
Quduqning ishlash rejimini o‘zgartirish, quduqning ishlatilish usuliga 
bog‘liq. Masalan, favvora usulida ishlaydigan quduqlarda shtuser diametrini 
o‘zgartirib, kompressor usulida ishlaydigan quduqlarda ishchi agentning nisbiy 
sarflanishini o‘zgartirib, chuqurlik nasosi usulida ishlaydigan quduqlarda tebratma 
- dastgoh parametrlarini o‘zgartirib mahsulot miqdorini boshqarish mumkin. 
Quduqning har bir ishlash rejimida ishlash muddati mahsulot miqdori, 
qatlam tavsifi va qatlamdagi suyuqlik va gazlarning xususiyatlariga bog‘liq. 


Tadqiqot natijasida olingan mahsulot miqdori va unga mos keladigan 
bosimlar farqi orasidagi bog‘lanish grafigi chiziladi. Bu grafik indikator chiziqlari 
deb ataladi. Absissa o‘qida mahsulot miqdori Q va ordinata o’qida bosimlar 
ayirmasi P=P
kat
-P
qud.tub.
Gaz quduqlari uchun bosimlar kvadratlarining ayirmasi qo‘yiladi( P
2

Ko‘rinishi jihatdan indikator chiziqlari to‘g‘ri chiziqli, qavariq yoki botiq 
hollarda uchraydi. 
To‘g‘ri chiziqli holat neft uyumida siqib chiqarish usuli mavjudligida va 
oqim Darsi qonuni bo’yicha chiziqli sizilish sharoitida yuzaga keladi. 
Ayrim hollarda indikator chizig‘i boshlang‘ich sharoitida to‘g‘ri shaklda 
bo‘lib, depressiya oshgan sari qavariq shaklga o‘tishi mumkin. 
Suv bosimi rejimidan boshqa hamma hollarda indikator chizig‘i qavariq 
shakilda bo‘ladi. Botiq shakildagi indiqator chizig‘i holatida tadqiqot natijasi 
qoniqarsiz hisoblanib, o‘lchashlar takrorlanadi. 
Indikator chiziqlari quyidagi tenglama orqali ifodalanishi mumkin: 
Q=K(P
qat
-P
qud.tub
)
n
(5.13) 
Bu yerda: K - mahsuldorlik koeffisienti
n - g‘ovak muhitda sizishni xarakterlovchi koeffisient. 
Chiziqli sizish qonuni mavjud hollarda n = 1 va indiqator chizig‘i to‘g‘ri 
shaklda. Qavariq shakldagi indiqator chizig‘i n < 1 va botiq shakildagisi n > 1 
sharoitlarda vujudga keladi. 
Chiziqli qonun bo‘yicha sizilish sharoitida tenglama quyidagi ko‘rinishga 
ega bo‘ladi. 
Q= K (P
qat
-P
qud.tub
) (5.14) 
Mahsuldorlik koeffisienti son jihatidan bosim 1 atmosferaga pasayganda 
mahsulot miqdorining qanchaga ortganligini ko’rsatadi. 
K= Q/(P
qat
-P
qud.tub
)= Q/ P; (5.15) 
Quduqning maksimal mahsulot miqdori yoki potensial debiti P
kud.tub
=0 
holda bajarilib quyidagicha hisoblanadi. 
Q
pot.
= K
P
n
qat
(5.16) 
Tadqiqot natijasida chizilgan indikator chizig‘iga ishlov berib quduqning 
mahsuldorlik koeffisienti (K), qatlam o‘tkazuvchanligi (k), harakatlanuvchanligi 
k/μ; gidroo‘tkazuvchanlik k h/μ; p’ezoo‘tkazuvchanlik (x)va boshqa parametrlarni 
hisoblash mumkin. 
Indiqator chizig‘iga ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi. Indiqator 
chizig‘ining to‘g‘ri chiziqli qismi uchun mahsuldorlik koeffisienti. Quyidagicha 
hisoblanadi. 
K= Q/ P; (5.17) 









Darsi qonuniga asosan quduq tomon oqim quyidagi tenglama yordamida 
aniqlanadi. 
Q=2 kh(P
qat
-P
qud.tub
)\μ(lnR
ch
/R
qud
+C
1
+C
2
) (5.18) 
bu yerda; k - qatlam o‘tkazuvchanligi; h - qatlam qalinligi; μ - quduq 
mahsuloti qovushqoqligi; R
ch
– ta’minot chegarasi radiusi; R
qud 
- quduq radiusi; C
1

C
2
– quduqning gidrodinamik nomo‘kammallik koeffitsienti
Yuqorida ko’rsatilganidek quduqqa nisbatan oqim Q = K(P
qat
-P
qud.tub

tenglamasi yordamida ham hisoblanadi. Bu ikkala tenglamaning o‘ng tomonlarini 
tenglashtirib qatlamning o‘tkazuvchanlik koeffisienti topiladi. 
2 kh(P
qat
-P
qud.tub
)/
(lnR
ch
/R
qud
+C
1
+C
2
)= K (P
qat
-P
qud.tub
) (5.19) 
r =K
(lnR
ch
/R
qud
+C
1
+C
2
)/ 2 h (5.20) 
Endi o‘tkazuvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa parametrlarni(k/μ; k
h/μ; x) hisoblash mumkin. 
Darsi qonunidan chetlanish hollarida Q=K(P)
n
shakldagi parabalik 
tenglama indikator chizig’ini to‘la tasvirlay olmaydi. Bu hollarda bosim 
gradientning quyidagi ikki hadli tenglamasidan foydalanish mumkin. 
P/x=k/
u
2
-u u
2
(5.21) 
bu yerda: P - x uzunlikdagi maydonda bosimlar ayirmasi; μ- neft 
qovushqoqligi; u – sizilish tezligi; u – g‘ovak muhit geometriyasiga bog‘liq 
koeffitsient. 
Bu tenglamaning mazmuni quyidagicha. Suyuqlik yoki gaz harakatida 
qaysidir uchastkada bosimlar ayirmasi suyuqlik yoki gazning inersiya kuchi va 
ishqalanish kuchini bartaraf etish uchun sarflanadi. Bu kuchlar g‘ovaklik 
kanallarining notekisligi natijasida yuzaga keladi. 
Kichik tezlikdagi sizishda inersiya kuchlari katta emas va bosim asosan 
ishqalanish kuchlarini yengishga sarflanadi va tenglamaning birinchi qismi hal 
qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. 
Sizilish tezligi quduq debiti bilan proporsional bog‘liq bo‘lganligi sababli 
indiqator chizig’iga quyidagi tenglama mos keladi: 
Suyuqlik uchun P = A Q +BQ

Gaz uchun
P

= A
1
Q
at
+B
1
Q
2
at 
bu yerda: A, B,A
1
,B
1
- berilgan quduqlar uchun doimiy koeffitsientlar; Q –
neft debiti; Q
at 
- atmosfera bosimiga keltirilgan gazning hajmiy miqdori. 
Shunday ekan, oqim tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: 
P/Q = A +B Q; P
2
/Q = A
1
+B1 Q
at

Tadqiqot natijalari 
Q=α(P/ Q) yoki Q=α( (P)
2
/ Q
at

Fizikaviy 
mohiyati 
jihatidan 
A(A
1

koeffisienti 
mahsuldorlik 
koeffisientining teskari qiymatiga ega. 
















A=1/K yoki K=1/A 
Mahsuldorlik 
koeffisientining 
miqdori 
ma’lum 
bo‘lsa 
qatlam 
o‘tkazuvchanligi va unga bog‘liq hamma parametrlarni aniqlash imkoniyati 
tug‘iladi. 
Endi quduqni barqaror rejimda tadqiqot etish usulini ko‘rib chiqamiz. Bu 
usul quduq ishga tushirilgandan yoki to‘xtatilganda bosim tiklanishi jarayonida 
beqaror sizilish jarayonini o‘rganishga asoslangan. 
Bu usulni quduq tubi bosimi neftga to‘yinganlik bosimidan katta bo‘lgan 
holda qo‘llash mumkin. 
Bu usulning mohiyati quduq to‘xtatilganda tub bosimining tiklanib borishi 
tezligini yoki quduq ishga tushirilganda tub bosimining pasayishi tezligini kuzatish 
bilan bog‘liq. 
Quduq to‘xtatilguncha va to‘xtatilgandan so‘ng tub bosimi tiklanish grafigi. 
Quduq to‘xtatilgandan so‘ng ham qatlamdan quduqqa nisbatan oqim 
davom etib, unda suyuqlik satxi ko‘tariladi va tub bosimi ham ortib boradi. Sekin- 
asta neft oqimi kamayib, tub bosimining ortish sur‘ati sekinlashadi va nihoyat tub 
bosimi asimptotik ravishda qatlam bosimiga yaqinlashadi. 
To‘xtatilgan quduqda tub bosimining tiklanishi quyidagi tenglama bilan 
ifodalanishi mumkin. 
P
qat
-P
qud.tub
= P= Q·μ·v/4· ·k·h·2,25·x·t/r
2
kel 
bu yerda: Q - to‘xtatilgunga qadar quduq debiti; ΔP - bosimlar farqi; μ 

qatlam suyuqligi qovushqoqligi; k - o‘tkazuvchanlik; h – qatlam qalinligi; x – 
p’ezoo’tkazuvchanlik koeffisienti; r
kel
– quduqning keltirilgan radiusi; t - quduq 
to‘xtatilgandan boshlab hisoblangan vaqt. 
Bu tenglama ba‘zi o‘zgartirishlar va o‘nli logarifimga o‘tgandan so‘ng 
quyidagicha ifodalanadi: 
P= 2,3·Q·μ·v/4·π·k·h·Ig2,25·x·t+r
2
kel
+2,3·Q·μ·v/4·π·k·h·Ig t 
yoki P= A + Igt 
Bu tenglama yarim logarifimik P – Igt kordinatasida to‘g‘ri chiziq 
tenglamasini ifodalaydi. 
bu yerda: i – burchak koeffisienti; A – ordinata o‘qidagi kesim. 
Demak, bu usuldagi tadqiqot natijalariga quyidagicha ishlov beriladi. 
Quduq to‘xtatilgandan so‘ng o‘lchovlar natijasida P
qud.tub 
- t bog‘liqligi chizilib, 
so‘ngra u logarifimik koordinatada ifodalanadi. 
Natijada 
A = 2,3·Q·μ·v/4·π·k·h·Ig2,25·x·t\r
2
kel

i= 2,23·Q·μ/4·π·k·h; 
A = i·Ig2,25·x/r
2
kel





Bu yerda qatlam o‘tkazuvchanligi hisoblanib, u orqali qatlamning qolgan 
barcha parametrlari aniqlanadi. 

Download 0.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza №5 Quduqlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazish Ma’ruza rejasi

Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish