14.2 Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi
Tabiiyki, avtoservis xizmatining asosiy qismini maxsus avtoservis
korxonalari tashkil etadi. Ulardan tashqari bu xizmatni asosiy ishlab
chiqarish faoliyati boshqa, turli soha bo‘lgan korxonalar (masalan, yuk va
yo‘lovchilar tashuvchi avtotransport korxonalari) ham bajaradilar. Lekin
ularning ulushi ko‘rsatilgan umumiy xizmat hajmida juda oz, faqat bir necha
foiznigina tashkil etadi.
Jahonda avtoservis korxonalari o‘z faoliyati va mavjud iqtisodiy-ijtimoiy
tuzum asosida tarixiy shakllanib va rivojlanib kelgan va barcha mamlakatlar
xududi bo‘ylab shahar va qishloq, magistral yo‘l yoqalari, aholi zich
yashovchi mavze, avtosayohatchilar to‘xtovchi mexmonxona va oromgoh
(motel)larda joylashgan. Bunday korxonalar o‘zlari bajaradigan xizmat turlari
va ishlab chiqarish faoliyatiga qarab quyidagilarga bo‘linadi (14.2-rasm).
Avtosavdo markazlari (yoki bazalari)yirik shaharlarda joylashgan bo‘lib,
avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiladi.
196
Avtosalonlar esa shu mollarni chakana savdo bilan sotadi, buning uchun
ularda avtomobillarni sotishga tayyorlash (sotish oldi)texnik xizmatini
bajarish uchun maxsus ishchi postlari bo‘lishi shart.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘z navbatida
avtomarkazlar, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar
(ATXKS) va postlar va shuningdek, turli ishlarga ixtisoslashgan
avtoustaxonalardan iborat (14.3-rasm).
14.3-rasm. Avtoservis korxonalarining turlari.
Avtomarkazlar avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning asosiy
korxonalari bo‘lib, asosan yirik shaharlarda (viloyat markazlarida) joylashadi
va kamida 25 ta, ko‘pi bilan 100, hatto 200 ishchi postlarga ega bo‘ladi.
Bunday markazlarni odatda avtomobillar ishlab chiqaruvchi va ular bilan
savdo qiluvchi kompaniyalar, va shuningdek, avtomobillar va ehtiyot qismlar
bilan savdo qilishga ixtisoslashgan firmalar hissadorlik asosida tashkil etadi.
Avtomarkazlar bir necha rusumli avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik
xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish-texnik bazasi
(ICHTB), zarur texnologik jihoz, maxsus asbob-uskuna, ehtiyot qism,
material, malakali kadr va shuningdek, texnik-texnologik hujjat va
adabiyotlar bilan to‘la ta’minlangan bo‘ladi. Avtomarkazlarning ma’lum
hududlarda, - viloyat tumanlari, shaharlari va qishloqlarida bir necha filiallari
Аvtoservis korxonalari
Avtosavdo markazlari,
avtosalonlar,
extiyot
qismlar dukonlari
Avtomobillarga
TXK
korxonalari
Avtoturar
joylar,
saqlash garajlari
197
bo‘lib, markaz ularga har jihatdan homiylik qiladi, ayniqsa, kadrlar
malakasini oshirish, ishlab chiqarishda yangi, ilg‘or texnologiyalarni joriy
etish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yaxshilash va h.k. Umuman olganda,
avtomarkazlar - avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan birga
avtomobillar servisi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlovchi, sohada
texnik siyosatni belgilovchi va amalga oshiruvchidir. Mamlakatimiz viloyat
markazlari va yirik shaharlarida XX asrning 70...80 yillarida 12 ta
avtomarkaz
qurilib,
ishga
tushirilgan,
birgina
Toshkentda
bunday
markazlarning 3 tasi ishlab turibdi. Avtomarkazlarning ko‘p qismi (10 tasi)
1996...98 yillarda to‘la rekonstruksiya qilinib, qayta jihozlanib chiqildi.
Hozirgi paytda respublika avtomarkazlaridagi ishchi postlarning umumiy soni
400 tadan oshdi[4].
Avtomarkazlarda avtomobil, ehtiyot qism, avtomateriallar bilan savdo
qiluvchi avtosalon, baza, do‘konlar bilan bir qatorda turli texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi kuchli ishlab chiqarish bazasi
ham mavjud. Avtomarkazlarning tarkibiy qismi bo‘lgan savdo bazalari,
do‘kon, ombor va ishlab chiqarish uchastkalari xududiy bir joyga joylashgan
yoki shahar, viloyat bo‘ylab bir necha joylarga, mijozlar uchun qulay bo‘lgan
erlarga joylashishi mumkin.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar (ATXKS)
ATXKS avtoservis xizmatini bajaruvchi asosiy va eng ko‘p tarqalgan
korxonalardir. Zamonaviy ATXKSlari yangi va ishlatilgan avtomobil, ehtiyot
qism va avtomobil materiallari bilan savdo qilish, avtomobillarga turli xildagi
texnik
xizmatlar
ko‘rsatish,
agregat, detallarni ta’mirlash, ishdan
chiqqanlarini almashtirish, avtohalokatlar natijasida shikastlangan avtomobil
va kuzovlarining qayta tiklash ishlari bilan shug‘ullanadilar. Shuningdek,
mijozlar avtomobillariga, ularning murojaatlariga asosan ko‘chalarda,
yo‘llarda, avtomobillar turar va saqlash joylarida texnik yordam k o‘rsatish,
mijozlarga avtomobilni texnik ekspluatatsiya qilish to‘g‘risida maslahat
198
berish, ularni avtoservis axboroti bilan ta’minlash kabi xizmatlar ham
ATXKS vazifalariga kiradi.
ATXKSlari o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan
xizmatlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga
bo‘linadi (14.4-rasm). Odatda shahar stansiyalarida ko‘rsatiladigan xizmat
turlari xilma -xilroq, bajariladigan ishlarning hajmi kattaroq bo‘lishi mumkin
va shuningdek, bu stansiyalardan foydalanuvchi avtomobillar tarkibi bir
qadar barqaror, ya’ni stansiyalar bir qadar doimiy mijozlarga ega bo‘ladi.
Shaharlararo yo‘llar bo‘ylarida joylashgan stansiyalarda, aksincha, xizmat
turlari chegaralangan bo‘lib, ular asosan texnik yordam ko‘rsatish, mayda
tamirlash ishlari, g‘ildiraklar shinalarini yamash, damlash, motor, tormoz, rul
boshqarmasi tizimlari, elektr jihozlari asboblarida paydo b o‘lgan nuqson va
nosozliklarni tuzatish va shuningdek, eng ko‘p zarur bo‘ladigan ehtiyot qism
va avtomateriallar savdosi bilan shug‘ullanadi.
Shuni aytish zarurki, mamlakatimiz yo‘llari bo‘ylarida joylashgan bunday
ATXK stansiyalari aynan o‘tgan asrning 90 yillaridan boshlab tashkil etilib,
ishga tushirila boshlandi, ularning soni ham, xizmat ko‘rsatish ko‘lami ham
hozircha real talablarga javob bera olmayapti. Ular asosan engil
avtomobillarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan, yuk avtomobillari,
avtobuslarning avtoservis xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan.
Bunday holat shaharlar avtoservisiga ham taalluqlidir. Yo‘l bo‘ylari
stansiyalariga xos bo‘lgan yana bir holat ularning yil va sutka davomida
uzluksiz ishlashidir. Bunday stansiyalar xususiy yoki shirkat mulkl ari asosida
tashkil etilib, ulardagi ishchi postlarining soni asosan 2. . .5 tadan iboratdir.
Chet el (ayniqsa AQSH) avtoservisi faoliyatida yo‘l bo‘yi ATXKSlari
ko‘pincha yonilg‘i - moy quyish stansiyalari (AZS) bilan yonma-yon
joylashgan bo‘ladi va ba’zan ular bilan bir xo‘jalikni tashkil etadi [1].
Albatta, avtoservis xizmatining asosiy qismini shaharlarda joylashgan
ATXKSlari bajaradi. Ular ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab
avtomobillar ishlab chiqaruvchi yoki savdo qilishga ixtisoslashgan maxsu s
199
kompaniyalar tomonidan tuzilgan avtomarkazlarga qarashli filiallar yoki ular
bilan shartnomalar asosida ish yurituvchi diler-stansiyalar, mustaqil faoliyat
olib boruvchi, ma’muriy-erkin ATXKSlaridir. Avtomarkazlarga qarashli
stansiyalar va dilerlarning asosiy vazifasi o‘z kompaniyalari tomonidan
ishlab chiqarilgan avtomobillar, ehtiyot qismlar bilan savdo qilishdir.
Albatta, bunday stansiya va dilerlar texnik xizmat ko‘rsatish va ba’zi bir
ta’mirlash ishlarini ham bajaradi, ammo bu ishlar ikkinchi o‘rinda bo‘lib, u
ham faqat o‘z firmasi avtomobillariga ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham
bunday korxonalar firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi ATXKSlar deb
yuritiladi. Ular ko‘rsatgan xizmatlari hajmi salmoqli bo‘lib, ba’zi
mamlakatlarda (masalan, Evropa mamlakatlarida) umumiy xizmatning 30%
gacha etib boradi. Mamlakatimizda bunday firma usuliga o‘xshash xizmat
ko‘rsatuvchi stansiyalar asosan “O‘zDEU avtotexxizmat” hissadorlik
birlashmasiga qarashlidir.
Dunyodagi barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo
qiluvchi kompaniyalar o‘z mamlakatlari ichkarisida va avtomobillari
sotiladigan chet davlatlarda minglab firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi
avtomarkazlar va diler stansiyalariga egadirlar. Ayniqsa, AQSH, Evropa
mamlakatlari va Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari tashkil etgan servis
korxonalari mashhurdirlar.
ATXKS lari o‘z xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni, chunonchi,
avtomobilni yuvishdan tortib to unga texnik xizmat ko‘rsatish, asosiy
qismlari va agregatlari, mexanizmlarini ta’mirlay olgan holda universal
stansiyalar deb ataladi. Ba’zi hollarda ayrim ATXKSlar, ayniqsa, shahar
stansiyalari, xizmatning ayrim ishlarinigina bajaradi, bu holda stansiyalar
|