|
Ma’ruza mashg’ulot texnologiyasi
|
bet | 1/2 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 31,83 Kb. | | #156396 |
Bog'liq doston
Ma’ruza mashg’ulot texnologiyasi
Vaqti- 2 soat
|
Talabalar soni 85-90 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
ma’ruza
|
O’quv mashg’ulotining mavzusi
|
Maktab matematika kursida tenglamalarni o'qitish uslublari. Gruppa va uning sodda xossalari
|
O’quv mashg’ulotining rejasi
|
1.Tenglamalarni o’rgatish usullari.
2.Matematika kursida tenglamalarni o'qitish uslublari. tadbiqi
3. Gruppa. Kommutativ gruppa. Multiplikativ, additiv gruppalar.
4.Matematika kursida tenglamalarni o'qitish uslublari. xossalari
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Tenglamalarni o’qitish usullarini o'qitish metodikasi Tenglama va o’qitish metodlari mavzusi haqida bilimlarni, hamda to’liq tasavvurlarni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
-matematika kursida tenglamalarni o'qitish uslublari xossalari haqida bayon etish;
-Matematika kursida tenglamalarni o'qitish uslublari.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
-Tenglamalarni o'qitish metodikasi amallar va uning xossalariga oid tushunchalarga ega bo’lishadi;
-Maktab darslarida xossalariga oid tushunchalarga ega bo’lishadi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Ma’ruza, "Aqliy hujum" usuli
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, o’quv qo’llanmasi, proektor, doska,slaydlar.
|
O’qitish shakli
|
Individual va jamoada ishlash
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Proektor va kompyuter, doska bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Ma’ruza mashg’ulotning texnologik xaritasi
Bosqichlar vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchining
|
Talabaning
|
1-bosqich.
Kirish(5min)
|
1. 1. Mavzu, uning maqsadi, kutiladigan o’quv natijalarini e’lon qiladi. Mashg’ulotniyakka, jamoada, "Aqliy hujum" usuli asosida o’tishni ma’lum qiladi. Baholash turlari, mezonlarini e’lon qiladi.
|
1. 1. Eshitadilar, mavzuni yozadilar.
|
2-bosqich.
Bilimlarni faollashtirish(10min)
|
1. Tengsizliklar jadvali haqida tushuncha beradi. (1-ilova)
2.Murrakkab tenglamalarni yechishini so’raydi. (2-ilova)
3. Muhokamali savollarni o’rtaga tashlaydi:(3-ilova)
|
1. Eshitadilar.
2. matematika kursida tenglamalar yordamida yechish.
3. Javob beradilar.
.
|
3-bosqich.
Asosiy(55min)
|
3. 1. "Aqliy hujum" metodi haqida tushuncha beradi. (5min)
3. 2. Har bir guruh namoyishga chiqishini aytadi.
3. 3. 3ta guruhning har biriga flipchart va markerlarni beradi.
3. 4. Doskaga yopishtirilgan "Aqliy hujum" usulidagi ma’lumotlarni talabalar bilan birgalikda tekshiradi. (10min)
|
3. 1. Eshitadilar.
3. 2. Guruhlar o’zlari uchun berilgan mavzularni navbati bilan namoyish qilishadi. (30min)
3. 3. "Aqliy hujum" usuli ma’lumotlarini yozadilar. (10)
3. 4. Tekshiradilar.
|
4-bosqich
Yakuniy(10min)
|
4. 1. Aylanish jism jadvalini qaytadan to’ldirishlarini aytadi.
4. 2. Mavzuga xulosa yasaydi. O’quv jarayonida faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi.
|
4. 1. Aylanish jism aniqlash sohasi jadvalini to’ldiradilar.
|
"Aqliy hujum" usuli
«Aqliy hujum» biror muammoni yechishda gurux qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. U to'g'ri va ijodiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi. "Aqliy hujum" yordamida turli xil muammolarni hal qilishning yo'llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a'zosi fikrini tezda yig'ish va umumlashtirish imkonini beradi. "Aqliy hujum"ni, o'quvchilar muammo haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lmagan hollarda ham qo'llash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy shiroitda aqlga kelmaydigan antiqa yechimlar tonish imkonini beradi.
Xulosa
Algebradan qanchalik nazariy bilim berishga e’tibor berilsa, tenglama yechishga ham shuncha e’tibor berish hatto ko‘proq diqqatni qaratish ahamiyatlidir. Chunki tenglama yechish bilan mustaqil fikrlash, mashq qilish ko‘nikma va malakasi shakllantirish bilan birga aqliy qobilyatini ham kuchaytiradi. O‘quvchilarning zeriktirmaslik tenglama yechishdan bezdirmaslik maqsadida turli mazmunli qiziqarli misollar yechtirish bilan ularda motiv hosil qilishga erishiladi. Algebraik tenglama yechtirishda darslikda mashqlar bilan chegaralanib qolmasdan boshqa adabiyotlardan foydalanib, mavzuga oid tenglamalarni tanlab yechish maqsadga muvofiqdir. Faqatgina tayyorlarni yechib qolmasdan, o‘quvchilarning o‘zlari mavzuga bog‘liq tenglama va tengsizliklar tuzib yechishlari yanada maqsadga muvofiqdir.
Tenglama yechishda ham zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash kerak va bo‘lg‘usi yosh matematik o‘qituvchilarga o‘rgatish zarur.
Algebra fanini tushunib yangi ongli o‘zlashtirishga erishish maqsadida tenglamalar yechish tuzilgan original misollar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib turish, shu yo‘l bilan matematika faniga qiziqishini oshirish mumkin, ular orasidan iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shu kabi tadbirlarni o‘tkazishni bilish uchun oliy o‘quv yurtida o‘rgatilgan bo‘lishi kerak. Ularda ko‘nikma va malaka hosil qildirilgan bo‘lgandagina amalga oshirish foydali koeffitsiyenti katta bo‘ladi. Xulosaning yakunida shuni aytish kerakki, har bir bo‘lg‘usi matematik tenglamalarni yechish san’atini egallagan bo‘lishi shart.
|
| |