hisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AQSHning xarbiylari uchun amerikalik
injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og‟irligi 35 tonnali EXM
yaratdi.
1947 yilda BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J.Bardin va V. Berteyn
tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948 yildan
esa elektron lampalar
o‟rniga kashf etilgan tranzistorlar qo‟llana boshlandi va shuning uchun 2-avlod
EHMlari tranzistorli deb nomlangan
.
1949 yilda Djey Forrester tomonidan
magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj
universitetida birinchi
xotiraga ega EHM - EDSAC nomli EHM yaratildi.
1959 yilda Robert Noys bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib
integral sxemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firma tomonidan
integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni chiqardi va shuning uchun
uchinchi EHMlar avlodi integral sxemali
deb nomlanadi.
1970 yildan boshlab INTEL firma xotiraning
integral sxemalarni chiqara
boshladi. Shu firmada ishlagan Marshian Edvard Xoff shu yilda mikroprotsessorni
kashf etgan (bitta kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). Shu
yildan boshlab
mikroprotsessorlarda ishlovchi to’rtinchi EHMlar avlodi
boshlandi,
ular
katta integral sxemali
avlod deb nomlanadi.
1977 yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy
kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. 1980 yilda Osborne
Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara boshladi. 1981
yildan
boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan personal
kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi.
EHMlarning beshinchi avlodi
– (90 yillar) bilimlarni
qayta ishlaydigan
samarali tizimlarni qurishga imkon beradigan ko‟plab o‟nglab parallel ishlaydigan
mikroprotsessorlardagi
SHK;
parallel-vektor
tarkibli
o‟ta
murakkab
mikroprotsessordagi SHK, ular bir vaqtning o‟zida dasturni o‟nglab ketma-ket
ko‟rsatmalarini bajaradi
EHMlarning oltinchi avlodi
– ommaviy parallelizmi va “neyron”
strukturali
optoelektron EHM – neyronli biologik tizimlarni arxitekturasini modellashtiruvchi
ko‟p sonli murakkab bo‟lmagan mikroprotsessorlarni taqsimlangan tarmoqli EHM.