Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana13.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#229417
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanili

 
 
 


Xotira qurilmasi. Axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari 
Ma‟lumotlarni tashuvchi va saqlovchi vositalari.Magnitli ma‟lumot saqlash 
vositalari – qattiq disk (vinchester), strimmer, yumshoq magnitli disketalar 
Kompyuter o‟chirilganda, uning tezkor xotirasidagi barcha ma‟lumotlar ham 
o‟chib ketadi. Shu sababli keyin ham kerak bo‟ladigan ma‟lumotlarni tashqi 
xotiralarning birida, odatda vinchester rusumidagi qattiq diskda saqlab qo‟yish 
kerak. Kompyuterdagi barcha ma‟lumot va dasturlar qattiq disk – “vinchester”da 
saqlanadi. Vinchesterlarning hajmi tezkor xotiraning hajmidan bir necha yuz marta 
katta bo‟lib, hozirgi kunda hajmi 500 Gegabayt (500 000 Mb)gacha bo‟lgan 
vinchesterlar sotuvga chiqarilgan.
Vinchesterlar sistemno‟y blokning ichida joylashgan bo‟lib, kompyuterlar o‟zaro 
ma‟lumot almashishlari uchun mahalliy yoki internet tarmoqlari orqali 
birlashtiriladilar. Tarmoqqa ulanmagan kompyuterlardan ma‟lumot olish yoki 
yozish uchun disketa, kompakt disk (CD) va DVD yuritgichlari bilan 
jihozlanadilar.
U sistema bloki ichiga mustahkam o‟rnatilgan bo‟lib, uni bitta joydan ikkinchi 
joyga olib yurish tavsiya qilinmaydi.
Agarda ma‟lumotlarni boshqa joyga ko‟chirish kerak bo‟lsa quyidagi usullar 
yordamida bu vazifani amalga oshirish mumkin: 
Lokal tarmoq orqali; 
Modem orqali; 
Elektron pochta yordamida; 
Kompyuterda CD-RW yoki DVD-RW qurilmasi o‟rnatilgan bo‟lsa, CD-R, CD-
RW, DVD-R, DVD-RW disklariga yozish yo‟li bilan; 
Kompyuterda disk yuritgich o‟rnatilgan bo‟lsa, magnit disketalar yordamida; 
Kompyuterda USB bog‟lami ishlaydigan bo‟lsa, maxsus vosita “Flash” xotira 
yordamida. 
Magnitli ma‟lumot tashuvchilar 
Optik ma‟lumot saqlash vositalari – CD va DVD kompakt disklar va ular bilan 
ishlaydigan qurilmalar 
Optik ma‟lumot tashuvchilar 


Kompakt disk bilan ishlash: ma‟lumot yozish, ko‟chirish, ochish 
Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko‟proq ma‟lumot saqlash imkoniga ega. 
Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo‟lsa, 
kompakt diskning hajmi 650 yoki 700 Mb ni tashkil 
etadi, ya‟ni unga taxminan 500 marta ko‟proq 
ma‟lumot yoziladi.
Kompakt diskdagi ma‟lumotlarni o‟qish uchun 
kompyuterga maxsus qurilma – CD ROM (Compact 
Disk Read Only Memory)Drive o‟rnatilgan bo‟lishi 
kerak.
Kompakt diskdagi ma‟lumotlarni o‟qish uchun 
kompakt diskni qurilmaga o‟rnatish kerak. Buning 
uchun CD ROM qurilmasining OpenG‟Eject 
tugmasini bosib, loto kochilganidan keyin, unga 
diskni o‟rnatib, Open G‟Eject tugmasini takroran 
bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma‟lumotlarni o‟qish jarayoni 
boshlanadi. Windows operatsion sistemasida o‟rnatilgan diskdagi ma‟lumotlar 
turini aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror bir amalni 
bajarish taklif etiladi: Taklif oynasining mazmuni o‟rnatilgan dasturlar va disk 
mazmuniga bog‟liq bo‟ladi.
Diskda audio va video ma‟lumotlar mavjud bo‟lsa, ularni biror dasturda 
ochish, rasm bo‟lsa, ko‟chirish yoki chop etish taklif qilinadi. Diskdagi 
ma‟lumotlarni ko‟chirish xuddi disketadan ko‟chirishdek amalga oshiriladi.
Diskka ma‟lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma – CD Writer 
o‟rnatilgan bo‟lishi kerak. Bunday qurilmada ma‟lumotlarni maxsus turdagi 
disklarga yozish mumkin – CD-R (Recor dable – bir marta yozib, cheksiz o‟qish 
mumkin) va CD-RW (Rew ritable – bir necha marotaba yozish va o‟chirish 
mumkin). 
Kompakt diskka ma‟lumot yozishni Windows XP operatsion sistemasi 
vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini 
ko‟chirish, o‟chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun 
maxsus dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi, masalan Ahead Nero Burning 
ROMdasturidan.
Oxirgi yillarda CD texnologiyasi o‟rniga yangi – DVD (Digital Versatile 
Disk – raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng tarqalib ommalashib 
bormoqda. Dastlabki DVD disklarga yuqori sifatli video ma‟lumotlar yozilgan 
bo‟lib, tasvir va ovoz sifati ko‟rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo‟lgan. 
Keyinchalik ulardan nafaqat video, balki boshqa ma‟lumotlarni (data) ham 
yozishda foydalanilmoqda. 
Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni ochish uchun unga DVD ROM 
qurilmasi o‟rnatilgan bo‟lishi kerak. DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD 
disklarni ham ochish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda DVD disklarni 
o‟qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya‟ni 13805 KbG‟sek*16 
q22080 Kbit G‟sek, CD disklarni o‟qishning maksimal tezligiesa 52 karrani tashkil 
etadi, ya‟ni 150 KbitG‟sek*52q7800 KbitG‟sek. Bundan tashqari DVD disklarni 


hajmi ancha kattaroq, chunki ulardagi ma‟lumot yoziladigan maxsus joy “pit”lar 
o‟lchamlari kichkinaroq va zichroq joylashgan. Natijada DVD diskning hajmi 
kamida 4.7 Gb tashkil etadi. 
O‟lchamlari 
CD-ROM 
DVD-ROM 
Diametr 
120 mm 
120 mm 
Kengligi 
1,2 mm 
1,2 mm(0,6 mmqatlam) 
Oraliqmasofasi 
1,6 mkm 
0,74 mkm 
To‟lqinuzunligi 
780 nminfraqizil 
640 nmqizil 
Hajmi 
700 Mb 
4,7 Gb 
Qatlamlarsoni 

1, 2, 4 
DVD disklarningh ajmi ularning turiga bog‟liq bo‟ladi:
Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk 
4,7 Gb 
Bir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk 
8,5 Gb 
Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk 9,4 Gb 
Ikki tomonlama har tomonida ikki tadanqatlamga ega DVD 
disk 
17 Gb 
DVD disklariga ma‟lumot yozish uchun maxsus disklar (DVD-
R, DVDQR, DVDQRW, DVD-RW, DVD DL) va DVD Writer 
qurilmasidan foydalanish kerak bo‟ladi.
O‟zbekiston bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi 
firmalar mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, 
Benq, Nec, Pioneer, BTC, Teac, Liteon, Toshiba va xokazo.
Flesh-xotira bilan ishlash: ma‟lumot yozish, ochish, 
ko‟chirish, o‟chirish 
Oxirgi yillarda oddiy disketa va kompakt disklar o‟rniga 
ma‟lumot saqlash va ko‟chirish uchun yangi vosita – 
Flash xotiradan keng foydalanilib kelmoqda (1.24-rasm). Uning dastlabki hajmi 8 
yoki 16 Mb ni tashkil etgan bo‟lsa, hozirgi paytda 128 Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1 Gb, 
2 Gb, 4 Gb, 8 Gb, 16 Gbva 32 Gb hajmga ega bo‟lgan turlari ishlab chiqarilmoqda.
Flash-xotira bu energiya talab qilmaydigan, qayta yoziladigan yarim o‟tkazgichli 
xotira. Flash-xotira quyidagi afzalliklarga ega:
Energiya manbaiga bog‟langan emas – ma‟lumotni saqlash uchun energiyat alab 
qilmaydi (faqat o‟qish yoki yozishda ishlatiladi); 
Qayta yozish – ma‟lumotlarni o‟chirib, qayta yozish mumkin; 
Yarim o‟tkazgich – mexanik harakatlanuvchi qismlari yo‟q, integral mikrosxema 
asosida qurilgan. 
1.24.-Флешка 


HDD, CD, DVD-larga nisbatan ishlayotgan paytida 10-20 marta kam 
elektrenergiya iste‟mol qiladi; 
Olib yurish uchun juda qulay; 
Hajmi etarli darajada katta. 
Flash-xotiradan foydalanish uchun kompyuterda USB porti mavjud bo‟lishi kerak. 
Bundan tashqari USB bog‟lamiga ulangan qurilmalarni to‟g‟ri aniqlaydigan 
operatsion sistema ham bo‟lishikerak: Windows ME, Windows 2000, Windows 
XP, Windows 7, Windows 8 
Flash-xotirani ochish uchun quyidagilarni bajaring: 
Sistema blokining orqasida bo‟sh USB portini toping va unga Flash-xotirani 
kiriting. 
Natijada Flash-xotira korpusida mavjud indikator yonadi va operatsion sistema uni 
aniqlashni boshlaydi. 
Agar Flash-xotiraga ma‟lumot yozilgan bo‟lsa xuddi CDG‟DVD disklarni 
ochgandek, operatsion sistema uning mazmunini aniqlashga kirishadi.
Fleshka qurilmasini o‟rnatish bo‟yicha muloqot oynasi 
Agar Flash-xotira ishlash tezligi USB 2.0 standartida bo‟lib, u USB 1.1 
standartidagi portga ulangan bo‟lsa, Windows operatsion sistemasi tegishli 
ma‟lumotni chiqaradi: 
Fleshka bilan ishlashga tayyorligi xaqida xabar 
USB 1.1 standarti ma‟lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini ta‟minlaydi, USB 
2.0 da esa bu ko‟rsatkich 480 Mbit/sek teng bo‟ladi, ya‟ni 40 baravar katta. 
Flash-xotiradan kompyuterga ma‟lumot yozish uchun: 
Kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o‟ng tugmasini bosish kerak; 


Hosil bo‟lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa olish) buyrug‟ini tanlash 
kerak; 
ma‟lumot yozilishi kerak bo‟lgan katalog yoki diskni ochib, sichqonning o‟ng 
tugmasini bosish kerak; 
hosil bo‟lgan kontekst menyudan Vstavit 
(Joylash) buyrug‟ini tanlash lozim. 
Kompyuterdan Flash-xotiraga ma‟lumot yozish 
uchun: 
Kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning 
o‟ng tugmasini bosish kerak; 
hosil bo‟lgan kontekst menyudan Otpravit 
(Jo‟natish) buyrug‟ini tanlash kerak; 
Menyudan Съемный диск (Ajraladigan disk)ni tanlash kerak; 
Natijada ko‟rsatilgan ma‟lumot Flash-xotiraga yoziladi. 
Flash-xotiradan foydalanish davomida unga USB bog‟lami orqali 5 Volt elektr 
energiya uzatiladi. Uni ishlayotganligi yoki ishlamayotganligini undagi indikator 
bo‟yicha tekshirish mumkin bo‟ladi. Agarda chiroq (indikator) yongan bo‟lsa, 
demak Flash-xotira ishlayapti. Agarda Flash-xotiraga elektr ta‟minot 
uzatilayotganida uni USb portidan chiqarsak, u ishdan chiqish iehtimoli mavjud. 
Flash-xotirani kompyuterdan bexavotir ajratib olish uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 
Windowsish stolining o‟ng pastki qismida
indikatorga sichqon ko‟rsatkichini olib kelib, chap 
tugmani qo‟sh cherting. 
Natijada qurilmani xavfsiz chiqarish muloqoto ynasi 
hosil bo‟ladi: 
Mazkur oynada Ostanovit (Ajratish) tugmasini bosib, 
yangi oynada qurilmani ko‟rsatib, OK tugmasini 
bosish kerak.
. Компютердан флешкага маълумот ѐзиш


Bundan keyin Windows operatsion sistemasi tegishli ma‟lumot beradi: 
Buning natijasida Flash-xotiraga uzatilayotgan elektrenergiya o‟chiriladi va uni 
xavfsiz USB portidan chiqarish mumkin.
Flash-xotira qurilmalarini bir nechta firmalar ishlab chiqaradilar. Ulardan keng 
tarqalganlari: Kingston, PQI, LG, GenX, SanDisk, TwinMos va boshqalar. 
 
Kompyuter xotirasida dasturlar va qayta ishlanayotgan ma‟lumotlar saqlanadi. 
Xotiraning xar xil turlari va qurilmalari mavjud bo‟lib, ularning asosiy 
xarakteristikasi axborot sig‟imi va tez ishlashidir. SHaxsiy kompyuterninig xamma 
xotiralari tashkil qilinishi xususiyatlariga va ishlatilishiga ko‟ra ichki va tashqi 
turlarga bo‟linadi.
Ichki xotiralar. Kompyuterni o‟chirilsa, bunday xotiralardagi ma‟lumotlar 
xam (doimiy xotiradagidan tashqari) o‟chib ketadi. 
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‟lib, protsessor undan 
amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani 
yana unda saqlaydi. SHuni alohida tahkidlash lozimki, kompyuter o‟chirilsa, 
tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo‟q bo‟lib ketadi. SHuning 
uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.
Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan 
doimiy xotira (BIOS – Basis Input – Output System – kiritish chiqarishning asosiy 
tizimi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o‟qish mumkin. SHuning uchun ham u 
ROM (Read Only Memory – faqat o‟qish uchun) deb ataladi. IBM PC 
kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, amaliyot 
tizimini boshlang‟ich yuklanishini tahminlash, qurilmalarga xizmat ko‟rsatishning 
asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun 
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo‟lib, uning 
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez 
bajariladi. SHuning uchun kompyuter xotirasining ko‟proq ishlatiladigan qismi 
nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, 
avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh 
xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo‟lgani uchun kesh 
xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo‟ladi. Pentium 2, 3 kompyuterlarda kesh 
xotira hajmi 512 Kb ni tashkil qiladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma‟lumotlarni 
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. SHuni aytish lozimki, 
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko‟p joy egallaydi. SHuning 
uchun video xotira hajmi qancha katta bo‟lsa, shuncha yaxshi albatta. 
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo‟lmagani yaxshi.


Tashqi xotiralar. Kompyuter o‟chiq yoki yoqiq xolatida xam bunday 
xotiralardagi ma‟lumotlar saqlanib qoladi va uni yana ishlatish mumkin. 
Egiluvchan disklar. Ularning diametri 3.5 dyum (89 mm) bo‟lib, hajmi 1,44 
Kbgacha ma‟lumotni saqlashga mo‟ljallangan magnit qobiqli diskdan iborat. 
Bunday diskdan ma‟lumotni o‟qish va unga ma‟lumotlarni yozish tezligi juda 
kichik. 
qattiq disklar. qattiq disklar ma‟lumotlarni uzoq vaqt saqlashga 
mo‟ljallangan disklardir. Ular ikki tarafi magnit qobig‟i bilan qoplangan 1 tadan 5 
tagacha aylana metal plastinalardan iborat bo‟lib, umumiy o‟qda katta tezlikda 
to‟xtovsiz aylanib turadi. Bunday disklarni mexanik buzilishini oldini olish 
maqsadida maxsus metal korpus bilan himoyalab qo‟yiladi. Ularning hajmi xozirda 
300 Gbgachani tashkil qiladi. 
Lazerli (kompakt) disk. Keyingi paytda bu qurilma juda 
muhim rol o‟ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 - 700 
Mbayt hajmdagi ma‟lumotni sig‟ishi bo‟lsa, ikkinchi 
tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida ehtiborga 
loyiq. Uning CD ROM, CD R va CD RW ko‟rinishdagilari 
mavjud bo‟lib, birinchisiga zavodda maxsus usul bilan 
yoziladi va faqat o‟qish uchun mo‟ljallangan, ikkinchisi 
ma‟lumotlarni faqat bir marta yozishga mo‟ljallangan va
oxirgisi ma‟lumotlarni ko‟p marta yozish uchun keng qo‟llanilmoqda. Bunday 
disklarning ikki tarafiga xam yoziladiganlari xozirgi kunda keng qo‟llanilayapti. 
DVD disklar. Bu nomdagi disklar raqamli ko‟pmaqsadli audio-video 
ma‟lumotlarni saqlashga mo‟ljallangan bo‟lib, ularning ma‟lumot sig‟imi 4.7 
Gbdir. Ularning xam faqat bir marta va ko‟p marta yoziladigan ko‟rinishlari 
mavjud. Bunday disklarning xam ikki tarafiga yoziladiganlari bor. 
Flesh-xotira. Bunday xotira qurilmasi mikrosxemelardan iborat bo‟lib 
kompyuterning USB portiga ulanadi. Unlarning 2, 4, 8, 16, 32 Gb va undan katta 
hajmlilari xam mavjud. Ularga ma‟lumotlarni katta tezlikda yozib olish va saqlash 
imkoni bor.
Disk 
yurituvchilar 
(Diskovodi). 
Bu 
qurilmalarning 
ayrimlari 
tashqi 
xotiralarga 
ma‟lumotlarni yozish va o‟qish, ayrimlari esa faqat 
ulardan ma‟lumotlarni o‟qish uchun xizmat qiladi. 
Egiluvchan 3.5 dyumli disklarga ma‟lumotlarni 
xam yozish xam o‟qish uchun xizmat qiladigan disk 
yurituvchilar nisbatan arzon narxda bo‟lgani uchun, 
ularni barcha shaxsiy kompyuterlarga o‟rnatilgan 
bo‟ladi.
qattiq disklar kompyuterni ishlashi uchun kerak bo‟ladigan xizmatchi 
dasturlarni va foydalanuvchining ma‟lumotlarini uzoq muddat saqlashga 
mo‟ljallangan. Ularning xajmi juda katta bo‟lgani uchun undagi ma‟lumotlarni 
qidirib topish yoki ma‟lumotlarni saqlash uchun bo‟sh joy tanlash birmuncha vaqt 
talab qiladi. SHuning uchun bunday diskning xar bir qavtida shu diskni xar ikkala 
tarafini o‟qiydigan golovkalar o‟rnatilgan. Diskni esa odatda mantiqiy ravishda 


ikki yoki undan ko‟p bo‟laklarga bo‟lib xar birini aloxida disk deb ehlon qilishadi. 
SHuning hisobiga diskda ma‟lumot bilan ishlashda katta tezlikka erishiladi. 
Lazerli disklarga odatda zavodda yuqori aniqlikdagi lazer yordamida 
ma‟lumotlar yoziladi va keyinchalik bu ma‟lumotlarni faqat CD ROM qurilmasi 
yordamida o‟qiladi. Xozirgi kunda CD Writer va DVD RW qurilmalari xam bor 
bo‟lib, ular yordamida lazer disklarga kompyuterning o‟zida ma‟lumot yozish va 
o‟qish mumkin. 
Drayverlar. Bu shunday dasturki, u mahlum qurilmalarni amaliyot tizimi 
bilan birga ishlashini tahminlaydi. Agar tizimga biror qurilma ulangan bo‟lsayu 
unga mos drayver o‟rnatilmagan va sozlanmagan bo‟lsa, u xolda Windows bunday 
qurilmani tanimaydi. Masalan: klaviatura, monitor, disk, printer va boshqa 
qurilmalar drayverlari bor. 
Shina.
Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni 
ayirboshlovchi magistral yo‟l deb ataluvchi shinalar orqali bog‟langan bo‟ladi. 
SHunday qilib, oddiy so‟z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog‟lovchi 
maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo‟lishi mumkin. 
Kompyuterlarning elektron tuzilmasi elektron plata deb ataluvchi modullardan 
iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo‟lishi kompyuterlar tahmirlanishini oson 
bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig‟ish va o‟zgartirish imkoniyatini 
beradi. 

Download 1,17 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti

Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish