• Talabalarning etiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savollar
  • VIZUAL MATERIALLAR 3- ilova 1-savol. Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash.
  • -ilova. Mavzu: Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash usullari. Yordamchi sfеralar usuli




    Download 4 Mb.
    bet3/11
    Sana08.11.2022
    Hajmi4 Mb.
    #29463
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    1-ilova.
    Mavzu: Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash usullari. Yordamchi sfеralar usuli.


    O’quv mashg’ulotining maqsadi: Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash usullari, yordamchi sfеralar usuli haqidagi materiallarni talabalarga o‘rgatish.
    2- ilova
    Talabalarning e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun
    tezkor savollar
    - Sirtlarning kesishish chizig‘i deganda nimani tushunasiz?
    - Sizningcha sirtlarning o‘zaro kesishgan chizig‘ini aniqlashning qanday amaliy ahamiyati mavjud?


    VIZUAL MATERIALLAR
    3- ilova
    1-savol. Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash.
    Insoniyat o‘zining amaliy faoliyatida konus, silindr, shar, ko‘pyoqliklar yoki boshqa ko‘rinishdagi sirtlar va ularning o‘zaro kesishishidan turli xil ko‘rinishdagi arkalar, gumbazlar va muhandislik inshootlari qurilishida foydalanib kelgan.
    Kesishuvchi sirtlar asosida o‘zaro kesishgan trubalar, keng oraliqli binolarning ustunsiz tomlari, neft va gaz saqlanadigan sisternalar, rezervuarlar, medisina asboblari, mashinasozlik detallari, qurilish inshootlari elementlari va hokazolar tayyorlanadi. Shu bois muhandislardan sirtlarning o‘zaro kesishish chiziqlarini aniq yasash va ularni sirt yoyilmasida aniq tasvirlay bilish bilimi talab qilinadi. Shu maqsadda ushbu bobda turlicha shakldagi sirtlarning o‘zaro kesishish chiziqlarini yasash usullari bayon qilinadi.
    Ta’rif. Ikki sirtning kesishish chizig‘i deb, ular uchun umumiy bo‘lgan nuqtalarning geometrik o‘rniga aytiladi.
    Kesishuvchi sirtlarning hosil bo‘lishiga qarab ularning kesishish chizig‘i quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi:

    • Kesishuvchi sirtlar egri chiziqli yoki to‘g‘ri chiziqli sirtlar bo‘lsa, ularning kesishish chizig‘i umumiy holda fazoviy egri chiziq bo‘ladi.

    • Kesishuvchi sirtlarning biri egri chiziqli ikkinchisi ko‘pyoklik sirt bo‘lsa, u holda ularning kesishish chizig‘i tekis egri chiziqlar bo‘ladi.

    • Kesishuvchi sirtlarning ikkalasi ham ko‘pyoqlik sirt bo‘lsa, ularning kesishish chizig‘i fazoviy yoki tekis siniq chiziq bo‘ladi.

    Kesishuvchi sirtlar analitik usulda o‘z tenglamalari bilan berilsa, ularni birga yechib, kesishish chiziqlarining tenglamasi hosil qilinadi.
    Kesishish chizig‘ining tartibi umumiy holda kesishuvchi sirtlarning tartibiga qarab belgilanadi. Agar sirtlardan biri m tartibli, ikkinchisi n tartibli bo‘lsa, ularning kesishish chizig‘ining tartibi m×n ga teng bo‘ladi, ya’ni 1m∩2n= a m.n.
    Kesishuvchi sirtlarning ikkalasi ham 2-tartibli bo‘lsa, ular 4-tartibli egri chiziq bo‘yicha kesishadi, ya’ni 1²∩2²=a4.

    Download 4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ilova. Mavzu: Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash usullari. Yordamchi sfеralar usuli

    Download 4 Mb.