Bog'liq Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanili
Qushimcha qurilmalar va ularning vazifalari Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga tasvirlarni va
boshqa hujjatlarni kiritish va qog‟ozga chiqaruvchi qurilmalar zarur bo‟ladi.
Qog‟ozga chop etish qurilmalari
printer lar (ingl. Printer–
chop qiluvchi ) deb
ataladi. Ularning bir necha xillari bo‟lib, ulardan matritsali, siyohli, lazerli turlarini
sanab o‟tish mumkin.
Matritsali printer lar sekin chop etadi, chop etilgan matnning sifati juda past,
faqat bitta rangda chop etadi va hozirgi kunda mavjud dasturiy vositalarni
almashtirish qiyin bo‟lgan tashkilotlarda, masalan, ba‟zi banklarda saqlanib
qolgan(1.14-rasm).
Siyohli printer lar siyoh purkash yo‟li bilan qog‟ozga tasvir tushiradilar. Ular
rangli tasvir va matnlarni chop etadilar, odatda ancha arzon bo‟lishlariga qaramay,
sekin chop etadilar, chop etilgan varaqning tannarxi ancha yuqori, maxsus qog‟oz
ishlatilmaganda tasvirning sifati pasayib ketadi(1.15-rasm).
Lazerli printer larda magnitlana oladigan maxsus kukunni qog‟ozga sepish
va uni kuydirish orqali matn va tasvir chop etiladi. Narxi nisbatan yuqori bo‟lishiga
qaramay, chope tish tezligi yuqori, har bir chop etilgan varaq tannarxi arzonligi,
bitta katridj yordamida minglab varaq ma‟lumotlarni chop etish imkoni borligi
sababli keng tarqalgan. Rangli lazerli printerlarning narxlari ham keskin pasayib
bormoqda va tez kunlarda siyohli printerlar o‟rnini egalashlari kutilmoqda.
Matritsali printer Lazerli printer Siyohli printer
Skaner – kompyuterga matn, rasm, slayd, fotosurat ko‟rinishida ifodalangan
tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda kiritishga mo‟ljallangan
qurilmadir.
Skaner lar(ingl. scanner - o‟qib oluvchi) tasvirlarni kompyuterga
kiritish uchun ishlatiladi. Uning yordamida matnlarni ham kiritish mumkin.
Buning uchun avval matn rasm ko‟rinishida kompyuterga kiritiladi va timsollarni
tiklovchi maxsus dasturlar yordamida matn ko‟rinishiga o‟tkaziladi.
Skanerlar