informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir
sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Misol sifatida AQSH energetika
vazirligining Sandia laboratoriyasida o‟rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red
kompyuterini keltirish mumkin. Xususan, bu kompyuter
yadro sinovlarini va
eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‟llaniladi.
Katta kompyuterlar (Manframe Computer) - fan va texnikaning turli
sohalariga oid masalalarni yechishga mo‟ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi
va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‟ona past. Bularga
misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES
/
9000,
Frantsiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi
jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog‟ona pastdir. Shuni aytish joizki,
ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik
joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar
turkumiga ilk bor
yaratilgan „D‟-11 (programm Driver processor - dasturiy boshqaruv protsessori)
turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX,
SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, hewlett packard firmasining hP 9000 va
boshqalar minikompyuterga misol bo‟la oladi. Shuni aytish joizki,
minikompyuterlar o‟zlarining «katta og‟alari» Manframe kompyuterlarni
imkoniyatlari darajasiga ko‟tarilib bormoqda.
2.1- Mini kompyuter 2.2- Portativ kompyuter 2.3- Shaxsiy kompyuter
2.4- Server kompyuter 2.5- Super kompyuter
Shaxsiy kompyuterlar
hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o‟quv yurtlarida
keng tarqalgan bo‟lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
Bugungi kunda pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng
tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda.
Bular IBM, Compaq, hewlett-packard,
packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens
Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. shuni aytish joizki,
yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename)
- «Oq yasalgan», Janubiy-sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland,
Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar
litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar «Sariq yasalgan» nomga ega.
Firma nomlari ko‟rsatilmagan kompyuterlar esa «nomsiz kompyuterlar» (noname)
deb yuritiladi.
Notebook
kompyuterlar(yozuv kitobchasi).
Notebook
kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‟lib, ammo bajaradigan
amallar soni, xotira hajmi shaxsiy
kompyuterlar darajasiga
ko‟tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham
elektr energiyasidan va ichiga o‟rnatilgan batareyalarda ham
uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o‟zi zaryad ola boshlaydi va
u batareya bir necha yillarga mo‟ljallangan bo‟ladi. Hozirda bunday notebook larni
IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki,
bunday kompyuterlar o‟z imkoniyatlari nuqtai nazaridan
shaxsiy kompyuterlarga
tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo‟lishini sezish qiyin emas.
Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan
ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan amaliyot
tizimlar MS DOS, qobiq dasturlar, Windows ning oxirgi
laxjalarida va boshqa
amaliyot tizimlar boshqaruvida ishlaydi.