Bilvosita usulida mashinalarning texnik holatini ifodalovchi tarkibiy
parametrlarni ulchash uchun datchiklar, diagnostik asbob agregatlarning tashki
qismiga, ularni echmasdan- qismlarga bo‘lmasdan o‘rnatiladi. Bu usul
mashinaning texnik holatini ko‘rsatuvchi fizik parametrlarni bevosita o‘lchashga
asoslangan. Masalan, bosim, bosimning o‘zgarishi, xarorat
va uning ishchi qismda
o‘zgarishini, gaz sarfi, yoqilg‘i va moylash materiallari sarfi, mashinani tashkil
etuvchi qismlaridagi tebranishlar, dvigatel quvvatning oshishi natijasida vujudga
keladigan tezlanish qiymati va b. Bu tizimlarni nazorat qilish undagi mexanik
miqdorlar o‘zgarishini elektron diagnostik asbob va qurilmalar yordamida elektr
o‘zgarishiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan mashinaning
diagnostik parametrlarini aniqlaydigan bir nechta usullarni ko‘rib chiqamiz.
Bosimni ulchash. Bosim miqdori R, bosimning oshishi dp/dt, bosimning
kamayishi AR agregatning yoki tizimning texnik holagi fa va uning funksional
vazifalarining talab darajasida bajarilishiga o‘z ta’sirlarini o‘tkazadi.
Nazarot savollar: 1.Detal, mexanizm va mashinalarning texnik holatini tashxislash usullarini
aytib bering.
2.Tashxis qo‘yishning bevosita parametrlarini aniq bir mexanizm misolida
tushuntirib bering.
3.Diagnostikalash va texnik xizmat ko‘rsatish uskunalarini rivojlantirish
yo‘llari aytib bering.
4.Qishloq xo‘jalik texnikasi texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish istiqbollari
aytib bering.