240
Yuqori tezlik va jadallik bilan ta’riflanadigan harakatniing zamonaviy
sharoitlarida, inson avtomobilni o‘zining ruhiy-jismoniy qobiliyati bilan
boshqaradi. Shuning uchun hozirgi vaqtda harakatni boshqarishning elektron
vositalari rivojlanmoqda.
Oxirgi 25 yil ichida engil avtomobil o‘rtacha 10%ga kichraydi, 20%ga
engillashdi va 4 marta xavfsiz bo‘lib qoldi. Turli xil yangi tizimlar va
tarkibiy qismlarni (komponentlarni) qo‘llash avtomobillarni yana ham
mustahkamroq, qulayroq, tejamliroq, komfortabeli qildi. Intellektual tarkibiy
qismlarni, to‘rlar va tizimlarni bundan keyingi rivojlanishi komfort va
xavfsizlikni va tejamkorlilikni yana ham salmoqli taraqqiyotiga va
yuksalishiga olib keladi. Hozirda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muhim
xususiyatlardan biri, bu, iste’mol xossalarining majmuidir.
Mustahkamlik, tayinlangan ko‘rsatkichlarga moslik, texnologiya boplik,
seriyalab chiqariladigan buyumlarni birhillashtirish ko‘rsatkichlaridan
boshqa, «komfortabellik», «estetika», «e’tiborlilik», «boshqarish qulayligi»,
«ergonomik takomillik» kabi ko‘rsatkichlar belgilovchi bo‘lib qolmoqda.