-savol. Umumiy o‘qqa ega bo‘lgan aylanish sirtlarining o‘zaro kesishishi




Download 4 Mb.
bet5/11
Sana08.11.2022
Hajmi4 Mb.
#29463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-savol. Umumiy o‘qqa ega bo‘lgan aylanish sirtlarining o‘zaro kesishishi.


Ta’rif. Umumiy o‘qqa ega bo‘lgan aylanish sirtlari chekli sondagi aylanalar bo‘yicha kesishadi.


Isboti. Ikkita aylanish sirtning m(m″) va n(n″) meridianlari (yasovchilari) hamda ular uchun umumiy bo‘lgan i(i″) o‘q berilgan bo‘lsin (2-rasm). m″ va n″ meridianlarning kesishish nuqtalarini A″, B″, C″,… harflar bilan belgilaymiz. Agar m va n egri chiziqlar i o‘q atrofida aylantirilsa,  va  aylanish sirtlari hosil bo‘ladi (shaklda bu sirtlar tasvirlanmagan). Unda m″ va n″ egri chiziqlarning aylanishi natijasida ularga umumiy bo‘lgan A″, B″, C″,… nuqtalar a″, b″, c″,… aylanalar chizadi. Bu aylanalar esa ikkala sirt uchun umumiydir. Demak, a″, b″, c″,… aylanalar umumiy o‘qli  va  aylanish sirtlarining kesishish chiziqlari bo‘ladi.
3-rasmda umumiy o‘qqa ega bo‘lgan aylanma ellipsoid va bir pallali giperboloidlarning kesishish chiziqlari a″ va b″ aylanalar frontal proyeksiyada ko‘rsatilgan. 4, 5 va 6–rasmlarda sferaning doiraviy konus, doiraviy silindr va tor sirtlari bilan kesishish chiziqlari tasvirlangan. Bu sirtlarning o‘qlari proyeksiyalar tekisliklarining biriga perpendikulyar qilib olingan.
Yuqoridagi teoremadan quyidagi natijani chiqarish mumkin:
Natija: Markazi aylanish sirtining o‘qida bo‘lgan har qanday (″) sfera shu aylanish sirti bilan aylanalar bo‘ylab kesishadi (12.6-rasm).
Haqiqatan, (″) aylanish sirti i(i″) o‘qining ixtiyoriy O(O″) nuqtasini markaz qilib olib, ″ sfera chizilgan.  va  sirtlar a″ va b″ aylanalar bo‘yicha kesishgan (tasvirlar faqat frontal proyeksiyada keltirilgan). Yuqorida keltirilgan xulosalar va misollar aylanish sirtlari kesishish chizig‘ini yasashda qo‘llaniladigan konsentrik va ekssentrik sferalar usullarining asosi hisoblanadi.

Download 4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-savol. Umumiy o‘qqa ega bo‘lgan aylanish sirtlarining o‘zaro kesishishi

Download 4 Mb.