• Alyuminiy qotishmalari
  • Alyuminiy va uning qotishmalari




    Download 1 Mb.
    bet4/11
    Sana22.11.2023
    Hajmi1 Mb.
    #103601
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Engineering materials - lecture 7

    Alyuminiy va uning qotishmalari. Quyma alyuminiy qotishmalari. Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari. Alyuminiy qotishmalarini termik ishlash. Rangli metallarga mis, alyuminiy, qalay, qo‘rg‘oshin, rux, nikel, titan, magniy va boshqalar, shuningdek ularning qotishmalari kiradi. Zamonaviy mashinasozlikda rangli metallarning ahamiyati juda katta, ayniqsa energetika, elektrotexnika, radioelektronika, samalyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlarida va aloqa sohalarida rangli metallar va ularning qotishmalari juda ko‘p ishlatiladi.
    O‘zbekiston rangli metall rudalarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. Rangli metallarning rudalarida bir vaqtning o‘zida bir qancha turli metallar: qo‘rg‘oshin, qalay, mis, oltin, kumush, temir, simob va nodir metallar uchraydi. Bunday rudalar ko‘p metalli rudalar deyiladi. Shuning uchun rangli metallarning rudalarini kompleks qayta ishlab bir vaqtning o‘zida hamma qimmatli metallarni ajratib olishga harakat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda mis va alyuminiy ishlab chiqarishni sezilarli ko‘paytirish, shuningdek qo‘rg‘oshin, qalay, magniy, nikel, titan, volframli, molibdenli va titanli konsentratlarni, hamda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni kengaytirish muhim axamiyatga ega.
    Mashinasozlik texnologiyasi hamda elektrotexnika sanoatida alyuminiy keng doirada ishlatiladi. Alyuminiy mashinasozlik materiallar ichida o'zining muhim xususiyatlari (solishtirma mustahkamligi, elektr va issiqlik o'tkazuvchanligi hamda korroziyabardoshligi) bilan ajralib turadi. Alyuminiyning fizik va mexanik xossalari uni legirlash orqali yaxshilanadi. Konstruktsion materiallar sifatida alyuminiy qotishmalari duralyuminiy, siluminiy va magnalinlar, kukun qotishmalar keng qo'llaniladi.
    Alyuminiy qotishmalari ishlab chiqarish texnologiyasi va termik ishlangandan keyin mustahkamligining oshishiga qarab tuli sinflarga bo'linadi. Alyuminiy qotishmalari mashinasozlik materiali sifatida kelgusida keng ishlatiladi. Ayniqsa, kukun metallurgiyasi usuli bilan olinadigan alyuminiy qotishmalarning ahamiyati juda kattadir. Bunday materiallar yuqori mustahkamlikka, korroziyabardoshlikka, olovbardoshlikka ega. Bunday materiallar javobgarligi katta bo'lgan mashina vositalarini tayyorlashda keng qo'llanilmoqda va bir yo'la chiqindisiz texnologiyani qo'llashga imkoniyat yaratmoqda. Alyuminiy qotishmalarini termik ishlash natijasida uning mustahkamligi va texnologik xususiyatlarini oshirish mumkin.

    Download 1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1 Mb.