248
- texnik foydalanish va servisning sifatini boshqarish tizimini
rivojlantirish, xalqaro sifat standartlarini qo‘llash;
- mashina traktor parklari xodimlari malakasini oshirish, ishlab
chiqarishni tashkil etish va sifatni boshqarishning ahamiyatini kuchaytirish.
1 Diagnostikalash va texnik xizmat ko‘rsatish uskunalarini rivojlantirish
yo‘llari
2 Qishloq xo‘jalik texnikasi texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish
istiqbollari
Diagnostika-tashxis qo‘yish usuli ikki guruhga: kishi sezgi organlari orqali
sub’ektiv va ob’ektiv-ulchov asboblari yordamida amalga oshiriladiganlarga
bo‘linadi. Tashxis parametrlarini ulchash turiga qarab tug‘ridan- tug‘ri va
yordamchi parametrlar orqali amalga oshiriladigan bo‘ladi.