230
- mashinaga buzilgan joyida texnik yordam ko‘rsatish;
- mashinalarga doimiy saqlash joylarida TX ko‘rsatish va ta’mirlash;
- mashinadagi ta’mirlash ishlarining hajmi va narxini aniqlash;
- mashinalarga
TX
ko‘rsatish,
ta’mirlash, saqlash va ishlatish
masalalariga oid maslahatlar o‘tkazish va h.k.
Shaharlardagi mashinalar doimiy saqlanadigan yirik ochiq maydonlarda,
yopiq garaj - qurilish kooperativlarida mashinalarga TX ko‘rsatish va
ta’mirlash postlari tashkil etiladi. Xizmat ko‘rsatishning bu shakli
avtoservisni o‘z mijozlariga yaqinlashtiradi. Bunday xizmatni amalga
oshirish uchun avtoservis birlashmalarining garaj
jamoalari bilan maxsus
shartnomalar tuzishi talab etiladi. Shartnomaga asosan garaj tashkilotlari o‘z
fondidan maydonlar yoki xonalar ajratadi, servis korxonalari esa bu
maydonlarni zarur jihozlar, anjom-uskunalar bilan jihozlaydi, kerakli
mutaxassis - ishchilar, ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlaydi va bu
joylarni o‘z ishlab chiqarishining filiallariga aylantiradi.
Jahon avtoservis tajribasidan ma’lumki, yirik garaj komplekslarida tashkil
etilgan TX ko‘rsatish va ta’mirlash
postlari, servis korxonalari filiallari
xizmatidan mijozlar doimiy foydalanadilar, ular har doim o‘zaro muloqotda
bo‘lganliklari uchun bir-birlariga nisbatan ishonch ruhi va ishlarni puxta va
sifatli bajarish omillari paydo bo‘lgan.
Nosoz va shikastlangan engil mashinalarni tashish uchun maxsus
gidroko‘targichlar va tortgich-lebedkali mexanizmlar bilan jihozlangan
kuzovli o‘zi yuklovchi kichik yuk mashinalari (MAN rusumiga o‘xshash)
evakuatorlar qo‘llaniladi. Evakuatorlardan engil
mashinalar kuzovlarini
markaziy omborlardan avtoservis korxonalariga tashishda ham foydalanish
mumkin. Odatda yirik ATXK stansiyalarida ko‘chma ustaxonalar tashkil
etiladi. Ko‘chma ustaxona furgon kuzovli yuk mashinai (masalan, MAN yoki
ZIL rusumiga o‘xshash) bo‘lib, uning kuzoviga ba’zi TXK va ta’mirlash
jihozlari o‘rnatiladi. Shuningdek, ustaxona to‘la butlikdagi avtochilangarlik
231
asboblari, eng zarur ehtiyot qismlar va materiallar, shatak trosi va h.k.
bilan
ta’minlanadi.
Ko‘chma ustaxonalar maxsus standartlar va buyurtmalar asosida
zavodlarda tayyorlanib jihozlanadi va u ma’lum hajmdagi TXK va ta’mirlash
ishlarini mustaqil (avtonom) ravishda bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Masalan, g‘ildiraklarni chiqarish, qismlarga ajratish-yig‘ish, damlash va
o‘z o‘rniga qo‘yish, kameralarni yamash, motorni ta’minlash, elektr va
elektron priborlari holatini tekshirish va sozlash,
ayrim agregat va uzellarni
qismlarga ajratish va yig‘ish, oddiy payvandlash, kavsharlash va chilangarlik
kabi ishlar bajariladi. Ko‘chma ustaxona ekipaji haydovchi bilan 2…3
kishidan iborat bo‘ladi, odatda ular yuqori malakali mustaqil ishlaydigan
mutaxassilar hisoblanadi. Ko‘chma ustaxonalar mijozlarning telefon orqali
buyurtmalariga ko‘ra mashinalarga buzilgan joylarida, saqlash maydonlari va
garajlarda va shuningdek, maxsus shartnomalar asosida aholi vaqtincha
to‘planadigan dam olish mintaqalari, oromgohlarda xizmat ko‘rsatadi. Buning
uchun ko‘chma ustaxona o‘z korxonasi va mijozlar bilan ikki tomonlama
mobil telefon aloqasi bo‘lishi ta’minlanadi. Shuni ta’kidlash zarurki,
korxonadan tashqarida faqat ko‘chma stansiya imkoniyatlari darajasida
belgilangan ishlargina bajariladi va bunda mehnat xavfsizligini ta’minlashga
alohida e’tibor beriladi.
Avtoservis korxonalari chetda bajaradigan
xizmatlaridan yana biri -
mijozlar mashinalarida bajariladigan ta’mirlashning ko‘lami, ishlari hajmi va
narxini aniqlab berishdir. Bunday talablar asosan mashina falo katga uchrab
shikastlanganda sug‘urta tashkilotlari yoki sud orqali javobgardan etkazilgan
zarar narxini undirish maqsadida tushadi. Shuningdek, mashinani ko‘rikdan
o‘tkazish va uni baholash talablari meros masalalarini hal qilishda, mulkni
bo‘lish, mashinani sotishda ham paydo bo‘lishi mumkin. Maxsus
litsenziyaga ega bo‘lgan avtoservis mutaxassislari
mijozlarning bunday
ehtiyojlarini korxonada yoki mashina saqlash joylariga borib hal qiladilar.
Shuni ta’kidlash zarurki, bu kabi xizmatlar yirik ATXK stansiyalar va
232
avtomarkazlarda tashkil etiladi. Korxonada bunday mutaxassislar maslahat -
ekspertiza bo‘limini tashkil etishadi va ta’mirlash ishlarini narhlash va
mashinani texnik holatiga qarab baholash xulosalarini tayyorlashadi,
shuningdek, mijozlarga mashinalardan to‘g‘ri foydalanish, ularning texnik
ekspluatatsiyasi masalalari bo‘yicha maslahatlar berishlari ham mumkin.