2. Jamiyatni axborotlashtirish va il g’or axborot texnologiyasini joriy etish
zaruriyati
O‟zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv
yo‟lga o‟tkazishni, resurslarning barcha turlaridan
oqilona foydalanishni, ishlab
chiqarishga tobora takomillashgan mexnat qurollarini
joriy etishni juda xam
muxim vazifa qilib qo‟ymoqda.
Korxonalarni texnik jixatdan qayta qurollantirish,
kam chiqitli va chiqitsiz
texnologiyalardan, ilg‟or konstruksiyali materiallardan foydalanish dasturlarini
amalga oshirish asosidagina mehnat unumdorligini o‟stirish,
maxsulot sifatini
yaxshilash, axolining xarid talabini qondirish,
ilm - fan ishlab chiqarish
tarmoqlarni, ayniqsa, elektronika, asbobsozlik, hisoblash texnikasi, aloqa vositalari
ishlab chiqarishlarini rivojlantirish vazifasi kelib chiqadi.
Bularning xammasi
axborotlashtirish
ning ulkan
imkoniyatlaridan samarali
foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o‟tish davridagi jarayonlariga ta‟sirini
kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirmoqda.
Iqtisodiy
axborot
- bu ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan
sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi va
ularni boshqarish uchun xizmat qiluvchi ma‟lumotlar to‟plamidir.
Axborotlashtirish
zamonaviy
dunyo
taraqqiyotining
eng
muxim
yo‟nalishlaridan
biri hisoblanib, jaxon fan texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot yutuqlarini o‟zida mujassamlashtirgandir.
Axborotlar texnologiyasi
iqtisodiy masalalarni xal qilishda quyidagi asosiy
jarayonni o‟z ichiga oladi:
1.
Axborotni yig‟ish va ro‟yxatdan o‟tkazish.
2.
Axborotlarni uzatish.
3.
Ma‟lumotlarni kodlashtirish.
4.
Ma‟lumotlarni saqlash va yig‟ish.
5.
Axborotlarni izlash.
6.
Axborotni qayta ishlash, chop etish va axborotdan foydalanish.
Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muxim xususiyati ko‟p
jixatdan