Ctrk (Control - boshqarish) - boshqa klavish bilan birga bosilganda, o‟sha
klavishning vazifasi o‟zgaradi.
Alt (Alternative - o‟zgartiruvchi) - bu klavish ham boshqa klavishlar bilan
birga bosilganda, o‟sha klavishning ish vazifasini o‟zgartiradi.
Print Screen (ekrandagini chop etish) - ushbu klavish ekranda bo‟lgan
ma‟lumotni printerga chiqarib beradi yoki bufer xotiraga joylaydi.
Pause (vaqtinchalik to‟xtash) - ushbu klavish bosilganda kompyuter o‟z
ishini vaqtincha to‟xtatadi.
TAB (tabulyatsiya) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar
haqida ketganda, kursorni o‟ng tomonga, navbatdagi maxsus ko‟rsatilgan
(belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki,
uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan
pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda,
kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.
Caps Lock (katta yoki kichik harflarga o‟tish klavishi) - yuqori registrga
o‟tish imkonini yaratib beradi. haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish
klavishlariga o‟z tahsirini ko‟rsatadi, katta harflar kiritish imkonini yaratib beradi.
Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish
maqsadida klaviaturaning o‟ng burchagida yonib turadigan indikatorlar
joylashgan. Bu indikatorlar holatni ko‟p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar
bilan bog‟langan. SHularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli.
Scroll Lock (surishni saqlaydi) - bu klavish yordamida kursorni harakatga
keltirmoqchi bo‟lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o‟z holatini
mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi.
ESC (bekor qilish) – bu klavisha ayrim buyruqlarni bekor qilish uchun
ishlatiladi.
3.4 Tashqi qurilmalar
Bundan tashqari xar bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi
vositalarni xam ulash imkoni mavjud bo‟lib ulardan ayrimlari bilan tanishib
chiqamiz.