• AKUSTOELEKTRONIKA
  • ma’ruza elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari




    Download 3.19 Mb.
    bet4/5
    Sana08.04.2023
    Hajmi3.19 Mb.
    #49760
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    elektronika 1
    KUTUBXONA ISH REJA 2022 2023 YIL, Huquq blok test , Ford Pres (2), giperbolik, 1-dan 20-gacha, 9, Mustaqil ta’lim olish texnologiyalar, mustaqil ish

    FUNKSIONAL ELEKTRONIKA


    Funktsional mikroelektronika elektronikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Funksional elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari asosan mikroelektronika jarayonlariga mos keladi: plastinalarni mexanik va kimyoviy qayta ishlash; ularning yuzasida turli materiallar qatlamlarini yaratish; diffuziya va ionli implantatsiya; litografik ishlov berish; yig‘ish, germetizatsiyalash, tekshirish, sinovdan o‘tkazish va boshqalar kiradi.
    Funktsional mikroelektronikada elektron oqimlarining tovush toʻlqinlari bilan oʻzaro taʼsiri, qattiq jismdagi optik hodisalar, yarimoʻtkazgichlar, magnitlar va magnit maydonlardagi oʻta yuqori oʻtkazgichlarning xossalari va boshqalardan foydalaniladi.

    AKUSTOELEKTRONIKA


    Funktsional elektronikaning yo‘nalishlaridan biri akustoelektronika, jumladan, sirt akustik to‘lqinlariga asoslangan chastota filtrlaridir (SATACh filtrlari). Zamonaviy SATACh filtrining topologiyasi, chastota xarakteristikasi konstruktiv ko‘rinishi quyidagi rasm misolida ko‘rsatilgan.

    AKUSTOELEKTRONIKA

    Akustoelektronika- qattiq jismlarda yuqori chastotali (20 kGs dan yuqori bo’lgan) akustik to’lqinlarni elektr maydoni va elektronlar bilan o’zaro ta’sirini qo’llash jarayonlarini o’rganadigan fan va texnikaning sohasidir.

    Akustoelektronikaning 3 ta asosiy effekti (ta’siri) mavjud: akustik to’lqinlarni elektron yutilishi, akustik to’lqinlarni tezligini o’zgartirish, akustoelektr effekt.

    Axborotlarni uzatish va ularga ishlov berish radioelktron tizimlarda akustik to’lqinlar chastotalarni barqarorlash (stabilizasiya) uchun kechiktirish liniyalari va kvarsli rezonatorlarda qo’llaniladi. Sirtli akustik to’lqinlarda quyidagi asboblar keng qo’llaniladi: televideniyada yo’lakli filtrlar, chastota sintezatorlari, yuguruvchi to’lqin turidagi sirtli akustik to’lqinlar kuchaytirigichlari, akust-injeksion tranzistor, akustik to’lqin yordamida zaryadni ko’chiruvchi qurilma, ko’ndalang akustoelektrik effektdan foydalanuvchi konvolver va korrelyatorlar, tasvirni hisoblash, xotira qurilmalari.


    Funktsional elektronikaning juda muhim sohasi chastotani kvartsli barqarorlashtirish texnikasi hisoblanadi. Yuqori barqaror kvarts generatorlarisiz hech qanday aloqa vositalari va hatto kvarts soatlari ham ishlay olmaydi.
    Mikroelektronikaning rivojlaninshi bilan kvarts generatorlarining o‘lcham va massalari ham kichirayib bordi. Bugungi kunga kelib kvarts texnologiyasining mikroelektromexanik tizimlar (MEMT) va CSAC texnologiyalari paydo bo‘ldi.
    Chip Scale Atomic Clock (CSAC) texnologiyasining nomi tom ma'noda "kristal o‘lchamidagi atom soati" deb tarjima qilinadi. CSAC generatorlari - bu juda yuqori barqarorlikka ega bo‘lgan atom lazer elementlariga asoslangan miniatyura generatorlaridir. Yuqori barqaror generatorlarni ishlab chiqaradigan deyarli barcha taniqli firmalar kichik quvvatli CSAC generatorlariga ega.

    Download 3.19 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 3.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ma’ruza elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari

    Download 3.19 Mb.