|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 3/11 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1 Mb. | | #103601 |
Bog'liq Engineering materials - lecture 77.1-jadval
Titanning elastiklik moduli kichik, issiqbardoshliligi yuqori emas, yuk ta'sirida u oquvchan holatga keladi. Shuning uchun undan konstruksion material sifatida kam foydalaniladi. Yuqori qovushoqlikka ega bo'lganligi uchun uni kesib ishlash ham qiyin.
Texnik titan kimyo sanoatida, kemasozlikda, yadro energetikasida keng qo'llaniladi. Uning xossalarini yaxshilash uchun u legirlanadi. Polimorf xususiyatlarga ta'sir qilishiga qarab qotishma tarkibidagi legirlovchi elementlarni ikki turga bo'lish mumkin: Polimorf o'zgarish jarayoni haroratini ko'taradigan elementlar (AI,O2, N2). Ular a - fazaning barqarorlashtiruvchilari deb ataladi. Polimorf o'zgarish jarayoni haroratini pasaytiradigan (β-fazaning barqarorlashtiruvchi) Mo, V, Mn, Cr, Fe elementlar. Polimorf o'zgarish jarayoni haroratiga ta'sir ko'rsatmaydigan, faqat a va β fazalarning xossalarinigina o'zgartiradigan qo'shimcha elementlar ham bor (Sn, Zr, Hr, Th).
Ko'pchilik titan qotishmalari tarkibida alyuminiy bo'ladi. Ikki fazali titan qotishmalarining termik ishlash yo'li bilan mustahkamligini oshirish mumkin. Qotishma tarkibida qancha legirlovchi elementlar ko'p bo'lsa, uning martensitga parchalanish harorati shuncha past bo'ladi. Qotishmaning eskirtirish haroratini ko'tarish (400-5500C) bilan uning mustahkamligi va qattiqligini oshirish mumkin.
Plastik deformasiyalangan titan qotishmalari (BT5, BT5-1) ga 670-8000C da qayta kristallanish yumshatishi berilsa, ichki kuchlanishlar yo'qolib, (fazaning barqarorligi ortadi.
Titan qotishmalari quyish uchun mo'ljallangan (BT5R, BT20R, BT21R) yoki deformasiyalanadigan (BT5, BT9, BT16) turlarga bo'linadi. Titan qotishmalarini mexanik xossalari bo'yicha ham sinflarga bo'lish mumkin.
Titan qotishmalari hozirgi vaqtda samolyotsozlikda, raketasozlikda, kemasozlikdagi javobgarligi katta bo'lgan vositalarni yasashda juda qo'l kelmoqda. Lekin titan qotishmalarini xossalarini yaxshilash bilan bog'liq bo'lgan muammolarning ko'pi hali yechilgan emas.
|
| |