14.4 Firma usulidagi avtoservis xizmati
Firma usulidagi avtoservis xizmati eng qadimiy usullardan b o‘lib, u
birinchi avtomobillarni ishlab chiqarish va haridorlarga sotish bilan
bog‘liqdir. Chunki, avtomobillarni sotib olayotgan haridorlar sotuvchidan
ularning ishonchli ishlashini, buzilgan hollarda tuzatib berishlari va ishdan
chiqqan qismlarini almashtirish uchun ehtiyot qismlar bilan ta’minlashni
kafolatlashlarini talab etganlar, ya’ni avtomobillarni sotish bo‘yicha
avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi tizimni tashkil etish ehtiyoji tug‘ilgan va u
avtomobilsozlik sanoati bilan birga tuzila boshlagan. Dastlab avtomobilsozlik
sanoati tomonidan tashkil etilgan avtoservis xizmati bugungi kungacha
yashab, rivojlanib kelayapti va uni firmaviy avtoservis deb ataladi . Firma
usulidagi avtoservis quyidagi xususiyatlarga ega:
- har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya birinchi navbatda o‘z
mahsulotlari bo‘lgan avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi;
-servis xizmati, avtomobillar dunyoni qaerida sotilsa, o‘sha joylarda
tashkil etiladi;
- xizmat to‘la shaklda, ya’ni avtomobillar sotishdan tortib, to TXK va
ta’mirlashning barcha turlari bajariladi va shuningdek, ehtiyot qismlar,
ta’mirlash materiallari bilan bekam- ko‘st ta’minlanadi;
- avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi va firma usulida ishlovchi barcha
korxonalar (avtomarkazlar, diler stansiyalari, maxsus ustaxonalar va h.k.) o‘z
kompaniyalari tomonidan zarur texnologik jihozlar, asbob-uskunalar, texnik
va texnologik hujjatlar bilan to‘la ta’minlanadi;
-kompaniya o‘z avtoservisi korxonalari uchun hamma bo‘g‘indagi kadrlar
va mutaxassislarni tayyorlaydi va ularning kasbiy malakalarini doimo oshirib
boradi.
207
I bo‘g‘in
II bo‘g‘in
III bo‘g‘in
15.5-rasm. Avtoservis xizmatini huquqiy va me’yoriy ta’minlovchi
hujjatlar tizimi.
Avtomobilsoz kompaniyalar o‘zlari tashkil etgan avtoservis tizimlariga
juda katta etibor va jiddiylik bilan qaraydilar, chunki bu tizimlar
avtomobilsozlarni o‘z mijozlari, ya’ni avtomobillarni sotib oluvchi va
ishlatuvchilar bilan bog‘lovchi muhim vazifani bajaradi, o‘z kompaniyalari
avtomobillari va servis xizmati ko‘rsatishdagi mijozlar uchun yaratilgan
qulayliklarni reklama qiladi, xullas, o‘z kompaniyalari avtomobillarini sotib
oluvchi va ishlatuvchilar bilan boglovchi muhim vazifani bajaradilar, o‘z
kompaniyalarining haqiqiy jonkuyarlari ekanligini namoyish etadi. O‘z
navbatida avtomobilsoz kompaniyalar ham o‘zlarining servis xizmati
tizimiga katta e’tibor berishlarini yuqorida aytib o‘tgan edik. Chunki
Davlat qonunlari va standartlari
Tarmoq, muassasalar standartlari, qoidalari va talablari
(nizomlar, qo‘llanmalar va sh.k.)
Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar standartlari
Sifat ta’minlovchi standartlar
Mijozlar uchin xizmat sifatini
kafolatlovchi ko‘rsatmalar
Tashkiliy, texnik, texnologik
va xokazo tadbirlar majmuasi
Buzilmay
ishlash
resurslari
va
yurgan
yo‘llar, kunlar va hokaza
208
kompaniyalarning avtomobillar bozorlaridagi mavqei, tijoriy ishlarining
muvaffaqiyati ko‘pincha aynan shu servis xizmati tizimlarining samarali
ishlashiga bog‘liqdir. Bu servis xizmatining firmaviy yoki firma usuli deb
atalishi sababi esa har bir avtomobilsoz kompaniya avtoservisining o‘ziga
xosligi, boshqa kompaniyalar servisidan biron-bir jihati bilan ajralib
turishidir. Albatta, bu o‘ziga xosliklar birinchi navbatda mijozlar
manfaatlariga xizmat qilishlari shart. Masalan, ba’zi avtomobilsoz
kompaniyalar o‘z mahsulotlari- avtomobillar yoki ularning muhim qismlariga
kafolatli ishlash davrlarini boshqalarga nisbatan ko‘proq belgilasalar,
boshqalari esa servis xizmatida mijozlar uchun turli imtiyozli qulayliklar
yaratish bilan shugullanadilar. Shuni ta’kidlash zarurki, firma usulida
ishlovchi avtoservis xizmatini tashkil etish avtomobilsoz kompaniyalar uchun
oson ish emas. Buning uchun kompaniya mutaxassislari katta hajmdagi
iqtisodiy-tashkiliy
masalalarning
tahlilini,o‘tkazib
hisob-kitob
qilib
chiqadilar va natijada, firma usulida avtoservis xizmati tashkil etilishining
quyidagi variantlaridan birini tanlab oladilar [5]: Bu usullarning har biri o‘z
afzallik va kamchiliklariga ega, ulardan qaysi birini qo‘llash murakkab
tahliliy ishni talab etadi. Ammo qaysi usulni qo‘llashdan qa’tiy nazar,
sotuvchi mahsulot sifatiga javob beradi va bu esa tijorat muvaffaqiyatining
kalitidir. Firma usulida avtoservis xizmatini tashkil etishning quyidagi sakkiz
qoidasi, ayniqsa, muhimdir:
1.Strategiya tanlash. Har bir bozor uchun mijozlar qanday xizmatlarni
talab etadi, avvalo shuni aniqlab (marketing), uni ta’minlashga kafillik
berish;
2. Mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ular uchun qulayliklar yaratish. Agar
mijozlar talabi ko‘p jihatdan qondirilmasa, ularning ko‘ngli sovib ketishiga
qarshi choralar qidirish, imtiyoz yaratish, qo‘shimcha xizmatlar, (video,
kinofilmlar namoyish etish va h.k.), ko‘rgazmalar tashkil etish;
209
3. Xizmat korxonasining o‘z xodimlariga bo‘lgan aniq va ravshan talabi,
xizmat xodimlarining barchasi uchun barobar zarur bo‘lgan namunaviy
(standart) xizmat qoidasini joriy etish;
4. Uzluksiz ta’minlash tizimini yaratish;
5. Servis xizmati xodimlari malakasini doimo oshirib borish, o‘qitish;
6. Maqsad-nuqsonsiz ishlashga erishish, servis xizmati elementlari sonini
mumkin qadar kamaytirish, (buyurtma qabul qilib olingandan to u egasiga
topshirilgunga qadar);
7. Mijoz-xizmatni baholovchi eng ishonchli hakam, uning fikrlarini
o‘rganish va iloji boricha hisobga olish;
8. Ijodga yo‘l ochish.
Hozirgi servisning shiori -"Mijozga ko‘proq xizmat ko‘rsatish", unga
avtomobil sotish-u bilan aloqa o‘rnatilishining boshlanishidir, servis
xizmatining yangi turlari doimo izlaniladi.
Servisning muhim elementlaridan biri-bu texnik hujjatlardir. Ular
iste’molchilar tilida sodda va ravon usulda chiqariladi. Bu hujjatlarning
muhimi:
-avtomobillardan foydalanish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar;
-TXK va ta’mirlash to‘g‘risidagi qo‘llanmalar;
-ehtiyot qismlar katalogi;
-xizmat sifatini kafolatlash to‘g‘risidagi hujjatlar;
- servis daftarchalari.
Amalda avtomobilsoz kompaniyalar firma usulidagi avtoservis xizmatini
tashkil etishda yuqorida keltirilgan usullardan aynan biron-bir variantini
tanlab olish bilan cheklanmay, balki bir necha variantlardan iborat
kombinatsiyalarini qo‘llaydilar. Masalan, Fransiyaning eng yirik avtomobil
kompaniyalaridan biri ”Reno”ga qarashli, butun dunyo bo‘ylab keng yoyilgan
avtomobillarga firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda 13000 atrofida
ATXKS lari va avtoustaxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Shulardan 6000 tasi
210
mamlakat tashqarisidadir. Bu tarmoq chizmasini quyidagicha tasavvur qilish
mumkin.
Ixtisoslashgan avtomarkazlarda 50,75,100 postli ATXKSlar, avtomobillar
va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiluvchi bazalar va boshqa ma’muriy,
moliyaviy, yuridik va axborot organlari (jami 12 ta) joylashgan. Kompaniya
avtomobillariga avtoservis xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan stansiyalar o‘z
hududlaridagi avtomarkazlar bilan shartnomalar asosida ishlaydilar. Bu
stansiyalar konsessionerlar stansiyalari deb ham ataladi, ya’ni shartnoma
asosida ishlovchi ma’nosida. Avtomarkazlar mamlakatning barcha viloyatlari
markazlari va yirik shaharlarda tashkil etilgan, umumiy soni 50…60 atrofida.
Diler stansiyalarining mijozlari asosan, shaxsiy avtomobil egalari (TXK
va ta’mirlash bo‘yicha) va turli avtotransport korxonalaridir (ehtiyot qismlar
savdosi bo‘yicha). Dilerlar mavqei boshqa mustaqil stansiyalarga qaraganda
yuqori turadi, ularda bajarilgan ishlar sifati yuqori baholanadi va
almashtirilgan ehtiyot qismlar ishonchli hisoblanadi. Ularda ishlovchilarning
ish haqlari ham 50...70 foiz yuqori bo‘ladi. Umuman olganda firma usulidagi
avtoservis xizmatining qadri yuqori bo‘lsada, uning hajmi katta emas.
Masalan, AQSHda barcha avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning
faqat 9 foizigina firma usulida ishlaydi, ammo ularning TXK va
ta’mirlashdagi bajargan ishlarining ulushi 1996 yilda 16 foizni tashkil etgan).
|