• Frontal to‘g‘ri chiziq.
  • Profil to‘g‘ri chiziq.
  • Proyeksiyalar tekisligiga parallel to‘g‘ri chiziqlar




    Download 4 Mb.
    bet9/11
    Sana08.11.2022
    Hajmi4 Mb.
    #29463
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    3.2.1Proyeksiyalar tekisligiga parallel to‘g‘ri chiziqlar
    Gorizontal to‘g‘ri chiziq. Gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ga parallel to‘g‘ri chiziq gorizontal chiziq (yoki gorizontal) deb ataladi (52-a,b rasm).

    a) 52-rasm b)
    Gorizontalning barcha nuqtalari H tekislikdan baravar masofada (AA′BB′bo‘lgani uchun chizmada uning hfrontal proyeksiyasi Ox o‘qiga, h″′ profil proyeksiyasi esa Oy o‘qiga parallel bo‘ladi. Gorizontalning h′ gorizontal proyeksiyasi ixtiyoriy vaziyatda bo‘ladi. Bu chiziq kesmasining gorizontal proyeksiyasi o‘zining haqiqiy o‘lchamiga teng bo‘lib proyeksiyalanadi. Chizmadagi  va  burchaklar h gorizontalning V va W tekisliklari bilan mos ravishda hosil qilgan burchaklarining haqiqiy kattaligi bo‘ladi, ya’ni:
    h‖H h″‖Ox va h″′‖Oy, A′B′=|AB|, β = h^V va γ = h^W bo‘ladi.
    Frontal to‘g‘ri chiziq. Frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel to‘g‘ri chiziq frontal to‘g‘ri chiziq (yoki frontal) (53,a,b-rasm) deb ataladi. Frontalning barcha nuqtalari V tekislikdan baravar masofada bo‘lgani uchun chizmada uning f′ gorizontal proyeksiyasi Ox o‘qiga, f″′ profil proyeksiyasi esa Oz o‘qiga parallel bo‘ladi. Frontalning frontal f″ proyeksiyasi ixtiyoriy vaziyatda bo‘ladi.

    a) b)
    53-rasm
    Mazkur chiziq kesmasining frontal proyeksiyasi uning haqiqiy o‘lchamiga teng bo‘lib proyeksiyalanadi. Chizmadagi  va  burchaklar f frontalni H va W proyeksiyalar tekisliklari bilan mos ravishda hosil etgan burchaklarning haqiqiy kattaligi bo‘ladi, ya’ni:
    f‖Vf ʹ‖Ox va f ″′‖Oz, AʺBʺ=|AB|,  = f ^ H va γ = f ^ W bo‘ladi.
    Profil to‘g‘ri chiziq. Profil proyeksiyalar tekisligi W ga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziq profil to‘g‘ri chiziq (yoki profil) deb ataladi (54,a,b-rasm). Profilning barcha nuqtalari W tekislikdan baravar masofada bo‘lgani uchun chizmada uning gorizontal proyeksiyasi Oy o‘qiga parallel, frontal proyeksiyasi Oz o‘qiga parallel bo‘ladi.

    a) b)
    54-rasm
    Profilning profil proyeksiyasi ixtiyoriy vaziyatda joylashgan bo‘ladi. Mazkur, chiziq kesmasining profil proyeksiyasi o‘zining haqiqiy o‘lchamiga teng bo‘lib proyeksiyalanadi.
    Chizmadagi  va  burchaklar profil chiziqning H va V tekisliklar bilan mos ravishda tashkil etgan burchaklarining haqiqiy kattaligi bo‘ladi, ya’ni:
    p‖WÞp′‖Oy va pʺ‖Oz, A″′B″′=|AB|,  = p^H va = p^V bo‘ladi.

    Download 4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Proyeksiyalar tekisligiga parallel to‘g‘ri chiziqlar

    Download 4 Mb.