14.2 Tiristor tuzilmasi va ishlash mexanizmi. Tiristorning ekvivalent sxemasi.
Tiristor dinistorga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lib, baza sohalaridan biri boshqaruvchi bo‘ladi. Agar bazalardan biriga boshqaruvchi tok berilsa, mos tranzistorning uzatish koeffitsiyenti ortadi va tiristor ulanadi.
Boshqaruvchi elektrod (BE) joylashgan sohasiga mos ravishda tiristorlar katod va anod bilan boshqaruvchilarga ajratiladi. BE larning joylashishi va tiristorlarning shartli belgilanishi 6-rasmda keltirlgan.
BE ga signal berilganda yopiluvchi tiristorlar ham mavjud. Bunday tiristorlarning BE toki tiristor uzilayotganda asosiy kommutatsiyalanayotgan tokka qiymat jihatdan yaqinlashgani uchun chegaralangan hollarda qo‘llaniladi.
a) b)
6.6-rasm. Katod (a) va anod (b) orqali boshqariluvchi tiristor
tuzilmasi va shartli belgilanishi.
Tiristorning ulanish sxemasi va VAXsi 7-rasmda keltirilgan. Tiristorning dinistordan farqi shundaki, ulanish kuchlanishi BE zanjiridagi tokni o‘zgartirib rostlanadi. Shunday qilib, tiristor ulanish kuchlanishi boshqariladigan dinistorga ekvivalent.
a) b)
7-rasm. Tiristorning ulanish sxemasi (a) va VAXi (b).
Tiristor ulangandan so‘ng BE boshqarish xususiyatini yo‘qotadi, natijada, uning yordamida tiristorni o‘chirib bo‘lmaydi. Tiristorning o‘chirish sxemalari dinistornikidek.
Dinistor va tiristorlarning asosiy statik parametrlari quyidagilardan iborat:
- ruxsat etilgan teskari kuchlanish UTYeS;
- berilgan to‘g‘ri tokda ochiq holatdagi asbobdagi kuchlanish pasayishi UTO‘G‘;
- ruxsat etilgan to‘g‘ri tok IYu.
Dinistor va tiristorlar asosan, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarni qayta ulovchi sxemalarda elektron kalit sifatida qo‘llaniladi.
14.3 Simistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi. Boshqariluvchi to’g’rilagichlar. Qo‘llanish sohalari.
Simistor – simmetrik tiristor bo‘lib, o‘zgaruvchan tokni kommutatsiyalashga xizmat qiladi. U reversiv to‘g‘rilagichlar yoki o‘zgaruvchan tok sozlagichlari yaratish uchun ishlatilishi mumkin. Simmetrik tiristor tuzilmasi 8,a-rasmda, uning shartli belgi-lanishi esa 8,b-rasmda keltirilgan. Simistor tuzilmasi turli o‘tkazuvchanlikka ega beshta yarimo‘tkazgich qatlamdan tashkil topgan bo‘lib tiristornikiga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Simistor VAXi 9-rasmda keltirilgan.
Simistor VAXidan uning BEiga boshqaruvchi musbat impuls berilganda asbob ixtiyoriy yo‘nalishda ulanishi ko‘rinib turibdi.
a) b)
8-rasm. Simmetrik tiristor tuzilmasi (a) va
uning shartli grafik belgilanishi (b).
9-rasm. Simistor VAXi.
Boshqaruvchi impulsga qo‘yiladigan talablar, simistorning asosiy xarakteristikalari va uni belgilanish tizimi tiristornikidek. Simistorni umumiy BEli qarama-qarshi parallel ulangan ikkita tiristor bilan almashtirsh mumkin.
Tiristorlarda ulanish momentini boshqarish imkoniyati bo‘lgani sababli ular boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar sxemalarida ishlatiladilar.
Bitta tiristorli boshqaruvchi to‘g‘rilagichning eng sodda sxemasi 10,a-rasmda keltirilgan.
Tiristor ulanishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur: tiristor anodidagi kuchlanish musbat bo‘lishi zarur (lekin UTO‘G‘.ULAN kuchlanishidan katta bo‘lmasligi kerak) va BEga ochuvchi tokka mos musbat kuchlanish berilgan bo‘lishi shart. Birinchi shart elektr tarmoqning musbat yarim davrida tarmoq kuchlanishi UKIR (10,b-rasm) uchun bajariladi, ikkinchi shart bajarilishi uchun tiristorning BEiga ochuvchi impuls UOCh (10,v-rasm) beriladi. Tiristor ochilgandan so‘ng BE o‘zining boshqarish xususiyatini yo‘qotadi, shuning uchun anoddagi oniy kuchlanish nolga teng bo‘lganda uning o‘chishi sodir bo‘ladi.
|