16.2. Respublikada zamonaviy avtomobil yo‘llar tarmog‘ini
rivojlantirish
Kommunikatsiyalarning
mamlakat
hayotidagi
muhim
ahamiyatini
e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov bir necha
bor O‘zbekiston uchun kommunikatsiyalar muhim ahamiyatga egaligini
ko‘rsatib o‘tgandi. Uning ta’kidlashicha: «Transport tarmoqlari va
kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalasi, O‘zbekistonning geografik
joylashishining xususiyatlariga binoan, bandargohlarga va yirik transport
uzellariga chiqishni yo‘qligi, ustivor, strategik, hayotiy ahamiyat kasb etadi.
Kommunikatsiyalar
tizimini
rivojlantirmasdan
O‘zbekiston
kelajagi
bo‘lmaydi va buni biz aniq tushunib etishimiz kerak».
Hozirgi sharoitda xalq xo‘jaligining ko‘pchilik yirik sub’ektlarini va
mamalakat har bir hududining jo‘shqin va tinimsiz rivojlanishi yaxshi tashkil
etilgan avtomobil yo‘llari tarmog‘i bilan mahkam bog‘langan. Aynan
avtomobil yo‘llarga xos omillar, transportdan foydalanishni osonlashtirish va
yuk tashishni arzonlashtirish, borgan sari iqtisodiyotning rivojlanishini
belgilovchi omil bo‘lib qolmoqda.
Avtomobil yo‘llari O‘zbekiston xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan
biridir. O‘zbekiston o‘zining geopolitik holatiga ko‘ra juda katta yuk tashish
va hududidan yuklarni olib o‘tish (tranzit) imkoniyatlarga ega. Mamlakatning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz bandargohlarga chiqish imkoniyatlari yo‘qligi uning
235
transport tizimining o‘ziga xos xususiyatidir. Ana shu holatdan kelib chiqib,
O‘zbekiston transport infrastrukturasini hududiy transport tizimiga samarali
rivojlantirish, qo‘shni hududilar bilan va dengiz bandargohlari bilan
maqsadga muvofiq transport yo‘laklarini ochish masalalarini hal qilish –
mamlakatning rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratishning muhim
omillaridir.
Avtomobil yo‘llari tarmoqlarining holati, ularning umumiy uzunligi va
shakli-shamoyili (konfiguratsiyasi) xalq xo‘jaligining yuk va yo‘lovchilarni
tashishga bo‘lgan talabini umuman qondiradi. Respublika avtomobil yo‘llari
tarmoqlari rivojlanishining asosiy o‘lchamlari bo‘yincha MDH mamlakatlari
orasida, shuningdek Markaziy Osiyoda ham, peshqadam o‘rinlarda.
Haqiqatdan, hamma aholi punktlaridagi yo‘llar, hatto chet joydagilari ham,
qattiq qoplamaga ega.
Avtomobil yo‘llari tarmoqlarini 2005 yilda o‘tkazilgan invertizatsiyasi
shuni ko‘rsatdiki, Respublika 184896 km yo‘llarga ega, shundan 42530 km
umumiy foydalanish yo‘llari. Jumladan xalqaro ahamiyatga ega yo‘llar ––
3626 km, umumdavlat ahamiyatiga ega yo‘llar ––16909 km va mahalliy
(viloyat) ahamiyatiga ega yo‘llar –– 21995 km.
Yo‘l tarmoqlarining dasturiy tadbirlari yagona modernizatsiyalashgan
(yangilangan) avtoyo‘llar tarmoqlarini shakllantirishga va uni Evropa va
Osiyoning xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari tizimiga birlashtirishga
(integratsiyalashga) yo‘naltirilgan.
Avtomobil
yo‘llarini
modernizatsiyalashga,
yo‘l
qoplamalarini
kuchaytirishga va kengaytirishga, ko‘priklarni va ulardagi sun’iy inshootlarni
ta’mirlashga, suv uzatkich tizimini takomillashtirishga, me’yoriy talablarni
ta’minlash uchun ba’zi bir yo‘l bo‘laklarini (uchastkalarni) qayta qurishga,
yo‘l belgilarini hamda to‘siqlarni va yo‘lning boshqa kerakli injenerlik
uskunalarini o‘rnatishga alohida e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati xalq xo‘jaligini ko‘tarish, uni jahon
iqtisodiyotiga birlashtirish uchun ulkan ishlarni izchillik bilan amalga
236
oshirayapti. Bu yo‘nalishda, o‘z kommunikatsiyalarini rivojlantirishni
alohida e’tiborga olib, 1999 yil 19 avgusda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi «Evropa-Osiyo qit’alararo avtomagistralining O‘zbek
bo‘lagi Andijon-Toshkent-Nukus- Qo‘ng‘irot trassasini, qo‘shni davlatlarga
chiqish imkoniyatini hisobga olgan holda, Andijon-Toshkent-Nukus-
Qo‘ng‘irot tez yurar avtomagistrali qurilishini loihalashtirish haqida» qaror
qabul qildi.
Qarorda begilanishicha, loyiha echimlari jahon standartlari darajasida,
rivojlangan mamlakatlarda 10-20 yil istiqbolga ishlanayotgan va qabul
qilinayotgan texnik echimlarni hisobga olgan holda, bu avtomagistral O‘zbek
milliy tez yurar avtomagistrallar tizimini yaratish uchun asos b o‘lishini
hisobga olgan holda, qabul qilinishi kerak.
Xalqaro kelishuvlar va O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarni
amaliy ro‘yobga chiqarish maqsadida «O‘zavtoyo‘l» konserni katta
miqyosdagi ishlarni amalga oshirmoqda.
Murakkab baland tog‘li sharoitlarda avtotransport vositalari harakatini
to‘xtatmasdan,
Andijon-Toshkent-Nukus-
Qo‘ng‘irot
tez
yurar
avtomagistralining qismi bo‘lgan, Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Angren
va Xonobod shaharlari orasidagi bo‘lagi yangilangan (rekonstruksiyalangan).
Qisqa vaqt ichida Qamchiq va Rezak dovonlaridan o‘tadigan avtoyo‘l
tunneli qurildi va foydalanishga topshirildi va shu bilan Ulug‘ Ipak Yo‘li
tiklana boshladi.
Avtomagistral Qirg‘iziston Respublikasi chegarasida, O‘sh shahri
yaqinida (Andijon viloyatidagi O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston
Respublikasi davlat chegarasida) boshlanadi va Andijon, Namangan,
Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm
viloyatlari, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan o‘tadi. SHu bilan 10ta
viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhim
transport arteriyasi bilan o‘zaro bog‘laydi.
237
Avtomagistralning oxiri - O‘zbekiston Respublikasi doirasidagi Qirqqiz
turar joyi va u Benay shahriga (Qozog‘iston Respublikasi) boruvchi kollektor
yo‘lga tutashadi.
Trassa joylar relefining hamma turlari (spektri) bo‘yicha yo‘naltirilgan.
Trassa rejasini loyihalashtirishda, birinchi navbatda quyidagilarni ta’minlash
hisobga olingan:
- tranzit yuklarni Respublika hududida Evropa-Osiyo ko‘prigining
qismidek tashish;
- tezyurar arterial magistralda ichki yuk va yo‘lovchilar tashishni yirik
yuk yig‘ilish nuqtalariga shaxobcha yo‘llar chiqarib amalga oshirish;
- qisqa vaqt ichida, hozirda ishlab turgan aloqalarni saqlagan holda,
Respublika aholi yashaydigan joylar orasida uzluksiz, xavfsiz harakatni
ta’minlash.
Transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanishini ta’minlash uchun
aholi yashaydigan joylarni aylanib o‘tish ko‘zda tutilgan, yirik shaharlar
(Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, Olmaliq, Toshkent, Guliston,
Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy, Buxoro, Gazli, Qizilravot,
Urganch, Xiva, Nukus, Qo‘ng‘irot, Beynau) bilan aloqa esa shaxobcha
kollektor yo‘llar yordamida amalga oshiriladi. Avtomagistral trassasini
loyihalashtirishda sanoat komplekslarini, muhandislik kommunikatsiyalarini,
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan va sug‘oriladigan erlarni, qo‘riqxonalarni,
ko‘llarni, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan joylarni aylanib
o‘tishga, hamda irrigatsiya tizimi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik shartlariga
yuqori darajada e’tibor berilgan. Shuningdek mavjud avtomobil yo‘llaridan
foydalanish ham ko‘zda tutilgan.
Avtomagistralning asosiy trassasi 1492 kmni tashkil etadi, shaharlarga
olib boruvchi shaxobcha kollektor yo‘llar uzunligi esa 802 km.
Avtomagistralning asosiy trassasi olti harakat tasmasiga ega, shaxobcha
kollektor yo‘llar esa to‘rt tasmali.
238
Boshqa yo‘llar va muhandislik kommunikatsiyalari bilan yondoshuvlar va
kesilishuvlarni kamaytirish uchun qayta trassalash yoki mavjud inshootlarni
qayta qurish ko‘zda tutilgan.
Avtomobil yo‘llar bilan yondoshuv va kesilishuvlar turli sathlarda
loyihalashtirilgan. Avtomagistral va shaxobcha kollektor yo‘llar mahalliy
ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bilan, irrigatsiya tizimining
tekshirish yo‘llari bilan kesishganda transport echimlari o‘rnatmasdan turli
sathlardagi kesishmalar loyihalashtirilgan. Temir yo‘l bilan kesishmalar turli
sathlarda loyihalashtirilgan.
Tezkor avtomagistralda 850 ta ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich, estakada va
piyodalarning o‘tish joylari quriladi.
Loyihada, yuqori tezlikda harakat qiluvchi avtomobillarning xavfsizligini
ta’minlash maqsadida, zamonaviy texnik echimlar majmuasi ko‘zda tutilgan.
«Qo‘ng‘irot-Nukus-Toshkent-Andijon» avtomagistrali uch yuzdan ortiq
infrastruktura ob’ektlarini (yonilgi quyish va texnik xizmat ko‘rsatish
shaxobchalarini, kempinglarni, motellarni) o‘z ichiga oladi va bizning
mamlakatimiz Evroosiyo transport bozorida munosib qatnashchi b o‘lishiga
imkoniyat beradi. Bu magistralni yaratishda Osiyo rivojlanish banki, Evropa
qayta qurish va rivojlanish banki, Savdoni rivojlantirish agentligi (AQSH),
CHet ellar bilan iqtisodiy munosabat fondi (YAponiya) kabi xalqaro moliya
institutlari o‘z hissalarini qo‘shadilar.
|