15.2 Avtoservis korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Ishlab chiqarishni tashkil etishning texnologiyasi, ya’ni barcha ishlar
bajarilishining ketma-ketligi, tartibi ishlab chiqilar ekan, bu texnologiya
ratsional, maqsadga muvofiq bo‘lishi shart. Maqsadga muvofiq (ratsional)
texnologik jarayon esa quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- sodda va qulay bo‘lishi;
- hammabopligi va universalligi;
- ishlarni yakunlashga imkon berishi;
- xavfsizligi;
218
- mexanizatsiya, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish vositalarini
keng qo‘llashga imkon berishi.
Hammabop texnologiya deyilganda uning ko‘p marotaba, boshqa joylarda
ham qo‘llash imkoniyati mavjudligi tushuniladi, universalligi deyilganda
turli-modeldagi, tipdagi mashinalarga xizmat ko‘rsatishda ham shu
texnologiyani qo‘llash mumkinligi tushuniladi.
Texnologiyaning yakunlanganligi esa mashina har bir uchastkadan o‘tgan
paytda shu uchastkada mo‘ljallangan barcha ishlarning to‘la bajarilishi
zarurligini bildiradi.
Albatta ratsional, maqsadga muvofiq texnologiyada mehnat unumi va
sifati yuqori bo‘lishi zarur va shart. Avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi yirik
kompaniyalar, firmalar o‘zlarining avtomarkazlari, ATXKS lari va diler
stansiyalari uchun ishlab chiqarish jarayonlari tashkil etilishining turli
variantlarini ishlab chiqqanlar va qo‘llaganlar. Quyida keltirilgan chizma esa
shu variantlarining biridir.
ATXKS larida avtoservis xizmat turlarining eng muximlari mashinalarga
TX ko‘rsatish va ularni ta’mirlashdir. Xizmatning boshqa turlari tijoriy va
texnik ahamiyatga ega bo‘lsada, shu ikki xizmatga yo‘ldosh sifatida
bajariladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish
binosining maxsus jihozlangan ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi.
Mashinalarning o‘zida bajariladigan ishlar post ishlari deb ataladi va
maxsus postlarda bajariladi. Mashinalardan chiqarib olingan agregatlar,
asbob-priborlar, qismlar esa maxsus ustaxonalarga keltirilib ta’mirlanadi va
sozlanadi.
ATXK stansiyalarining ishlab chiqarishini tashkil etish texnologiyasi
yagona o‘zaro bog‘lanish mezoni asosida mashinani yuvish-yig‘ishtirish-
qabul qilish uchun ko‘rib chiqish va zarur bo‘lgan hollarda mashinani
diagnostika postidan o‘tkazib bajariladigan ishlar hajmini oldindan taxminiy
aniqlash va ularni bajarish shartlarini mijoz bilan kelishishdan boshlanadi.
219
Shuni aytish zarurki, qaysi va qanday ishlarni bajarilishni tanlash va buyurish
mijozning huquqidir. Bunda, albatta qabul qiluvchi mutaxassis servis xodimi
unga malakali tushuntirish yordamini ko‘rsatishi mumkin.
Mashinalarni qabul qilib olish maxsus hujjat «Avtoservis korxonalarida
mashinalarni xizmatga qabul qilish va egasiga topshirish qoidalari» asosida
amalga oshiriladi. Shu maqsad uchun korxonada maxsus jihozlangan post
(ko‘targichli yoki estakada) ajratiladi. Buyurtmachi mijoz mashinaning
texnik pasporti va o‘zining shaxsiy hujjatlarini ko‘rsatishi lozim. Agar
mashina boshqa kishiga yoki tashkilotga qarashli bo‘lsa, ishonchnoma
qog‘ozi bo‘lishi shart. Avariya natijasida shikastlanib qolgan mashinaning
texnik pasportida bu haqda davlat mashina inspeksiyasining belgisi yoki
maxsus ma’lumotnomasi bo‘lishi talab etiladi. Davlat standartlariga zid
ravishda qayta jihozlangan, ishlab chiqarilishi to‘xtatilganiga 15 yildan
oshgan mashinalar xizmatga qabul qilinmaydi.
Mijoz bilan qabul qiluvchi servis mutaxassisi barcha asosiy masalalar
(ishlar hajmi, bajarish muddati va xizmat narxi) bo‘yicha kelishilib, kerakli
hujjatlar to‘ldirilgandan so‘ng (texnik holat dalolatnomasi, buyurtma-naryad)
mashina TX ko‘rsatish yoki ta’mirlash uchastkasiga jo‘natiladi. Agar TXKga
qo‘shib ta’mirlash ishlari bajarish talab etilsa, oldin ta’mirlash, so‘ngra TXK
ishlari bajariladi. Barcha buyurtma-naryaddagi ishlar bajarilib bo‘lingandan
so‘ng mashina texnik nazoratdan o‘tkazilib, egasiga topshiriladi. Izoh
qilingan texnologik jarayonni quyidagi chizma shaklida keltirish mumkin.
Keltirilgan texnologik chizma umumiy bo‘lib, TXK va ta’mirlash ishlari
hajmi mijozning talabi va xohishiga qarab, o‘zgarishi, ko‘p variantli (8...10)
hollari bo‘lishi mumkin, masalan, TXK ni to‘la hajmda va ta’mirlash, TXKni
ayrim ishlari bilan ta’mirlash ishlarini bajarish va h.k.
Shuni ta’kidlash kerakki, hamma hollarda ham mashinani yuvish -tozalash,
qabul qilib ko‘zdan kechirish ishlari bajariladi, xavfsizlikni ta’minlovchi
mexanizmlar va tizimlar diagnostikadan o‘tkaziladi, zarurat bo‘lsa, chuqur
diagnostika qilib, so‘ng ishchi postlariga yoki kutish joylariga jo‘natiladi.
220
Odatda qabul qilish va texnik-nazorat, egasiga topshirish postlari
birlashtirilib, mashina bir joyda bir mutaxassis tomonidan qabul qilinadi
hamda egasiga topshiriladi.
Yirik va o‘rta quvvatli ATXKSlarida TX va ta’mirlash uchastkalarining
ayrim ishchi postlari ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘lishi
mumkin, masalan, moylash va moylarni almashtirish posti, tormozlarni
tekshirish va h.k. va ta’mirlashning barcha umumiy ishlari, chunonchi,
sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni o‘rnidan ajratib olish va o‘rniga
qo‘yish va h.k bajariladigan postlar universal postlar deb ataladi va
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Kichik quvvatli stansiyalarning (2...10 postli) postlari asosan universal
postlardan iboratdir.
TXK va ta’mirlash ishlarini bajarish jarayonida ko‘pincha mashinalarni
ko‘tarish va ular ostida ishlash, g‘ildiraklarni osiltirish talab etiladi. S huning
uchun avtoservis korxonalari ishchi postlarining 70...80 foizi maxsus
gidravlik yoki elektromexanik ko‘targichlar bilan jihozlanadi.
Ko‘targichli postlarda ishchi mashina ostida turib ishlarni bemalol
bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ishchi postlari bir tomoni berk (tupik) va har ikki tomoni ochiq (bir
tomondan kirib ikkinchi tomondan chiqib ketiladigan) bo‘lishi mumkin.
Ochiq postlar asosan yuvish, tozalash, qabul qilish va egasiga topshirish
hamda ayrim diagnostik ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Ishchi postlar
texnologik talablarga mos holda jihozlanishi, unda inson xavfsizligini
ta’minlash va tabiatni asrash sharoitlari yaratilgan bo‘lishi shart. Shuningdek,
ularda bajariladigan ishlar ro‘yxati, bajarish tartibi, texnik va texnologik
talablarga oid hujjatlar mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Mashinalar qismlari texnik holatiga qo‘yiladigan talablar ham yakka
tartibda ishlab chiqarish usuliga mos holda, ya’ni bajariladigan xizmatlar va
ishlar chegarasida bo‘ladi.
Техн
ик
хизмат
к
ўрсатиш
участкас
и
221
Yirik va ba’zan o‘rta quvvatli ATXKS larida mashinalardagi mayda
ta’mirlash ishlarini (3 ishchi-soatgacha) bajarish uchun alohida,kirish va
chiqish uchun qulay bo‘lgan joyda, maxsus postlar ajratiladi. Bunda
mashinani yuvish-tozalash va qabul qilish uchastkalaridan o‘tishi talab
etilmaydi. Mashina qabul qiluvchi bilan kelishilgan holda bo‘sh turgan
postga kiritiladi yoki bo‘sh bo‘lmagan holda kutib turadi. Shu joyning o‘zida,
aynan shu postda barcha ishlar bajariladi va mashina chiqib ketadi. Ba’zan,
asosan chet el amaliyotida, shu postlar qatorida o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish
postlari ham ajratiladi, ya’ni mijoz o‘zi yoki yordamchisi bilan o‘zi
mo‘ljallagan ishlarni o‘zi bajarib oladi, bu unga arzon tushadi, korxonalarga
esa mijozlarning ko‘payishiga imkon beradi.
TXK va ta’mirlash ishlarining zarur sifati va belgilangan hajmda
bajarilishini ta’minlash maqsadida ishlab-chiqarish uchastkalari va ishchi
postlarda kerakli jihozlar, asbob-uskunalar va ash’yolar qatori texnologik
xaritalar va boshqa korxona standartlariga oid texnik – texnologik hujjatlar
bo‘lishi talab etiladi.
TXKga kelgan mashinalarda bajariladigan ishlar davriyligi va hajmi
mashinasoz kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan va mashinani sotishda
unga qo‘shib har bir mijozga taqdim etiladigan maxsus «Mashinaning servis
daftarchasi» talonlariga asosan belgilanishi tavsiya etiladi. Daftarcha
talonlarida («O‘zDEU avto» daftarchalarida 24 talon) mashinaning dastlabki
250...300 ming km bosgan yo‘lini har 10...15 ming kmda bajarilishi
mo‘ljallangan ishlar nomlari va hajmi keltiriladi.
1-sonli talon bo‘yicha birinchi TXK 2.3,0 ming km yo‘l o‘tilgandan so‘ng
bajariladi, so‘ngra har 10...15 ming kmda mashinalarning konstruktiv
xususiyatlari va modellariga qarab o‘tkaziladi.
Servis daftarchalariga ega bo‘lmagan yoki talonlari tugagan mashinalarga
TXK, profilaktik ishlar muassasalar, birlashmalar tomonidan ishlab chiqilgan
maxsus nizomlarda ko‘rsatilgan tavsiyalar, me’yorlar asosida o‘tkaziladi.
222
Shuni ta’kidlash lozimki, qanday ishlarni bajarish buyurtmachi – mijoz
huquqidir.
Avtoservis korxonasiga texnik xizmat va ta’mirlashga muhtoj mashinalar
kelib uning oldidagi maydonda to‘xtaydi. Mashina egasi- mijoz mashinalarni
qabul qiluvchi – dispetcher yoki menedjerga uchraydi, u esa mijoz talablari
asosida buyurtma – chek to‘ldirib bir nusxasini mijozga beradi, bu hujjat
mashinaning korxonaga kirishiga ruxsatnoma sifatida xizmat qiladi.
Mashina zarur hollarda yuvish-tozalash postiga, so‘ngra qabul qilish
postiga kelib tushadi va bu joyda uning texnik holati mijoz ishtirokida
sinchiklab ko‘rib chiqiladi, bajariladigan ishlar aniqlanib, mijoz bilan ularn i
bajarish muddati va narxi kelishilgan holda buyurtma- naryad to‘ldiriladi (4-
nusxa) va mashina bir nusxa buyurtma-naryad bilan kerakli ishlab chiqarish
uchastkasiga jo‘natiladi.
Ayrim hollarda, mashinadagi nosozliklar sababini aniqlashning qabul
qilish postida imkoni bo‘lmasa, mashina maxsus diagnostika uchastkasiga
jo‘natilishi va u joyda maxsus priborlar, stendlar yordamida mutaxassislar
diagnoz qo‘yishlari va so‘ngra TXK yoki ta’mirlash uchastkalariga jo‘natishi
kerak. Bu uchastkalarda mashinaga naryadda ko‘rsatilgan profilaktik,
ta’mirlash yoki nosoz detallar va agregatlarni ehtiyot qismlarga almashtirish
ishlari bajariladi. Ishlarni bajarish jarayonida naryadda ko‘rsatilmagan ishlar
chiqib qolgan hollarda, bu ishlarga mijoz bilan kelishilgan q o‘shimcha
naryad yoziladi.
Mashinani ta’mirlashda buyurtmachi mijoz tomonidan keltirilgan ehtiyot
qismlar va materiallardan foydalanish mumkin (agar ular texnik shartlar
talablariga mos tushsa).
Mashinaning korxonada turish vaqti bir sutkadan ortib ketishi ehtimoli
bo‘lgan hollarda uning butligi (komplektligi) va umumiy texnik holatiga
qaydnoma tuziladi. Qaydnomada mashinaning tashqi ko‘rinishidagi barcha
kamchilik,
nosozliklar,
eshik,
kapot
va
oynalarni
ochish-yopish
223
mexanizmlarining holati etishmagan qismlari (zahira g‘ildirak, asboblar, fara
va podfarnik, oynalar va h.k.) to‘la ko‘rsatiladi.
Qaydnomani tomonlar imzolaganlaridan so‘ng uning bir nusxasi
buyurtmachi – mijozga beriladi.
Avtoservis korxonalarida TXK va ta’mirlash ishlarini bajarish yakka
usulda, tayyor ehtiyot qismlar yoki ta’mirlangan detallardan foydalangan
holda ado etiladi, ya’ni har bir mashinada bajariladigan ish turlari va hajmi
aynan shu mashinaning texnik holatidan va mijozning talablaridan kelib
chiqadi.
Ta’mirlash «begonalashtirilmagan» usulda olib boriladi, bu demak,
ishlash qobiliyati ta’mirlanib tiklangan detallar, uzellar va agregatlar o‘z
mashinalaridagi o‘rinlariga qaytariladi. Mashinaning avtoservis korxonasida
turish vaqti nafaqat qismlarga ajratish-yig‘ish, diagnostik va sozlash ishlari
vaqtidan, balki yangi ehtiyot qismlar olish yoki detallarni ustaxonalarda
tiklash vaqtlarini ham o‘z ichiga oladi.
Korxonadagi TXK va ta’mirlashning texnologik yo‘nalishi yakunida,
buyurilgan ishlar bajarilganidan so‘ng, mashina texnik nazoratdan o‘tkaziladi
va xizmatlar, sarflangan ehtiyot qismlar, materiallar uchun buyurtmachi -
mijoz bilan hisob-kitob qilinib egasiga taqdim etiladi.
Mashinalarga TX ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari uchun haq barcha
avtoservis korxonalarida buyurtmachi – mijoz tomonidan davlat moliya
organlari ma’qullagan maxsus narxnoma (preyskurant) lardagi narxlar
asosida to‘lanishi lozim.
TXK va ta’mirlashda foydalanilgan ehtiyot qismlar va asosiy materiallar
narxi, bu narxnomalarda ko‘rsatilmagan hollarda hisoblash erkin bozor
narxlari asosida o‘tkaziladi.
Narxnomalarda ko‘rsatilmagan TXK va ta’mirlash ishlari uchun to‘lov,
mijoz bilan kelishilgan holda korxona rahbari tasdiqlagan ish vaqti me’yori
va 1 me’yor- soatning narxi asosida hisoblanadi, bunda ishlarni bajarish
sharoitlari (normal yoki zararli) ham ko‘zda tutiladi.
224
Kuzovlarni
ta’mirlashdagi
tunukasozlik,
payvandlash
ishlari
ta’mirlashning turlariga (ishlarning bajarilishi murakkabligiga) qarab
belgilanadi:
1-son ta’mirlash -asboblar bilan oson etisha oladigan joylardagi
shikastlarni (deformatsiyalarni) to‘g‘rilash (kuzov sirtining 20% gacha);
2-son ta’mirlash– shikastlangan joylarni payvandlash bilan to‘g‘rilash
yoki 1-son ta’mirlashni 50% kuzov sirtida bajarish;
3-son ta’mirlash - shikastlangan joylarni ochish, tozalash, to‘g‘rilash,
payvandlash, tekislash va x.k.
Kuzov detallarini almashtirish narxida quyidagi ishlar hisobga olingan:
eski detalni ajratish va chiqarib olish, metall qoldiqlari, zang va iflosliklardan
tozalash, ulanadigan joylarini bir-biriga moslash va payvandlash, payvand
choklarini tozalash, sirtlarini tekislash.
Bo‘yash ikki xil-A va B hajmlarida bajariladi. A bo‘yash eski bo‘yoqlarni
kuzov sirtidan to‘la, metallgacha olib tashlash, sirtlarini tekislash
(shpaklevka va silliqlash (shlifovka), yangi rang va jilodagi (koler) buyoq
tayyorlab texnologiyaga asosan bo‘yash va quritishni ko‘zda tutadi.
B bo‘yashda esa eski bo‘yoqlar kuzov sirtidan butunlay olib
tashlanmaydi, faqat sirtlari jilvirli qog‘oz yordamida tozalanadi, tekislanadi
va silliqlab, zarur rangdagi bo‘yoq tanlanib texnologiyaga asosan bo‘yaladi.
Kuzovlarni ta’mirlash va bo‘yash jarayonlarida mashinalar agregatlari,
uzellari va detallarini zaruriy hollarda chiqarib olish va o‘rniga qo‘yish
bo‘yash ishlari narxiga kirmaydi va buyurtmachi tomonidan narxnomaga
asosan alohida to‘lanadi. Mashinalarga TX ko‘rsatish va ta’mirlash
korxonalarida bajarilgan ishlar maxsus II –bo‘g‘in yo‘llanma hujjati
«Avtotexxizmat korxonalarida mijozlar buyurtmasiga ko‘ra texnik xizmatdan
o‘tgan mashinalar elementlari texnik holatiga talablar» asosida nazoratdan
o‘tkaziladi. Mazkur hujjat ta’mirlangan detallar, uzellar, agregatlar texnik
holatini yuqorida keltirilganidek kafolatlaydi.
225
Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish texnologiyasining muhim tarkibiy
qismi
bu
jarayonlarni
mexanizatsiyalashtirish,
avtomatlashtirish
va
kompyuterlashtirishdir. Bu vositalar qo‘llanilganda mehnat unumi bir necha
barobar oshadi, sifati esa yaxshilanadi.
Mexanizatsiya mehnatni «inson - mashina» yordamida bajarish, shu
mashinaning ishini nazorat qilish va boshqarishdir. TXK va ta’mirlash
ishlariningg eng og‘irlari, jumladan, mashinalarni yuvish-tozalash va
quritish, agregatlarni echish va o‘rniga qo‘yish, qismlarga ajratish-yig‘ish,
ko‘tarish-tashish,
ombor
xo‘jaligi
ishlari
birinchi
navbatda
mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi zarur.
Avtomatlashtirish qo‘llanilganda bajaruvchi mashina yoki mashinalar
majmui ishlarni bajaribgina qolmay, balki texnologik jarayonlarni maxsus
dasturlarga asosan boshqarib ham boradi. Dasturlar esa insonlar tomonidan
ishlab chiqiladi va avtomatlashtirishning ajralmas qismiga kiradi. Avtoservis
ishlab chiqarishida mashinalarni yuvish, yonilg‘i quyish, diagnostika qilish,
ombor xo‘jaliklarida avtomatlashtirishni qo‘llash ayniqsa maqsadga
muvofiqdir va ilg‘or avtoservis korxonalarida keng qo‘llaniladi.
Kompyuterlashtirish esa barcha hisob-kitob, axborot olish va uni saqlash,
qayta ishlash va tarqatish vositasidir. Servis xizmati uchun kelayotgan
mashinalar va ulardagi nosozliklar, bajarilgan TXK va ta’mirlash ishlari,
sarflangan ehtiyot qismlar, materiallar hisobini olib borish va, shuningdek,
sotiladigan mashinalar, ehtiyot qismlar, servis xizmati to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan mijozlarni ta’minlashda kompyuterlar benazir vositadir.
Keyingi paytlarda kompyuterlar mashinalarni diagnostika qilishda (motor va
tormoz tizimlari, yuritish mexanizmlari va h.k.) keng qo‘llanilmoqda.
|