233
quvvatiga,
ya’ni
xalq
xo‘jaligining
turli
tarmoqlarini
samarali
harakatlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun transport
omilini hisobga olish jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va
joylashtirishda, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini istiqbolli masalalarini hal qilishda,
ijtimoi taraqqiyot va ilmiy-texnik taraqqiyot dasturlarini yaratishda zarur
sharoitlardandir.
Yuk va yo‘lovchilar tashuvchi transport iqtisodiyotning
qon tomirlari
tizimidir.
Transport
va
transport
kommunikatsiyalari
O‘zbekiston
Respublikasi xalq xo‘jaligi majmuasining (kompleksining) ajralmas tarkibiy
qismi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar, mamlakatlar va qit’alar
orasida bog‘lovchi qism bo‘lib, muhim iqtisodiy,
ijtimoiy va strategik
vazifalarni bajaradi. Ular mamlakatlar va hududlar orasida, ichki va tashqi
bozorda yuzaga kelgan yangi omillar va yo‘nalishlarni
hisobga olib, yuqori
darajada transport ta’minotini amalga oshiradilar. Iqtisodiy aloqalarning jadal
rivojlanishi shunga mos holda yuk tashishni rivojlanishini taqozo etadi.
Yo‘lovchilarni tashish jamiyat uchun zaruriydir,
ijtimoiy ahamiyatga ega,
odamlar erkin ravishda joyini o‘zgartirishiga imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston
avtotransporti
taraqqiyotining
tarixi
davomida,
avtomobilchilar iqtisodiyot va aholining yuk tashishga bo‘lgan talabini,
avtotransportning
mumkin
bo‘lgan
imkoniyatlari
va
afzalliklaridan
foydalanib ta’minlab kelganlar. O‘zbekiston avtoyuk tashuvchilari, an’anaviy
ravishda, o‘zlari ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati bilan respublika tashqarisida
ham ma’lumdirlar.
Tijorat yuklarini tashishda 164 mingdan ko‘proq yuk avtomobillaridan
foydalaniladi.
Hozirda
avtomobil
transporti
respublikaning
85,0%dan
ko‘proq
miqdordagi
yuklarini tashiydi, umumiy yuk aylanmasida uning ulushi 22,5%
tashkil etadi.
234
2006 yili avtomobil transporti bilan 697 mln. t. yuk tashilgan, bu esa 2005
yildagidan 9,2% ko‘p. YUk aylanmasi huddi shunday solishtirilganda
20,8%ga oshdi va 16,7 mlrd. t/km bo‘ldi.
Kichik biznes sub’ektlari avtomobil transporti yuk aylanmasi 2006 yili
respublika
umumiy
yuk
aylanmasining
63,3%,
yo‘lovchi
tashish
aylanmasining esa 67,4%ni tashkil etdi.
2006 yili yo‘lovchilar tashishning asosiy ulushi avtomobil transportiga
to‘g‘ri keldi –– 96,7% yoki 4270,7 mln. kishi, yo‘lovchi tashish aylanmasida
esa –– 85%, yoki 44,2 mlrd. pass/km.