|
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja
|
bet | 24/56 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #259295 |
Bog'liq Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tDreyfli BT bazasida elektronlar toki diffuziya va dreyf tashkil etuvchilaridan tashkil topadi:
,
bu yerda, n(x) – ixtiyoriy x kesimda elektronlar konsentratsiyasi, – akseptor kiritmalar konsentratsiyasi NA notekis taqsimlangan bazada ichki elektr maydon kuchlanganligi.
Invers rejimda KO‘ to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan bo‘lib, elektronlar kollektordan bazaga injeksiyalanadi. Baza sohasidagi noasosiy zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi kollektordan emitterga kamayib boradi va bu holda tok teskari yo‘nalgan bo‘ladi. To‘yinish rejimida, ikkala r-n o‘tish to‘g‘ri siljitilganda, r-n o‘tishlar yaqinida elektronlar konsentratsiyasi muvozanat holatdagiga qaraganda yuqori bo‘ladi, shuning uchun n(x) konsentratsiyaning bazada taqsimlanishi 4-chiziq bilan ifodalanadi. Ushbu taqsimlanishni aktiv va invers rejimlardagi konsentratsiyalar taqsimlanishi yig‘indisi sifatida ko‘rsatish mumkin. Ikkala r-n o‘tishga teskari siljitish berilgan berk rejimda, bazaning r-n o‘tishlarga yaqin sohalarida, elektronlar konsentratsiyasi amalda nolga teng bo‘lib, muvozanat holatda bazada taqismlanganga qaraganda kamroq bo‘ladi (5-chiziq). r-n o‘tishlar yaqinida hosil bo‘ladigan konsentratsiya gradiyentlari r-n o‘tishlarning teskari toklarini aniqlaydi. Zaryad tashuvchilarning bazada taqsimlanishini bilish r-n o‘tishlarga berilgan kuchlanishlarning tranzistor elektrodlaridagi toklar qiymatiga ta’sirini grafik ravishda yaqqol ko‘rsatish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan zaryad tashuvchilar taqsimlanishi o‘tishlarga berilgan kuchlanishlar ta’sirida baza sohasi kengligining o‘zgarishlarini e’tiborga olmagan holda ko‘rib chiqildi. Real BTlarda r-n o‘tishlarga berilgan kuchlanishlar ta’sirida r-n o‘tish kengligi o‘zgaradi, bu o‘z navbatida baza sohasi kengligi LB ning o‘zgarishiga olib keladi. Agar r-n o‘tishlar kengaysa, baza torayadi va aksincha bo‘ladi. Ushbu hodisa Erli effekti yoki baza kengligi modulyatsiyasi deb ataladi.
Erli effekti qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Aktiv rejimda KO‘dagi teskari kuchlanish qiymati UKB ortgan sayin baza kengligi LB kichiklashadi. Bu o‘z navbatida bazaga injeksiyalangan elektronlar konsentratsiyasi gradiyentini oshiradi, natijada, emitter toki ortadi. Baza kengligi kamayishi bilan, emitter tokining rekombinatsiya hisobiga yo‘qolishi kamayib, tashish koeffitsiyenti qiymati ortadi.
To‘yinish rejimida emitter va kollektordan bazaga elektronlar injeksiyalanadi. Natijada, UK ortishi bilan EO‘ning elektronlar toki keskin kamayadi. Emitter samaradorligi ham keskin kamayib, UK = UE bo‘lganda =0 bo‘ladi.
Berk rejimda =0. Invers rejimda r-n o‘tishlar vazifalari almashadi – KO‘ boshqaruvchi bo‘lib, EO‘ boshqariluvchi bo‘lib qoladi.
Nazorat savollari
1. Bipolyar tranzistor (BT) nima?
2. BTning ishlash prinsipini tushuntiring.
3. BT emitteri, bazasi va kollektorining vazifalari nimalardan iborat?
4. n-p-n va p-n-p turli BTlar ishlash prinsipida farq bormi?
5. BTning qanday ulanish sxemalarini bilasiz?
6. BT asosiy ish rejimlarini ayting.
7. BTning turli ulanish sxemalarida statik VAXlarida aktiv va to‘yinish rejimlarini aniqlang.
8. Tranzistorning tok uzatish koeffitsiyenti nimani anglatadi? UB va UE ulangan sxemalarda tok uzatish koeffitsiyentlari qiymatlarini solishtiring.
|
| |