200
(5. . .7 ishchi soatgacha) ishlarni bajaradi, yirik stansiyalar esa asosan katta
hajmdagi
ishlarni, masalan, avtohalokatga uchrab shikastlangan avtomobillar
kuzovini tiklash yoki avtomobillar agregatlari va detallarini ta’mirlab, ish
qobiliyatini tiklash ishlari bilan shug‘ullanadi.
ATXKS larining quvvati ishchi postlar soni va bir yilda xizmat
ko‘rsatilgan avtomobillar soni bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan kelib
chiqib, stansiyalar kichik (15 ta gacha ishchi postlarga ega bo‘lgan), o‘rta
(16...25 ishchi postlari) va katta (25 dan ko‘p ishchi postli) xillarga bo‘linadi.
Albatta, barcha mamlakatlarda kichik va o‘rta stansiyalar ham son, ham
umumiy quvvat jihatdan va ko‘rsatiladigan yalpi xizmat hajmi hisobida
etakchi
o‘rinda turadi (90% dan yuqori). Dunyodagi ko‘pchilik
mamlakatlarda ATXKS larining o‘rtacha quvvati 3,5...4,5 postni tashkil etadi
[1] va ularda ishlaydigan odamlarning o‘rtacha soni esa 4,5...5,5
kishidan
iborat. Ba’zi mamlakatlarda, masalan AQSHda, diler quvvati ularning bir
yilda sotadigan avtomobillari soniga qarab belgilanadi, chunonchi,
I- sinf
diler stansiyalari 149 gacha avtomobil sotishga mo‘ljallangan bo‘lsa, II- sinf
150...399, III- sinf 400...749, IV- sinf esa 750 va undan ko‘p avtomobil
sotishga mo‘ljallangan. ATXKS lari ma’lum standartlar va maxsus
namunaviy (tipovoy) loyihalar asosida quriladi. Mamlakatlar bo‘ylab yagona
loyihalar qo‘llanmaydi, har bir yirik firma o‘z namunaviy loyihalarini ishlab
chiqadi
va
shularga
binoan
o‘z stansiyalarini quradi. Masalan,
Germaniyaning “Mersedes-Benz” firmasi engil va yuk avtomobillariga servis
xizmati ko‘rsatuvchi olti tipdagi (sinfdagi) shahar stansiyalarining namunaviy
loyixalarini
ishlab chiqib, amalga oshirgan. Ulardagi ishchi postlarning soni
quyidagicha:
14.2-jadval
I – sinfda 6 ta
IV - sinfda. 14+3+avtosalon
II-sinfda 6+1+avtosalon
V-sinfda. 14+3+avtosalon+yuk
avtomobillarga TXK
III-sinfda. 7+2+avtosalon
VI - sinfda. 41+8+avtosalon
201
Sobiq ittifoqda “Lengiproavtotrans” loyihalash instituti tomonidan 6, 11,
15, 25, 25+avtosaloni, 50+avtosaloni bilan, “Giproavtotrans” instituti
tomonidan esa postlari 15, 30, 30 + avtosalon, 50+avtosalon, 75+avtosalon va
100+avtosaloni bilan stansiya va avtomarkazlarning namunaviy loyihalari
ishlab chiqilib amalga oshirilgan.
Yo‘l bo‘ylarida joylashgan stansiyalarning quvvati esa shu yo‘lning
sinfiga, ya’ni sutka davomida yo‘ldan ikki tomon yo‘nalishida o‘tadigan
avtomobillarning soniga qarab hisoblanadi, ularning ko‘pchiligi kichik
stansiyalardir.
Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
ishlarining
ayrim mexanizm, agregat yoki tizimlar bo‘yicha bajarishga
ixtisoslashgan kichik korxonalardir. Masalan, shinalarga TX ko‘rsatuvchi va
ularni yamovchi yoki akkumulyatorni zaryadlovchi va ta’mirlovchi, engil
avtomobillar kuzovlari bo‘yicha murakkab bo‘lmagan ishlarni bajaruvchi,
tiklovchi va bo‘yovchi va h.k. Bunday ustaxonalar shahar va qishloqlarda,
yo‘llar bo‘ylarida joylashishi mumkin. Ustaxonalarda avtomobillar kirishi
uchun maxsus postlar bo‘lishi shart emas ularning maydoni ham uncha katta
emas (40...60 m
2
), ishlovchilar soni esa 1...2 kishidan iboratdir.
Avtoustaxonalar oilaviy, kichik biznesning aynan o‘zidir.
Texnik xizmat ko‘rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli ravishda
avtomobilning o‘ziga xizmat ko‘rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini
bajaradi. Bular ham kichik biznes korxonalari bo‘lib, ularda ishlovchilarning
soni 1...2 kishi, postlar soni esa 1...2 dan iborat bo‘lib, shaharlar, qishloqlar
va yo‘l bo‘ylarida joylashadi.
Shuningdek, ayniqsa chet el amaliyotida,
avtomobillarga TX ko‘rsatish va mayda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi
ko‘chma stansiyalar va avtoustaxonalar ham faoliyat olib boradi.
Bunday kichik servis korxonalari maxsus yuk avtomobillari yoki
tirkamalar kuzovlariga o‘rnatilgan jihozlar, asbob-uskunalar,
ehtiyot qismlar
va materiallardan foydalanib magistral yo‘llar yoqalarida, dam olish zonalari
aholi zich yashovchi mavzelarda xizmat ko‘rsatadi. Ko‘chma ustaxonalar
202
mijozlarning buyurtmasiga asosan chaqirilgan joyga borib ham xizmatni
bajarishi mumkin.