Nazorat savollari:
1. Yonilg‘i-moy mahsulotlari sarfini me’yorlash
2. Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tashish, saqlash va tarqatish
3. Qishloq xo‘jalik texnikalarida resurslarni tejash
4. Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tejash yo‘llari
13.IXTISOSLASHTIRILGAN QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKASINI
EKSPLUATATSIYA QILISH
13.1. Tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligidagi yuklarning ko‘p qismi
tirkamalar yordamida tashiladi. Bug‘doy, sabzavot, mevalar, mineral
o‘g‘itlar, paxta va h.k. qishloq xo‘jalik yuklari hisoblanadi.
13.1-rasm. Boshqariluvchi g‘ildirakli ikki o‘qli tirkama
1-shoti; 2-shkvoren; 3-tirkama o‘qi; 4- tortqi; 5-richag
.
176
Tirkamali arkib vertikal yuklamaning tayanch sirtga uzatilish usuliga
qarab tasniflanadi. O‘zi yura olmaydigan transport vositasi tirkama deb
ataladi. Tirkamada vertikal yuklamalar barchasi (o‘z massasi va ustidagi
yuki) tayanch sirtga g‘ildirak orqali uzatiladi. Tirkamalar bir, ikki va ko‘p
o‘qli bo‘lishi mumkin. (13.1-rasm)
Yarimtirkamalarda vertikal yuklamaning bir qismi tayanch sirtga o‘z
g‘ildiraklari orqali, qolgan qismi esa, shatakchi avtomobilning mingashma-
ilashma qurilmasi va g‘ildiraklari orqali uzatiladi. Yarimtirkamada ham bir
nechta o‘qlar bo‘lishi mumkin. (13.2, 13.2-rasmlar)
13.2-rasm. Bir o‘qli yarim tirkama
1-shkvoren uyasi; 2-yuk platformasi; 3-tayanch qurilmasi; 4-tirgaklar;5- rama;
6-platforma tagligi; 7- ressor va g‘ildirak
.
13.2-rasm. MAN tayanch – ilashish qurilmali shatakchi avtomobili.
177
Platforma ko‘rinishidagi kuzovli, ikki o‘qli tirkamalar idishli va
sochiluvchan har xil yuklarni, furgon tipidagi kuzovli tirkamalar esa sanoat
va oziq-ovqat mollarini tashishda ishlatiladi.
Tirkamalar va yarimtirkamalarning tuzilishi. Har bir tirkama burish va
tirkash qurilmalari, yurish qismi va kuzovdan tashkil topgan bo‘ladi. Aksari
baland ramali tirkamalar old o‘qi buriladigan qilib ishlangan. Bu o‘q kalta
ramaga o‘rnatilgan. Tirkamaning asosiy ramasi bilan kalta rama markaziy
shkvorenli yoki shkvorensiz turdagi burish qurilmasi vositasida biriktiriladi.
Ko‘pgina zamonaviy tirkamalarda shkvorensiz turdagi qurilmadan
foydalaniladi. Katta diametrli zo‘ldirli tirak podshipnik shunday qurilmaga
ega bo‘lib, oboymasi burish o‘qining kalta ramasiga, ichki oboymasi esa
tirkamaning asosiy ramasi ostiga mahkamlangan. Shunday qilib, burish o‘qi
bilan tirkamaning o‘qi orasidagi barcha kuchlar zo‘ldirlar orqali uzatiladi.
Tirkamaning yurish qismi g‘ildiraklar, osma va ramadan tuzilgan. Rama
odatda egik shaklda, old burish o‘qining tepasidagi old qismi ko‘tarilgan
bo‘ladi. Yarimelliptik ressoralardan osmaning elastik elementlari sifatida
foydalaniladi.
Tirkamalar ko‘tara oladigan eng ko‘p yuk o‘qlarining soniga qarab
aniqlanadi: bir o‘qli tirkamalar uchun 2 t. dan, ikki o‘qli tirkamalar uchun esa
8 t dan oshmaydi. Bo‘linmaydigan yirik yuklarni tashishda 50 t yuk ko‘tara
oladigan ko‘p o‘qli tirkamalardan foydalaniladi.
Past ramali, ikki o‘qli tirkamalarga shoti (dыshlo) dan harakatlanadigan,
burilma
aravacha
o‘rnini bosuvchi old boshqariluvchi g‘ildiraklar
(avtomobilnikiga o‘xshash) o‘rnatiladi. Bunday konstruksiya og‘irlik
markazini va tirkamani yuklash balandligini pasaytirish imkonini beradi.
Ikki o‘qli, ko‘p o‘qli tirkamalarda (umumiy massasi 0,75 dan ortiq)
gidravlik, pnevmatik yoki kombinatsiyalangan yuritmali g‘ildiraklarni
tormozlash qurilmalari bo‘lishi kerak. Tirkama tormozlari shatakchi
avtomobil tormozlari bilan bir vaqtda ishlashi yoki tirkama ajralganda,
mustaqil ravishda, avtomatik ishlashi lozim. Bu talab umumiy massasi 1,5 t
178
gacha bo‘lgan bir o‘qli tirkamalarga tegishli emas. Bunday tirkamalar tros
yoki zanjir tarzidagi ishonchli birikmaga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari,
ulardan 16% gacha qiya joyda tirkama shatakchidan ajratib qo‘yilganda, uni
tutib tura oladigan adirbop tirak yoki stopor tipidagi qurilma bo‘lishi kerak.
Yarimtirkama shassisi rama, osma va o‘q, qo‘shaloq g‘ildiraklar,
yuritmali tormoz mexanizmlari, to‘xtab turish tayanchlari hamda tirkash
qurilmasini o‘z ichiga oladi.
Yarimtirkama ramasi ba’zan qo‘shtavr shakliga ega bo‘lgan juda puxta
lonjeronli yassi fermadan iborat.
Ramaning old qismidagi lonjeronlarga po‘lat list payvandlanib, unga
tirkash qurilmasining shkvoreni uchun uya qilingan. Maxsus xalqaro
talablarga ko‘ra, har qanday yarim tirkama shkvorenining diametri 50,8 mm
bo‘lishi lozim. Shkvorenning pastki qismida uning ko‘tarilib-tushishiga
to‘sqinlik qiluvchi bo‘rtiq bor.
Yuk ko‘tarish quvvati yuqori bo‘lgan yarimtirkamalar ikki o‘qli qilib
ishlanadi, bu holda, uch o‘qli avtomobillarnikiga o‘xshagan balansirli
osmadan foydalaniladi. Yarimtirkama va shatakchi avtomobil g‘iddiraklari,
gupchaklari va shinalari butunlay bir-xillashtirilgan. Tirkamani gorizontal
vaziyatda tutib turish uchun uning ramasiga chiqarma tayanch qurilma
o‘rnatilgan. U vintli, domkratsimon, rolikli, teleskopik ikkita tirgakdan iborat
ko‘tarishda vintlar, shesternyali reduktor yordamida qo‘l dastasi bilan ishga
tushiriladi. (13.3-rasm) Ba’zi ixtisoslashtirilgan yarimtirkamalarda kuzovning
o‘zi (masalan, ko‘tarib turuvchi sisternalar yoki furgonlar) rama vazifasini
o‘taydi.
Yarimtirkamadan tirkama sifatida ham foydalanish mumkin. Buning
uchun uning old qismi mingashma-ilashma qurilmasi bor aravachaga
o‘rnatiladi.
Tirkamalar va yarimtirkamalar yo‘l harakati qoidalarida talab etilgan
barcha yorug‘lik asboblari (gabarit fonarlari, stop-signal, nomer belgisini
yoritish fonari, burilishni ko‘rsatish chiroqlari) bilan jihozlangan bo‘lishi
179
lozim. Agar yarim tirkama gabaritlari shatakchi gabaritidan katta b o‘lsa, u
holda yarimtirkama oldida qo‘shimcha ikkita gabarit fonari bo‘lishi kerak.
Yarimtirkamalar aktiv o‘qlari yuritmasining bir necha turlari mavjud
bo‘lib, ular ichida mexanik, elektr va gidravlik uzatmalarni ta’kidlab o‘tish
kerak. Kam yuk ko‘taradigan yarim tirkamali avtopoezdlarda qo‘llaniladigan
mexanik uzatma kardanli vertikal val vositasida o‘zaro ulangan shatakchi va
yarimtirkamada, mos ravishda, bir-birining ustiga o‘rnatilgan konussimon
shestrnyali reduktorlardan tuzilgan. Bunday, valning o‘qi tayanch-tirkash
qurilmasining tebranish o‘qlariga to‘g‘ri keltirib o‘rnatilgan avtopoezd
harakatchan bo‘ladi.
13.3-rasm. Yarim tirkamaning tayanch qurilmasi:
1-reduktor karteri; 2-etaklovchi shesternya; 3-etaklanuvchi shesternyalik vint; 4-
tayanch korpusi; 5-tayanch qurilma g‘altagi; 6- tayanch g‘altak yostig‘i.
Ko‘p yuk ko‘tara oladigan bir nechta tirkamali og‘ir avtopoezdlar uchun
elektr uzatmadan foydalaniladi. Bu holda tyagachda elektr tok generatorini
harakatga keltiruvchi kuch qurilmasi bo‘ladi. Aktiv o‘qlariga motor
g‘ildiraklar, ya’ni individual elektr yuritmali g‘ildiraklar o‘rnatiladi. Bu
180
motor — g‘ildiraklarning elektr dvigatellari shatakchiga o‘rnatilgan
generatordan tok bilan ta’minlanadi.
Tirkama yoki yarim tirkamalarning etakchi g‘ildiraklariga tortish kuchini
gidrohajmiy uzatish usuli ham mavjud. Bunday uzatma shatakchi avtomobil
dvigatelidan harakatlanadigan porshenli nasos, yuqori bosim quvurlaridan v a
reduktor orqali tirkama yoki yarim tirkamaning etakchi o‘qiga ulangan rotorli
gidravlik dvigateldan tashkil topgan. Nasos vujudga keltiradigan bosim
ta’sirida aylanadigan moy gidravlik dvigatel rotorini aylantiradi va yana
nasosga qaytadi.
Gidrohajmiy yuritma burovchi momentni ravon uzatish va uning
kattaligini bosqichsiz, uzatmalar qutisi ishtirokisiz o‘zgartira olishi bilan farq
qiladi. Biroq uning konstruksiyasi murakkab, narxi qimmat, avto - xo‘jaliklar
sharoitlarida uni remont qilish qiyin.
|