|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 6/11 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1 Mb. | | #103601 |
Bog'liq Engineering materials - lecture 7Alyuminiy qotishmalari. Alyuminiy qotishmalari toza alyuminiyga nisbatan yaxshi mexanik va texnologik xossalarga ega. Shuning uchun mashinasozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, qurilish va qishloq xo'jaligida alyuminiy qotishmalari keng qo'llaniladi. Alyuminiy legirlovchi elementlar bilan bir xil ko'rinishdagi o'zgaruvchan tarkibli qattiq eritmalarni hosil qiladi. Shuning uchun ular holat diagrammasi bo'yicha sinflarga ajratiladi (7.1-rasm).
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalarining aksariyati yaxshi texnologik xossalarga ega, plastikligi yuqori va ularni kesib ishlash oson. Shuning uchun ulardan turli shakldagi yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish mumkin, masalan, qog'ozlar (folga), listlar, chiviqlar, trubalar, qobirg'ali panellar, turli ko'ndalang kesimdagi simlar, bolg'alash va shtamplash mahsulotlari. Bunday zagotovkalar materialni sovuqlayin yoki issiqlayin bosim ostida ishlash usuli bilan olinadi (presslash, ekstruzerdan o'tkazish, bolg'alash, shtamplash, jo'valash hamda volchirlash). Zagotovkalarni plastik deformatsiyalash yo'li bilan olish samarali texnologik jarayon bo'libgina qolmay, balki alyuminiy qotishmalarini mustahkamligini oshirish usuli hamdir.
7.1-rasm. Alyuminiy-legirlovchi element tizimi holat diagrammasining umumiy ko'rinishi: A-deformatsiyalanadigan qotishmalar; V-quyma qotishmalar.
Lekin deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalarining ichida termik ishlov natijasida mustahkamligi oshmagan (I) va oshadigani (II) ham bor (7.1-rasmning A qismi). Masalan, Al-C-Mg-Mn turkumga kiruvchi qotishmalar (duralyuminiy) termik ishlaganda ularning mustahkamligi oshadi (7.2-jadval). Duralyuminiylar sovuq holda ham, issiq holda ham yaxshi deformatsiyalanadi. Sovuqlayin deformatsiyalash odatda jarayonning orasida qayta kristallash bilan yumshatib (350...3700C), bosqichma-bosqich olib boriladi.
Duralyuminiylarning tarkibi va xossalari 7.2-jadval
Mis alyuminiyda eriydi hamda CuAl2 oraliq fazani ham hosil qiladi. Oddiy haroratda mis 0,2% gacha erisa, yuqori haroratda qaraiyb 5,6% gacha eriydi. Durayuminiylarni termik ishlash usuli bilan mustahkamlash uchun ular toblab, eskirtiriladi. Buning uchun qotishma 495...5050C gacha qizdiriladi va suvda sovitiladi, songra 5...6 kun uy haroratida ushlab turiladi, ya'ni tabiiy eskirtiriladi. Eskirish natijasida mustahkamlik yangi toblangan qotishmaga qaraganda qariyb 70….75% ga oshadi. Toblangan duralyuminiy mustahkamligining eskirish haroratiga va vaqtiga bog'liqligi 7.1-rasmda ko'rsatilgan.
Misning alyuminiydagi qattiq eritmasining (α-qattiq eritma) eskirtish jarayonida parchalanishi natijasida mustahkamlik ortadi (7.2-rasm).
7.2-rasm. Duralyuminiy mustahkamligi (b) ning eskirtirish vaqti va haroratga bog'liqligi grafigi.
|
| |