194
davrda Respublika avtoservisiga butunlay yangi, firma usulida xizmat
ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat” va “KAMAZavtotexxizmat”lar
kelib
qo‘shildi.
Avtoservisning
moddiy-texnik
bazasi
jiddiy
ravishda
mustahkamlandi.
Uchinchi davr (1981…90 yillar) sohaning rivojlanishi, avtoservis
korxonalari tarmoqlari va tarkibining yanada o‘sishi va ular moddiy-texnika
bazasining
yanada
mustahkamlanishi
bilan
belgilanadi.
Avtoservis
korxonalari tarmoqlari o‘sishi, eng avvalo, shirkat (kooperativ)
usulidagi
korxonalarning va firma usulida ishlovchi “Matiz”, “MAN” va h.k. servis
korxonalarining tashkil etilishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liqdir. Texnik
xizmat ko‘rsatish stansiyalari, maxsus avtomarkazlar va avtoustaxonalarning
umumiy soni faqat “O‘zavtotexxizmat” boshqarmasi tarkibida 1991 yil
yanvarida 282 korxonani tashkil etdi. Ulardagi
ishchi postlarning umumiy
soni 1152 taga, firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi «Avtotexxizmat»,
«AvtoZAZ» va «AvtoGAZ texxizmat»lar 50 ta korxonalaridagi ishchi
postlari soni 408 taga etdi [3].
To‘rtinchi
davr
(1991-96
yillar)
mamlakatimiz
avtoservisining
rivojlanishida turg‘unlik yuz berdi. CHunki eski davlat iqtisodiy tizimining
o‘zgarishi va uning o‘rniga yangi, bozor iqtisodiy tizimini barpo etilishi o‘ta
murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum o‘tish davrini talab etardi. Bu davr
mobaynida eski iqtisodiy aloqalar tubdan o‘zgartirilib, yangilari shakllanishi,
shunga binoan moliya, bank,
soliq tizimi, moddiy-texnik ta’minotning
yaratilishi sababli ishlab chiqarishda, shu jumladan avtoservisda ham ma’lum
darajada vaqtinchalik qiyinchiliklarga duch kelindi.
Beshinchi davr (1996- hozirga qadar) sohada yana rivojlanish, xizmat
turlari va hajmining sezilarli o‘sishi, ishlab chiqarish-texnik bazasining yana
mustahkamlanishi, mamlakatda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishi sababli,
avtoservis korxonalari tarmoqlari va tarkibining yana kengayishi va o‘sishi,
kichik va oilaviy biznes shaklida ishlovchi ko‘pdan-ko‘p xususiy avtoservis
korxonalari,
avtoustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi postlar sonining
195
keskin ko‘payishi va, ayniqsa, mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatining
ishga tushishi (“O‘zDEUAvto” va “SamkochAvto” kompaniyalari) va ular
tomonidan qayta qurilgan avtomarkazlar va diler stansiyalarining yangicha
ishga tushishi kuzatildi. Sohada avtoservis bozori
va unda raqobat paydo
bo‘ldi, Toshkent shahrida «Toyota», «Mersedes - Bens», «Ford» va boshqa
dunyoning etakchi avtomobilsoz kompaniyalari avtoservis dilerlari ishga
tushirildi. Shu narsa ayonki, mamlakatimiz avtoservisi o‘z rivojlanishining
istiqbolli yo‘lini tanladi va bu yo‘ldan sobit qadam bilan ketmoqda.
Uning
xizmatidan hozirgi paytda 1 mln. dan ortiq avtomobillar muntazam
foydalanmoqda. Ammo bu xizmatlarning ko‘lami ham, sifati va turlari ham
avtomobil transportini to‘la qondirganicha yo‘q, sohada bir qancha iqtisodiy-
tashkiliy, moddiy-texnik, ilmiy-tadqiqiy va boshqa muammolar o‘z
echimini
kutmoqda.