Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari.
Tizimli dasturiy ta’minoti.
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – dasturlarning mavjudligidir.
Dastur ta‟minoti 2 ta guruhdan iborat:
- Tizimning ishlashi bilan bog‟liq tizim dasturlari;
- amaliy dasturlar.
Tizim dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar bo‟lib, u
kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari
orasida muloqotni
tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlarining
yadrosi operatsion tizimlardir. OT foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita
muloqot o‟rnatishni,
kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik
yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni
tahminlovchi dasturlardir.
Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS,
DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. Bundan
tashqari, xizmat qiluvchi dasturlar mavjud bo‟lib, ularni
dastur utilitlari
deb
ataladi. Ular kompyuter ishlashini qulay qiluvchi yordamchi amallarni bajaradigan
dasturlardir..
Amaliy dasturlar predmet sohadan olingan alohida
masalalar va ularning
to‟plamini yechish uchun qaratilgan bo‟lib, amaliy masalalarni yechish uchun
mo‟ljallangan. Bunday dasturlar majmui
amaliy dasturlar paketi
(ADP) qisqacha
amaliy dasturlar deb ataladi.
Dasturlar odatda magnitli saqlagichlarda joylashgan bo‟ladi. Ammo OTlar va
u bilan bog‟lik dasturlar ancha katta hajmga ega bo‟lgani tufayli keyingi paytlarda
lazer disklariga yozilmoqda.
Bahzi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning
asosiy tizim
dasturlari (ular BIOS -Basa Input Output System) deb ataladi va to‟g‟ridan-to‟g‟ri
kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo‟ladi. Tizim
dasturlar yadrosini OTlar tashkil qiladi.