15.3 Mashinalarni sotishga tayyorlash va kafolatli texnik xizmat
ko‘rsatish
Mashinalarga servis xizmati ko‘rsatuvchi ko‘pgina korxonalarning tijoriy
ishlariga mashinalar, ularga ehtiyot qismlar va avtomateriallar bilan savdo
226
qilish ham kiradi. Ayniqsa bu ishlar diler servis stansiyalarining birinchi
vazifasi hisoblanadi.
Avtosavdo joylari–avtosalonlar, ehtiyot qismlar sotish do‘konlari
korxonalarning kiraverish qismidagi eng nufuzli joyida joylashtiriladi. Ularni
xaridorlar didiga mos tushishiga, zamonaviy, qulay va shinam bo‘lishiga va
jihozlashga katta ahamiyat beriladi, chunki sotiladigan mashinalarni
xaridorlarga namoyish etish va reklama qilish san’ati tijoriy ishlarning
muhim tarkibiy qismidir.
Mashina sotishning muhim shartlaridan biri uni sotish oldi texnik
xizmatidan o‘tkazishdir. Bu xizmat «Mashinalarni sotish oldidan tayyorlash
qoidalari» maxsus hujjati asosida bajariladi va xaridorlarga har tomonlama
but, texnik jihatdan soz va ishlatishga tayyor yangi mashinani etkazib
berishni ko‘zda tutadi.
- Sotish oldi texnik xizmati uch turdagi ishlarni o‘z ichiga oladi.
- bajarilishi shart, zaruriy ishlar;
- talab etilgan hollardagina bajariladigan ishlar;
- buyurtmachi -mijoz talabiga binoan bajariladigan ishlar.
Birinchi turdagi ishlarga mashinaning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan
kechirish, oyna, dekorativ detallarini himoya moylaridan tozalash, kuzovni
yuvish, tozalash, mashina butligi va hujjatlarini tekshirish, zarur hollarda
butlash, eshik, kapot va oynalarni ochish va yopish mexanizmlarini tekshirib
ko‘rish, motorni yondirib uning engil o‘t olishini va turli tartibotlarda
barqaror va soz ishlashini tekshirish, oldingi o‘rindiqlar siljishi va ularning
orqa suyanchiqlari mexanizmlari ishlashlarini tekshirish, motorning sovutish
tizimidagi va barcha agregatlaridagi moy sathi, tormoz tizimining jipsligi va
undagi suyuqlikning sathini tekshirish, priborlar panelidagi barcha o‘lchov-
nazorat asboblari, chiroqlar va barcha signal berish asboblari ishlashini
tekshirish, shinalarda havo bosimini o‘lchash va h.k.lar kiradi.
Ikkinchi turdagi ishlarga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha agregatlar,
mexanizmlar va tizimlarda nosozliklar, nuqsonlar kuzatilgan holda ularni
227
bartaraf etish, buning iloji bo‘lmagan holda uni yangisiga almashtirish,
sozlash, rostlash, moylash va h.k.lar kiradi.
Uchinchi turdagi ishlar buyurtma bo‘lib, ular xaridor-mijoz tomonidan
talab etilishi mumkin bo‘lgan-qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish, masalan,
tumanga qarshi chiroqlar, olib qochishga qarshi qulflar, oldingi va orqa
qanotlar ketiga sachrashdan himoyachilar (brizgoviklar), q o‘shimcha
ko‘zgular bilan jihozlash va h.k. kabilardir. Uchinchi turdagi ishlar mijoz
tomonidan hisob-kitob qilinib to‘lanadi.
Birinchi va ikkinchi turdagi ishlarning umumiy hajmi 0,8…1,0 ishchi-
soat hisobida belgilanishi mumkin va sotuvchi hisobidan bajariladi.
Sotish oldi texnik xizmatini bajarish uchun alohida maxsus ishchi posti
ajratilishi yoki uni kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish postlarida bajarish
mumkin.
Dunyo mashina bozorida qatnashish va unda kuchli raqobat sharoitida
muvaffaqiyatli ish yuritish shartlaridan biri mashinasoz kompaniyalarning o‘z
maxsulotlari mashinalar, ehtiyot qismlar sifatiga kafolat berishdir. Bu degan
so‘z mashinalarning ishlatish davri dastlabki bir necha yil yoki yurgan
yo‘lining benuqsonligi kafolatlanadi, ya’ni bu davr davomida mashinani
ishlab chiqargan kompaniya – zavod amaldagi qonunlarga asosan, mashinani
sotish va undan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, unda
yashirin sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish, ishdan
chiqqan detallari, uzellari va agregatlarini o‘z hisobidan almashtirib berish
majburiyatini oladi.
Kafolat majburiyatlari maxsus hujjat «Mashinalarga kafolatli texnik
xizmat ko‘rsatish nizomi» da [6] keltiriladi va kafolatli muddat davomida
bajariladi. Kafolat muddati mashina sotiladigan mamlakat qonunchiligi va
bozor talablaridan kelib chiqqan holda mashinasoz kompani yalar yoki
mashinalar bilan savdo qiluvchi firmalar tomonidan belgilanadi, masalan,
O‘zbekistonda mashinalar chiqaruvchi va sotuvchi «O‘zDEU avto»
kompaniyasi o‘z mashinalarining barcha modellari uchun kafolat muddati 12
228
oy yoki shu davr davomidagi bosgan yo‘lining 20 ming km. hisobida qabul
qilgan. Kafolat muddati mashinaning «Servis daftarchasi» da ko‘rsatilgan
sotilgan kunidan boshlab hisolanadi, bu davr mobaynida mashinaga uchta TX
(talon № 1,2,3,) ni o‘tkazish mo‘ljallangan, talon № 1 bajarish muddati 2...3
ming km bosgan yo‘l oralig‘ida, bunda xizmat haqi bepul, faqat sarf bo‘lgan
materiallar (moy, filtr) uchun hisob– kitob qilinadi. Qolgan TX lar mashina
10 va 20 ming km yurgandan keyin bajariladi va ular uchun mashina egasi –
mijoz to‘la hisob-kitob qiladi. Sotish oldi TX dan tortib keyingi o‘tkazilgan
barcha TX lar va kafolatli ta’mirlashlar «Servis daftarchasi» ga yozilib qayd
qilinishi talab etiladi. Kafolatli ta’mirlashni bajarish muddati, uning ish hajmi
va murakkabligiga qarab, 20 ishchi kunidan oshmasligi belgilangan.
Mashina sifatiga (texnik holatiga) da’volarni ko‘rib chiqish uchun maxsus
komissiya mashina saqlanadigan joyga borishi yoki uni ishlab chiqaruvchi
vakolatiga ega bo‘lgan dilerga keltirish zarurati bo‘lgan hollarda, ta’mirlash
muddati 30 ishchi kuni ichida bajarilishi ko‘rsatilgan. Kafolatli ta’mirlashda
faqat maxsus texnik talablar va andozalarga mos tushuvchi va uni ishlab
chiqargan zavodlar tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlovchi ehtiyot
qismlar va materiallar qo‘llanishi talab etiladi, ta’mirlangan detallar, uzellar
va agregatlarni qo‘yish va foydalanish man etiladi. Kafolatli ta’mirlashda
ishlatilgan detallar, uzellar va agregatlarning kafolat muddati q o‘yilgan
kunidan boshlab 12 oy yoki 15 ming km. hisobida belgilangan.
Kompaniyaning mashinalar bilan savdo qiluvchi barcha avtomarkazlari va
diler korxonalarida kafolatli xizmat ko‘rsatish uchastkalari ishlab turadi, ular
malakali mutaxassislar, kerakli anjom-uskunalar va zaruriy ehtiyot qismlar
bilan ta’minlangan. Kafolatli TXK yoki ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan
mashina, qaerda sotilishidan qa’tiy nazar, mashinani ishlab chiqargan
kompaniya tashkil etgan, hohlagan bunday diler korxonalarining biriga kirib
uning xizmatidan foydalanishi mumkin.
Dunyodagi barcha mashinasoz va mashinalar bilan savdo qiluvchi
kompaniyalar, firmalar o‘z dilerlarining kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish va
229
ta’mirlash ishlariga katta ahamiyat beradilar, chunki bu faoliyat
kompaniyalarning mijozlar oldidagi obro‘-e’tiboriga, mavqeiga katta ta’sir
ko‘rsatadi, zotan ular biznesining muvaffaqiyati ham ayrim jihatdan shu
xizmat saviyasiga bog‘liqdir. Shuningdek, mashina sotib olib uni ishlatgan
mijoz ham mashinani kafolatlangan davrida bir qancha qoidalarga rioya
qilishi, chunonchi:
- maxsus qo‘llanmada keltirilgan texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya
etishi;
- faqat tavsiya etilgan ekspluatatsion materiallardan (yonilg‘i, moy va
h.k.) foydalanishi;
- mashinani yo‘l-transport hodisalaridan saqlash;
- mashinani sport musobaqalari va o‘quv – o‘rgatuvchi mashqlarida
qatnashtirmasligi talab etiladi.
Mashinaning kafolat huquqi saqlanishi va undan mahrum bo‘lish hollari
yuqorida keltirilgan hujjat – nizomda batafsil keltirilgan.
|