Ma’ruza 1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning
qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy
ta’minoti.
Reja:
1. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi.
2. Jamiyatni axborotlashtirish va il g‟or axborot texnologiyasini joriy etish
zaruriyati
3. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta‟minoti.
Kalit so’zlar:
axborot, jamiyatni axborotlashtirish, axborot o’lchovi.
1. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi
Axborot - so‟zi lotincha «informatio» so‟zidan kelib chiqgan bo‟lib
tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma‟noni anglatadi.
Axborotning o‟zini esa biror ob‟yekt, atrof muxitni ma‟lum bo‟lagi yoki
ma‟lum jarayon xaqidagi, aniqmaslik darajasini kamaytiradigan belgilar, belgilar
(parametrlar), tafsilotlar yo‟riqlar va h.k. majmuasi deyish mumkin.
O‟z navbatida xabar axborotni tasvirlash formasi bo‟lib, u nutq, matn, tasvir,
grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k. ko‟rinishida ifodalanadi.
Umuman, zamonaviy mazmunda olganda - axborot bu odamlar orasidagi,
odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma‟lumot almashinuvi
bo‟lib, keng ma‟nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika va AT - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo‟lib, u axborotni
hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir
qatorda tadbiq muhiti bilan o‟zaro bog‟liq bo‟lgan jarayonlarning aloqadorliklarini
o‟z ichiga oladigan, ko‟nikma va vositalar tizimidir.
Informatika va AT atamasi 60 yillar oxirida Frantsiyada vujudga keldi. U
axborot (informatique) va avtomatika (automatique) so‟zlarini birlashtirishdan
hosil bo‟lib, «Ma‟lumotni avtomatik qayta ishlash» degan ma‟noni bildiradi. Ingliz
tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani
|