bo‟lib, o‟zi 8 Kbayt xotirani egallar edi. O‟sha paytda yetarli deb hisoblangan
bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o‟yinchoqqa» aylandi. Chunki
hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi birnecha Gegabaytlarga
tenglashdi.
Mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom etirib, uning MS DOS 1.1, MS
DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 laxjalarini taklif etishdi va nihoyat, 1984
yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga
asoslangan, 5.25
dyuymli diskovodda ishlashga, mo‟ljallangan operatsion tizimi
yaratildi. 1986 yilda Compaq Computer firmasi 80386 mikroprotsessorga
asoslangan IBM kompyuterini chiqardi.
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan „C/2 („ersonal system -
shaxsiy tizim) kompyuterini yaratdi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan
kompyuter nazariy bir necha Gegabayt xotiraga ega bo‟lishi mumkin edi. Ammo
MS DOS esa 640K bayt xotiraga ega bo‟lgan kompyuterlarga moslashgan edi.
Shuning uchun MS DOS tizimini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987 yil MS
DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, ya`ni 1,44 Mbaytli
disklar bilan ishlash
imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir
nechta masalalar yechishga qodir bo‟lgan OS/2 operatsion tizimi ishlab chiqildi.
Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o‟sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari
ko‟pchilikni qoniqtirar edi. hozirda biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux
amaliyot tizimlaridan keng foydalangan bo‟lsakda MS DOS o‟z kuchini yo‟qotdi
deyaolmaymiz.
MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan
Norton Commander tizimlari
turli klavishlar kombinatsiyasidan iborat buyruqlar bilan ishlashga mo‟ljallangan
bo‟lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi.
Operatsion tizim funksiyalari. Agar operatsion tizim tushunchasini qisqacha
izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OT bu kompyuterning fizik va dasturiy
resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo‟linadi.
Fizik resurslar bu:
-
xotira;
-
vinchester;
-
monitor;
-
tashqi qurilmalar va boshqalar.
Dasturiy resurslar bu:
-
kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
-
kompyuter ishlashini tahminlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
-
berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
-
drayverlar;
-
virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi
dasturlar.
Fayl va katalog tushunchasi. Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada
biror nom bilan saqlanishiga fayl deb aytiladi. Masalan, dasturlar, hujjatlar va shu
kabi mahlumotlar. Fayllar 2 xil ko‟rinishda bo‟ladi: matnli va ikkilik. Matnli
fayllar foydalanuvchining o‟qishi uchun mo‟ljallangan bo‟lib, ixtiyoriy belgilardan
tuzilgan satrlardan tashkil topadi. har bir satr Enter klavishasi bilan yakunlangan va
yangi satrdan boshlangan bo‟ladi. Mahlumki, matnni tahrirlash va ko‟rish paytida
Enter klavishasining belgisi ekranda ko‟rinmaydi.
Fayl nomi MS DOS ning dastlabki laxjalari va uning Windows 3.1
qobiq
dasturlarida 8 tagacha lotin xarflari va raqamlar xamda ayrim belgilar
kombinatsiyasidangina iborat bo‟lishi mumkinligi talab qilinar edi. Nom ichida
bo‟sh joy va nuqta belgilari ishlatish mumkin emas edi.
Xotirada saqlanayotgan informatsiya turiga qarab foydalanuvchi yoki ShK
tomonidan faylga qo‟shimcha tur beriladi. Tur sifatida uzunligi 1 tadan 3 tagacha
bo‟lgan lotin harflari, raqamlar va bahzi belgilar ishlatilishi mumkin.
Umuman
olganda, tur ishlatilmasligi ham mumkin. Faylning to‟liq nomi ikki qismdan iborat
bo‟lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan fayl turi yoziladi. Odatda
fayl turini - fayl kengaytmasi deb yuritiladi. Masalan:
Command.com
Sartak.bat
rog.bas
Misol.txt.
Bu yerda Command, Sartak, rog va Misol lar fayl nomlari, com, bat, bas va
txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo‟lishi
shart emas. Agar u bor bo‟lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va
foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. har bir faylni
tashkil qilayotganda yoki
uning tarkibida o‟zgartirishlar qilinganda, avtomatik ravishda ShK tomonidan sana
va tizimdan olingan vaqt fiksirlab boriladi.
Fayl atributlari deb, shu faylni arxiv (keyinchalik o‟zgartirish imkoniyati bor),
yashirin (ko‟rinmas) yoki faqat o‟qish uchun ochishga ruxsat beriladigan sifatlari
tushiniladi.
Fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari
haqidagi mahlumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga katalog deb aytiladi.
Katalog ham fayl singari nomlanadi. Ammo odatda kengaytma ishlatilmaydi. har
bir diskda bir nechta katalog bo‟lishi mumkin. Katalog ichida yana katalog
joylashgan bo‟lsa, u holda biri ikkinchisiga nisbatan
ichki yoki tashqi katalog
sifatida nomlanadi. Ixtiyoriy diskda bosh (uni ildiz yoki tub deb xam atashadi)
katalog bo‟lib unda boshqa barcha fayl va kataloglar bosqichma-bosqich
joylashgan bo‟ladi. Joriy disk yoki katalog deb ayni shu vaqtda ishlatilayotgan disk
yoki katalogga aytiladi.
Kataloglar Windows operatsion sistemasida papkalar deb atala boshlandi.
Papka va fayllarning nom uchun 8 ta o‟rniga 254 tagacha belgi ishlatish mumkin.
Nomda kirill va boshqa alifbo xarflarini xam ishlatish imkoniyati paydo bo‟ldi.
Nom ichida bo‟sh joy va nuqta belgilari xam ishlatishga ruxsat berildi.