181
Avtomobillardagi va yarim tirkamadagi tayanch - ilashish qurilmasi
(13.5-rasm) holatlari bir-biridan ajratilgan holatda, alohida ko‘zdan
kechiriladi. Bunda balansirli plitadagi bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari
(barmoqlari), amortizatsiya prujinalarni, tutqich (zaxvat)larni, shkvoren va
uning
barmoqlari, saqlagich-plankalari va qulfining holatlari tekshiriladi.
Yarim tirkamada shkvoren va tayanch plitaning holati tekshiriladi. Tirkama
o‘qlari o‘zaro qiyshiq joylashib qolsa (tirkamaning bo‘ylama o‘qiga
perpendikulyarligi buzilsa) harakatlanish qarshiligi ortib ketadi va shinalar
jadal eyiladi. Ba’zi tirkamalarda ularning burilish qurilmasi avtomobil oldi
ko‘prigidek konstruksiyali bo‘ladi (MAZ— 5201V va h.k.)
Bunday tirkamalarda g‘ildiraklarning yaqinlashuv masofasi (sxojdenie)
tekshiriladi va sozlanadi (3 - 5 mm), shuningdek tirkama shatakchi avtomobil
izidan yurishini ta’minlovchi shotini (dishlo) o‘rnatiladi va buriluvchi
tortqilar uzunligi tekshiriladi.
Tirkama yoki yarim tirkama orqa ko‘prigining qiyshayib qolganligini orqa
o‘q uchidan shkvoren bolti o‘qigacha bo‘lgan masofani o‘lchab yoki
shotining shkvorenidan, aylantiruvchi shkvoren markazigacha b o‘lgan
masofani o‘lchab aniqlanadi. (13.7-rasm)
Shu yo‘sinda o‘lchangan A va B masofalar farqi 10
mm dan oshmasligi
kerak (A—B:10mm). Ana shunda tirkamadagi orqa ko‘prik bo‘ylama o‘qqa
amalda perpendikulyar deb hisoblanadi. Boshqaruvchi g‘ildiraklarning
yaqinlashuv masofasi xuddi avtomobilnikidek sozlanadi. Bu yaqinlashuv
masofasi sozlab bo‘lingandan keyin, shotining o‘rnatilishi tekshiriladi.
SHotini burib, old g‘ildiraklarni tirkamaning bo‘ylama o‘qiga parallel
ravishda qo‘yiladi. Bu parallellikni g‘ildirak to‘g‘inidagi (obod) bir sath
nuqtasidan shoti o‘qigacha yoki tirkama ramasining bo‘ylama to‘g‘inigacha
bo‘lgan masofasi o‘lchab aniqlanadi.
Buning uchun ulash halqasi teshigidan, ramaning xohlagan 2 ta simmetrik
nuqtasi orasidagi masofa aniqlanadi. Bu masofalar, 5,0 mm dan ortiq
farqlanmasligi kerak. Shoti noto‘g‘ri - qiyshiq o‘rnatilgan bo‘lsa, u
182
harakatlanishi davomida tirkamani avtomobil bo‘ylama o‘qiga
nisbatan
chetga chiqarib yuboradi. Shkvoren tipidagi burilish qurilmali tirkamalarda
va rospusk tirkamalarda buruvchi aravacha va tirkama ramasining boltli
birikmasidagi tirqish sozlanadi. Bu tirqish 1,5 — 2,0 mm bo‘lishi kerak.
13.5-rasm. Shatakchi avtomobillarning yarim avtomatik tayanch-ilashish qurilmasi
1-planka; 2-balansir; 3-ko‘ndalang o‘q; 4-tayanch doira; 5-cheklagich; 6-silindrik
prujina; 7-bo‘ylama o‘q; 8-plita; 9-shtift; 10-prujina; 11-ilgak; 12-yo‘naltiruvchi
barmoq; 13-sterjen; 14-prujina; 15-qulf; 16-qulf richagi; 17-barmoqchalar; 18-qisqich;
19-egar.
Tirkama va yarim tirkamalarda tormozni sozlash ishlari, g‘ildirakdagi
ishchi tormozni va uning yuritmasini sozlashni o‘z ichiga oladi. Pnevmo-
yuritmali (28.8-rasm) g‘ildirak tormozlari (MAZ — 5243, MAZ — 5245,
OdAZ — 898 va boshqalar)da tormoz kameralaridagi shtokning siljish
masofasi 25 — 30
mmdan ortib ketsa, u sozlanadi. Sozlash tartibi xuddi
shatakchi avtomobil tormozini sozlagandek bajariladi, ya’ni sozlash richagi
183
o‘qida joylashgan chervyakni burish orqali sozlanadi (shtokning siljish
masofasi 15—18mm bo‘lishi kerak).
14.6- rasm. Tirkama va yarim tirkamalar tormozi
a)
b)
14.7- rasm. O‘qlarni o‘rnatish: a- tirkama, b- yarim tirkama.
Pnevmoyuritmada havo o‘tkazgichlar va havo taqsimlagich klapanining
jipsligi tekshiriladi. Qo‘l (bekat) tormozining samaradorligi
tormozni kerish
kulaklariga ta’sir etuvchi tormoz tortqilari, uzunligini o‘zgartirish orqali
ta’minlanadi.
Tirkama va yarimtirkamalarning gidravlik yuritmali g‘ildirak tormozlarini
sozlash MAN avtomobillardek bajariladi.
184
Yurish qismlari avtomobillar 1-TXK va 2-TXK o‘tganida nazorat qilinadi
va tekshiriladi (rama, osmaning uzel va detallari) Shuningdek, ko‘tarish
mexanizmi va tayanch g‘altaklarining ishlashi tekshiriladi.
Tirkamalarning elektr jihozlarida esa elektr simlari, shtepsel birikmalari
detallarining holati hamda yoritish va signalizatsiya
asboblari holati
tekshiriladi. Ishqalanuvchi uzellar moylash kartasiga binoan moylanadi.
Tirkamalarga TXK ishlari.
14.8 — rasm. Tirkama va yarim tirkamalar pnevmotormozlarini sozlash
.
Kundalik qarov ishlari. Tirkama (yarimtirkama) ko‘zdan kechiriladi,
bunda kuzov, rama, osma, g‘ildirak va shinalar, raqam belgilarning sozligi
tekshiriladi. Ilashish qurilmasining sozligi va shatakchi avtomobil bilan
tirkamaning ishonchli ulanganligi, yoritish
va daraklovchi asboblar, tormoz
yuritmasi birikmalarining jipsligi tekshiriladi. Tirkama-rospusklarda burish
qurilmasi, uning ustunlari va qulflarining holati tekshiriladi.
Tirkama (yarim tirkama) ni qoldiq yuklardan tozalab, raqam belgilari va
uni yorituvchi fonarlari hamda stop-signallari artiladi.
Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish (I-TXK) da tirkamalar (yarimtirkama)
kuzovining sozligi tekshiriladi. Buriluvchi qurilma ko‘zdan kechiriladi va
uning detallari sozligi tekshiriladi. G‘ildiraklari
boshqariladigan tirkama
rospusklarda tortqilarning sozligi shotidan boshqaruvchi g‘ildiraklarga
185
keluvchi richag va sharnir birikmalarining holati, buriluvchi sapfa
shkvorenidagi liqillash (lyuft) tirqish va rul tortqisining sharli barmoqlard agi
liqillashning me’yoridaligi tekshiriladi.