14.3 Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi
hujjatlar
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardoshlik va
muvaffaqiyatli kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga
qo‘yilgan tovar yoki xizmatning yuqori sifatli bo‘lishi va bunga beriladigan
kafolatlardir. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan mustasno emas, chunki
mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati xizmat ko‘rsatuvchilarning
tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatlari garovidir. Xizmat ko‘rsatish sohasida,
jumladan avtoservis xizmatida ham, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda
bajarilgan ishlarning sifati va avtomobillar egalari- mijozlarga qilinadigan
muomala madaniyati va qulayliklardan iboratdir. Masalan, “O‘zDEUAvto”
kompaniyasi avtoservisni quyidagicha ta’riflaydi: “Servis - bu sifat bo‘lib,
mijozlar talablarini to‘la qondirishga yo‘naltirilgan turli, mumkin bo‘lgan
qulayliklardir” yoki “. eng muhim vazifa mijoz avtomobili eng yaxshi
xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun nimalar qilmoqni aniqlashdir”. Bu satrlarda
avtomobillarda bajariladigan ishlarning sifati qatori ular egalariga
ko‘rsatiladigan turli qulayliklar va xizmatlar muhimligi servis nuqtai
nazaridan ta’kidlanadi. Shu narsani aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda,
bizning servisimiz avtomobillarga xizmat ko‘rsatishda ma’lum bir darajadagi,
garchi yuqori bo‘lmasa ham, sifatni ta’minlab kelgan bo‘lsa-da, ular egalari-
mijozlar ehtiyojlari butunlay tan olinmagan, ular uchun hatto oddiy
qulayliklar yaratilmagan, kerakli ma’lumotlar etarli berilmagan. Hozirgi
paytda bu sohadagi ahvol asta-sekin tuzatilib kelinyapti. Ma’lumki,
avtomobillarda texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash miqyosida
bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik
talablar va shartlarga rioya qilinib bajarilgan hollardagina sifatli deb tan
olinadi. Masalan, avtomobil motori bloki kallagini qotirish alyuminiy
qotishmasidan bo‘lgan bloklarda ularning sovuq holida bajarilsa, cho‘yan
203
qotishmasidan tayyorlangan bloklarda issiq holatlarida qotiriladi (bu texnik
shart), qotirishni o‘rtadagi shpilkadan boshlab shaxmat usulida tortiladi(bu
texnologik talab), tortish kuchi momenti MAN motori uchun 67...72 Nm, Zil -
130 motori uchun 70...90 Nm va Matiz motorlari uchun 73...78 Nm bo‘lishi
zarur (bu texnik talab). TXK va ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchining
bu talablardan xabari bormi? Shu talablar darajasida ish bajara oladimi?
Bunga sharoit bormi? Nihoyat, buni kim nazorat qiladi? Kim unga kafolat
beradi? Shunga o‘xshash savollar juda ko‘p, undan tashqari ma’lum
darajadagi mehnat unumdorligini ta’minlash talab etiladi. Shuning uchun ham
yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilish va bir vaqtning o‘zida
bajarilayotgan ishlarning yuqori unumdorligini ta’minlash murakkab masala
hisoblanib, ko‘pdan-ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lganligi sababli sifat
muammosini echish oson bo‘lmaydi.
Har qanday ko‘rsatiladigan xizmat sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar
davlat qonunlarida va hukumat qarorlarida aks ettiriladi va shu holatdagina
ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasining
«Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» gi (1996 yil, may oyida
qabul qilingan), «Ayrim tadbirkorlik faoliyatlarini litsenziyalashtirish
to‘g‘risida» gi (2000 y, may) qonunlari va hukumatning «Tovarlar va
xizmatlarni sertifikatsiya qilish» to‘g‘risidagi qarori shular jumlasidandir. Bu
qonunlarning birinchisida tovar ishlab chiqaruvchi yoki savdo qiluvchilar,
tadbirkorlik asosida turli xizmat ko‘rsatuvchilar bilan iste’molchilar,
mijozlarning o‘zaro haq-huquqlari, vazifalari, javobgarliklari umumiy tarzda
belgilab berilgan. Ikkinchi qonunda esa litsenziyalashtirilgan faoliyatga,
jumladan, avtoservis xizmati ko‘rsatishga ham, litsenziya (huquq) olish
qoidalari,
talablari
va
shartlari
keltirilgan.
Litsenziya
mahalliy
hokimiyatlarning litsenziya organlari tomonidan yuridik yoki jismoniy
shaxslarga ma’lum muddatga (5 yilgacha va undan ortiq) beriladi.
Litsenziyalashtirishning maqsadi avtoservis korxonalari faoliyatlarini tartibga
solish,
xizmat
ko‘rsatish
bozorining normal ishlashini ta’minlash,
204
monopoliyaga qarshi qonun talablarini amalga oshirish, iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtomobil
transportini ishlatishda ekologik me’yorlarga rioya qilishdan iborat.
Avtoservisda litsenziya faqat Davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan,
ro‘yxatga kiritilgan xizmatlargagina beriladi. O‘z avtomobillariga o‘zlari TX
ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi korxonalar, tashkilotlarning mazkur ishlar uchun
litsenziya olishi talab etilmaydi.
Avtotransport vositalariga TX ko‘rsatish va ta’mirlash uchun litsenziya
olishning muhim talablaridan biri korxona, ko‘rsatiladigan xizmat va
bajaradigan ishlarning mosligini tasdiqlovchi hujjat Davlat standarti organlari
tomonidan beriladigan
sertifikatdir. Ishlab chiqarish jihozlari ham
sertifikatsiyalangan, ya’ni talablar darajasida ishlay olishini tasdiqlovchi
hujjatlarga ega bo‘lishi shart. Ishlatilayotgan texnologik jihozlrga ishlab
chiqargan zavodlaridan sertifikat olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar berilishi
lozim. Shuningdek, bajarilayotgan xizmat turlari ham sertifikatsiya qilinishi
mumkin, ya’ni Davlat standarti idorasi vakolatiga ega bo‘lgan uchinchi
tashkilot tomonidan xizmatlar talablar darajasida bajarilgan ligining tan
olinishidir. Shuni aytish zarurki, O‘zbekiston Hukumatining keyingi
yillardagi tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
qabul qilgan qarorlariga asosan litsenziyalashtirilgan xizmatlar ro‘yxati har
yili qayta ko‘rib chiqiladi va qisqartirilib borilmoqda. Shu qarorlarga asosan
servis korxonalari va ularning xizmatlarini sertifikatsiyalashtirish ham
vaqtincha zarur emas. Bu qonunlardan tashqari davlatning yana bir qancha
standartlari mavjud bo‘lib, ular xavfsizlikni ta’minlash va tabiatni
asrash,ekologik talablardan kelib chiqadi, masalan, avtomobil gabaritlari,
chiroqlari, signalizatsiya, boshqaruv organlariga tegishli standartlar shular
jumlasidandir. Bu hujjatlarning servis xizmatiga taalluqli bo‘lgani uchun
quyidagilarini ko‘rsatish zarur:
- «Avtomobillarni sotishga tayyorlash qoidalari»;
- «Avtomobillarga kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida nizom»;
205
- «Ehtiyot qismlar katalogi»;
- «Avtomobillarni ishlatish to‘g‘risida qo‘llanmalar»;
- «Avtomobillarni ta’mirlash to‘g‘risida qo‘llanmalar»;
- «Avtomobilning servis daftarchasi»;
- «Avtoservis ishlab chiqarishini tashkil etish yo‘riqnomasi»;
- «Avtoservis xizmati ko‘rsatish qoidalari» va h.k.
O‘zbekistonda ikkinchi bo‘g‘indagi hujjatlar safiga sobiq «O‘zavtotrans»
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan «Avtomobillarga texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi nizom» (1996y) va «O‘zavtotexxizmat»
hissadorlik jamiyati korxonalarida engil avtomobillarga texnik hizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi nizom.»
ATXK stansiyalarida ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi turli
qo‘llanmalar;
- «Korxonalarda mijozlar avtomobillariga xizmat ko‘rsatish qoidalari»;
- «Bajarilgan xizmatlar, ehtiyot qismlar va materiallar narxnomalari
(preyskurantlari)»;
- «Ta’mirlanadigan detallar, uzellar va agregatlarni mijozlardan qabul
qilish va ulardan avtomobillarni ta’mirlashda foydalanish va hisob-kitob
qilish to‘g‘risidagi nizom»;
- «Avtotexxizmat korxonalarida engil avtomobillar kuzovlari va kuzov
detallarini ta’mirlashga qabul qilish, ta’mirlash va egasiga topshirish haqida
texnik talablar» va h.k. lar kiradi.
- Birinchi nizomda avtomobillar texnik xizmati va ta’mirlash asoslari va
me’yorlari va shuningdek, ularni avtotexxizmat korxonalarida tashkil etish
bo‘yicha tavsiyanomalar keltiriladi. Nizom asosi qilib avtomobillar texnik
holatini ta’minlovchi ma’lum bir strategiya tanlab olinadi.
- Ikkinchi nizomda esa xizmat ko‘rsatish qoidalari va shuningdek, mijoz
bilan bajaruvchi-ijrochi orasidagi aloqalar, tartiblarning huquqiy me’yorlari
keltiriladi. «O‘zavtotexxizmat» nizomidan xususan shularni keltirish
mumkin:
206
- Buyurtmani bajarish muddati:
- TX va davlat texnik qaroviga tayyorlash - 2 kun;
- Joriy ta’mirlash - 15 kunga qadar;
- Kuzovni to‘la bo‘yash (eskisini olib tashlab) - 15 kunga qadar;
|