Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana13.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#229417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanili

Computer science
deb ataladi. 
Mustaqil fan sifatida Informatika va AT 40 - yillar oxirida texnika, biologiya, 
ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - 
kibernetika fani bazasida vujudga keldi. 
Informatika va ATning asosiy vazifasi
- axborotni qayta ishlashning yangi 
usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni amaliyotda qo‟llashdan iboratdir. 
Informatika va AT quyidagi masalalarni yechadi: 

Ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish; 

Informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan bazani qayta 
ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish; 

Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan 
unumli foydalanishning ilmiy va injenerlik muammolarini yechish. 
Shartli ravishda Informatika va ATni uchta o‟zaro bog‟liq qismga bo‟lish 


mumkin:

Apparatli texnika vositasi. 

Dastur muhiti. 

Algoritmlar muhiti. 
Informatika va AT keng ma‟noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida 
axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, 
uzatish bilan bog‟liq bo‟lgan sohadir. 
Tor ma‟noda Informatika va AT 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar 
va algoritmlar. Shuningdek, Informatika va ATni xalq xo‟jaligidagi, fundamental 
va tadbiqiy fanning bir tarmog‟i deb ko‟rish mumkin. 
O‟z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har 
bir tarmog‟i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo‟lsin, undagi axborot o‟zining maxsus 
tomonlari bilan tavsiflanadi. 
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida 
aytadigan bo‟lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli 
bajarishlari uchun zarur bo‟lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma‟lumotlar 
to‟plami bo‟lib hisoblanadi. 
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri - iqtisodiy axborot. Uning 
farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan
korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari 
bilan bog‟liqligidadir. 
Ma‟lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma‟naviy boyliklar qatoridagi 
qadriyatlardan bo‟lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash, 
inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiyat injiqliklariga bardosh bera olishga doir 
tajriba xulosalari yozma yoki og‟izdan - og‟izga ko‟chuvchi ma‟lumot, oila, qabila 
va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan. 
Urush yoki taxlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa 
imkoniyatlari haqidagi ma‟lumot hayot-mamot masalasi bo‟lgan. Shu bois 
ma‟lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to‟g‟ri taxlil 
qilish kabi masalalar dolzarb bo‟lib kelgan. Masalan, ma‟lumotni qulay va 
ishonchli saqlash maqsadida qog‟oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta‟sirchan 
uzatish uchun telegraf, telefon, radio, televidenie ixtiro qilingan. To‟g‟ri va tezkor 
tarzda katta hajmdagi ma‟lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro 
qilingan deyish mumkin. 
Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni 
turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini Informatika va AT 
fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda 
kompyuter va unga mos dasturiy ta‟minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o‟qitishda 
har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko‟nikmalar majmuasini belgilash 
imkonini beradi va taqozo qiladi.

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti

Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish