Nazorat savollari:
1.Tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
2 Avtomobil-sisternalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash.
3 Avtomobil-samosvallarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
4 Avtomobil furgonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
14.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA SERVIS USULIDA
XIZMAT KO‘RSATISH.
14.1 Servis usulining mohiyati, xizmat turlari, tarixiy shakllanishdan
ma’lumotlar
Servis inglizcha «Servise» so‘zidan olingan bo‘lib xizmat ko‘rsatish
ma’nosini bildiradi. Xizmatlar servis usulida bajarilishi uchun u quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
- hammabopligi,
ya’ni
xizmatdan
mijoz
istalgan
korxonasida
foydalanishi imkoniyatiga ega ekanligi;
- bajarilgan xizmatlar sifati davlat qonunlari asosida kafolatlanishi;
188
- xizmat korxonalari orasida mijozlar uchun raqobat paydo bo‘lishi
munosabati bilan servis madaniyatining oshishi va sifatining yaxshilanishiga
doimo rag‘bat mavjudligi;
- almashtirilgan ehtiyot qismlar va materiallarning ishonchli ekanligi;
- mijozlar xizmatlaridan foydalanishining qulayligi, osonligi bil an o‘ziga
jalb qila bilishi;
Umuman,
avtomobillarga
servis
sifatida
bajariladigan
xizmatlar
texnik,tijoriy, mijozlar bilan ishlash kabi qismlardan iboratdir.
Shu nuqtai nazardan texnik xizmat ko‘rsatish deyilganda mashina, uning
agregatlari, detallari va qismlari texnik holatini sozlash, rostlash va tiklash-
ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jamlanmasi ko‘zda tutiladi, chunonchi;
- mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash;
- mashina agregatlari, detallari, kuzovlari, shinalari, akkumulyatorlarini
ta’mirlash, ish qobiliyatini tiklash;
- mashinalarni buyurtmalar asosida diagnostika qilish;
- mashinalarga yo‘llarda, saqlash joylarida talabga asosan texnik yordam
ko‘rsatish;
- mashinalarni qayta jihozlash;
- mashinalarni davlat texnik qaroviga tayyorlash;
- mashina kuzovlarini tiklash;
- mashinalarni vaqtincha va doimiy saqlash;
Tijoriy xizmat deyilganda esa mashinalar, ehtiyot qismlar, materiallar va
anjomlar bilan ta’minlash, savdo va reklama qilish va umuman bu sohaning
biznes sifatidagi faoliyati tushuniladi, aniqrog‘i:
- mashinalar, ehtiyot qismlar, anjomlar bilan savdo qilish;
- mashinalarni yonilg‘i-moy materiallari bilan ta’minlash;
- texnik ekspertiza xulosalari chiqarish;
Mijozlar bilan ishlash:
- mijozlar uchun turli maishiy xizmatlar va qulayliklar tashkil etish
(kafe, bar, choyxona va h.k.);
189
- mijozlarni servis axboroti bilan ta’minlash;
- texnik maslahatlar tashkil etish;
- ko‘rsatiladigan xizmat turlarini reklama qilish;
- mijozlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatish, ular talablari, fikrlari va
takliflarini o‘rganib, o‘z faoliyatida hisobga olish va h.k. larni ko‘zda tutadi.
Servis mashinalarga xizmat ko‘rsatishning birinchi, dastlabki usulidir,
chunki dunyoda mashinalarni birinchilardan bo‘lib sotib olgan va
foydalanadiganlar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uquviga ega
bo‘lmaganlar. Shu sababli mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z
mahsulotlarini xaridorga sotish uchun barcha mashinalar sotiladigan va
foydalaniladigan joylarda ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va zarur
materiallar va ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi ustaxonalar, ya’ni servis
korxonalari tashkil etib ishga tushirganlar.
Keyinroq, (XX asr birinchi choragida) dunyoda (Amerika Qo‘shma
Shtatlari va Evropada) avtomobillar sonining ko‘payibb borish natijasida
avtomobillarga
servis
usulda
xizmat
ko‘rsatuvchi
mustaqil, ya’ni
avtomobillar ishlab chiqaruvchilarga qarashli bo‘lmagan, avtoustaxonalar va
boshqa turli korxonalar ham paydo bo‘la boshlagan.
Jahon avtomobil parkining tezkor sur’atlarda o‘sishi natijasida avtomobil
servisi tobora rivojlanib avtomobil sanoati va transportining tengdoshi va
yo‘ldoshi sifatida ularning ommaviy va qudratli tarkibiy qismiga aylanib
ketdi va usiz hozirgi zamon avtomobillar «hayoti»ni tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Avtoservis dunyo mamlakatlarining shaharlari, qishloqlari, yo‘llar
bo‘ylari va boshqa ko‘p joylarida o‘rnashgan, keng tarqalgan va uzluksiz
ishlovchi, turli xil va tipdagi xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tarmoqlari
chunonchi,
ombor-tarqatuvchi
terminallar,
ta’minlovchi-tiklovchi
avtomarkazlar, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va dilerlari, savdo
ta’minlash shahobchalari va boshqalarga egadir.
190
Avtoservis xizmatidan barcha mamlakatlarda tijoriy va notijoriy
avtotransport
korxonalari,
shaxsiy
engil,
yuk
va
avtobus
egalari
foydalanadilar.
O‘tgan asrning 80-chi yillari o‘rtalarida dunyoda eng katta avtomobil
parkiga ega bo‘lgan (200 mln.) AQSH da jami 329 ming avtomobillarga
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bo‘lib, ularning soni va bajargan o‘ziga xos
ishlari sanog‘i bo‘yicha quyidagi holatda taqsimlangan (jadval 14.1):
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra faqat 6% TX ko‘rsatish va ta’mirlash
ishlarinigina avtotransport korxonalari o‘zlari bajarganlar, qolganlarini (94%)
maxsus servis korxonalari bajargan.
Dilerlar avtomobilsoz kompaniyalarga qarashli bo‘lgan kichik (2-4 ishchi
postli) servis korxonalarida faqat o‘z kompaniyalari ishlab chiqargan
avtomobillar va ehtiyot qismlari bilan savdo qiladilar va ularga TX
ko‘rsatadilar.
Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda 2003…2004 yillarda
Fransiyada (33 mln. avtomobil) 45 ming, GFR da (40 mln. avtomobil) – 47
ming, Buyuk Britaniyada (25 mln. avtomobil) –30 ming avtomobillarga
texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar va ustaxonalar ishlab turgan.
O‘zbekistonda avtomobil servisining paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Gap shundaki, avvalo, Vatanimiz mustaqillikka
erishgunga qadar sobiq davlatimizda hukm surgan iqtisodiy tuzumga asosan
mashinalar ishlab chiqaruvchilar bilan (jumladan avtomobillar ham) ularga
ishlatish jarayonida servis xizmati ko‘rsatish sohasida amaliy aloqalar XX
asrning 70 yillariga qadar deyarli bo‘lmagan, so‘ngra esa sust rivojlangan,
chunki erkin avtomobil bozori bo‘lmagan.
Ikkinchi tomondan, deyarli barcha avtotransport va boshqa ishlab
chiqarish vositalari davlatga qarashli bo‘lganligi, iqtisodiyot sub’ektlari
xo‘jalik-iqtisodiy mustaqillikka ega emasliklari avtomobillarga keng ma’noda
servis usulida xizmat ko‘rsatishga uzoq vaqt imkon bermadi.
191
Avtotransport vositalariga ega bo‘lgan har bir korxona, tashkilot, xo‘jalik
o‘z avtomobillariga o‘zi texnik xizmat ko‘rsatgan va ba’zi bir ta’mirlash
ishlarini bajargan.
AQSH dagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning
bajargan servis xizmati sanog‘i bo‘yicha taqsimlanishi.
14.1-jadval
Korxonalar
Korxonalar soni (ming)
va %,
Bajarilgan
TX
va
ta’mirlash
ishlar
ko‘lami,%
Avtomobillarga yonilg‘i quyish
(AYOQ) va TX ko‘rsatish
stansiyalari
115
35
38,3
Mustaqil
ta’mirlash
ustaxonalari
150
45,6
40,3
Yangi
engil
va
yuk
avtomobillari
bilan
savdo
qiluvchi va TX ko‘rsatuvchi
dilerlar
25
7,6
15,4
Avtokorxonalar,
garajlar
va
ustaxonalar
39
11,8
6
Avtomobillardagi murakkab ta’mirlash ishlari har bir sohaning o‘z
markaziy ustaxonalarida yoki maxsus ta’mirlash zavodlarida bajarilgan.
Avtomobillarga
servis
usulida
xizmat
ko‘rsatuvchi
korxonalar
mamlakatning faqat markaziy yirik shaharlarida bo‘lib (Moskva, Sankt-
Peterburg, Kiev, Riga va h.k.), ular asosan chet el diplomatik
vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, sayohatchilari avtomobillariga servis
xizmati ko‘rsatishgan.
Mamlakatda avtoservisning paydo bo‘lishiga asosiy turtki aholi shaxsiy
avtomobillar parkining o‘sishi sabab bo‘lgan. O‘tgan asrning to 60-nchi
yillariga qadar mamlakat aholisining avtomobil parki juda kichik (1965 yili
O‘zbekistonda har bir 1000 kishiga 3 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan) va faqat
oilaga xizmat qiluvchi engil avtomobillardan iborat bo‘lgan. Davlat siyosati,
hamma sohada bo‘lganidek, avtomobil transportida ham asosan o‘ziga
qarashli jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan edi. Shaxsiy, fuqarolar
192
transporti, qadrlanmas, unga xizmat ko‘rsatish avtomobil egalarining o‘z
muammolari bo‘lib qolgan edi.
Faqat 60- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab maxsus, aholi
avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tashkil qilinib, ishga tushirila
boshlandi. 1968 yilda hukumatning «Fuqarolar transport vositalariga texnik
xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralari» to‘g‘risidagi qarori bu sohaga
davlat ahamiyatiga ega masala sifatida yondoshish boshlanganidan darak
berdi. Aholi avtomobil parki ham ayniqsa, 1970 yillardan boshlab tez
sur’atlar bilan o‘sa boshladi. O‘sha paytdagi statistik ma’lumotlarga
qaraganda, aholining avtomobillashgani, ya’ni har bir 1000 kishiga to‘g‘ri
keladigan avtomobillar soni mamlakatimizda quyidagicha o‘sib borishi
dinamikasi 14.1-rasmdagi diagrammada keltirilgan:
O‘zbekiston aholisi avtomobil parki 1991 yil boshida 1 mln.ga
yaqinlashib qolgan va markalariga qarab quyidagicha taqsimlangan edi:
Dastlabki tashkil etilgan avtoservis korxonalari-avtomobillarga texnik
xizmat ko‘rsatish stansiyalari, avtoustaxonalar, avtomobil prokat (ijaraga
berish) punktlari, avtosaqlash joylari mahalliy hokimiyatlar-tuman va
shaharlar ijroiya komitetlari tasarruflarida bo‘lgan, so‘ngra (1969 yildan)
xukumat qaroriga asosan, O‘zbekiston aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish
vazirligi tashkil etilib, uning tarkibidagi “O‘zavtotexxizmat” boshqarmasiga
o‘tkazilgan.
Mavjud ishlab turgan avtoservis korxonalari qatoriga 1974 yildan
boshlab firma usulida texnik xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat”,
so‘ngra “KAMAZ avtotexxizmat”, “Avtotexxizmat”, va boshqa avtomobil
zavodlariga qarashli avtoservis korxonalari qo‘shila boshladi.
Firma usulida avtoservis xizmati ko‘rsatish o‘sha paytdagi davlatda va
shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham yangilik bo‘lib, bu sohada yangi davr
boshlanganidan darak berar edi. Endi mamlakat avtomobil zavodlari dunyo
avtomobilsoz kompaniyalari izidan ketib, o‘z mahsulotlariga o‘zlari xizmat
ko‘rsatish majburiyatlarini ola boshlashdi. Avtoservis xizmati yangi
193
bosqichga ko‘tarildi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadigan,
xizmat ko‘rsatishning texnik va madaniy saviyasi yaxshilanadigan bo‘ldi.
|