Ma’ruza. Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash usullari. Yordamchi sfеralar usuli




Download 4 Mb.
bet4/11
Sana08.11.2022
Hajmi4 Mb.
#29463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Kesishuvchi sirtlardan biri 2-tartibli va ikkinchisi ko‘pyoqli sirt bo‘lsa, ular 2-tartibli egri chiziqlar bo‘yicha kesishadilar, ya’ni 1²∩2q.s=ka². Bunda, k 2-tartibli egri chiziqlarlar soni. Buni ko‘pyoqli sirtning yoqlari soni orqali aniqlanadi.

Sirtlar kesishish chizig‘ini yasashning umumiy algoritmi. Ikki sirtning kesishish chizig‘i, odatda kesishish chizig‘ining nuqtalarini ketma-ket yasash yo‘li bilan hosil qilinadi. Kesishish chizig‘ining nuqtalari ikkala sirtga ham taaluqli bo‘lib, yordamchi kesuvchi sirtlar yordamida yasaladi. Yordamchi kesuvchi sirtlar sifatida tekislik, sfera, konus va silindr sirtlarini olish mumkin. Yordamchi kesuvchi sirtlar shunday tanlanishi kerakki, u berilgan sirtlar bilan kesishganida kesimda chizilishi oddiy va qulay chiziqlar-to‘g‘ri chiziq yoki aylanalar hosil bo‘lsin.


Yordamchi kesuvchi sirtlar kitobning oldingi boblarida yordamchi kesuvchi tekislik ko‘rinishida ishlatilgan edi. Masalan, to‘g‘ri chiziq bilan tekislikning kesishuv nuqtasini yasashda, tekisliklarning kesishish chizig‘ini yasashda, tekislik bilan sirtlarning kesishuvida, to‘g‘ri chiziq bilan sirtlarning kesishuvida yordamchi kesuvchi tekisliklar o‘tkazilgan edi.


Yordamchi kesuvchi sirtlar usulida yasash algoritmi quyidagicha bo‘ladi (1-rasm):

  • Berilgan ikki  va Ø sirtlar kesishish chizig‘ining xarakterli nuqtalari yasaladi. Bu nuqtalar o‘z navbatida yordamchi kesuvchi sirtlarni o‘tkazish chegarasini aniqlaydi.

  • Yordamchi kesuvchi Ω sirt o‘tkaziladi. Bunda  va Ω sirtlar o‘zaro kesishib n (∩Ω=n) chiziqni, Ø sirt bilan Ω sirt kesishib m (∩Ω=m) chiziqni hosil qiladi.

  • n va m chiziqlar kesishib (nm=A, B,…) A, B,…nuqtalarni hosil qiladi.

Bu nuqtalar berilgan Ø va  sirtlar kesishish chizig‘ining nuqtalaridir. Bunday yasash algoritmi yetarli marta takrorlansa, kesishish chizig‘ini yasash uchun yetarli nuqtalari hosil qilinadi. Bu nuqtalar ma’lum tartibda lekalo yordamida silliq tutashtirilsa, berilgan ikki sirtning kesishish chizig‘i hosil bo‘ladi.
1-rasm

Agar yordamchi kesuvchi sirt tekislik bo‘lsa, xosmas o‘qli tekisliklar dastasi hosil bo‘ladi. Agar yordamchi kesuvchi sirt sferadan iborat bo‘lsa, konsentrik yoki ekssentrik sferalar oilasi hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra ikki kesishuvchi sirtning kesishish chiziqlarini yasashda yordamchi kesuvchi tekisliklar dastasi, yordamchi kesuvchi konsentrik va ekssentrik sferalar usullari hosil bo‘ladi. Bu usullarining qo‘llanilishi to‘g‘risida keyinchalik batafsil to‘xtab o‘tamiz.


4- ilova

Download 4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza. Sirtlarning o‘zaro kеsishuv chizig‘ini yasash usullari. Yordamchi sfеralar usuli

Download 4 Mb.