|
-jadval Deformatsiyalanadigan alyuminli qotishmalari
|
bet | 8/11 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1 Mb. | | #103601 |
Bog'liq Engineering materials - lecture 77.3-jadval Deformatsiyalanadigan alyuminli qotishmalari
Shuning uchun ularning kooroziyabardoshligini oshirish uchun yuzalari Al 1% Zn bilan qoplanadi. Yuqori mustahkamlikka ega bolgan qotishmalar harorat (T>1200C) ta'siridagi tashqi muhitda ishlaydigan konstruktsiyalarni tayyorlashda ishlatiladi.
Yuqori harorat ta'sirida xossalarini yo'qotmasdan uzoq vaqt ishlaydigan alyuminiy qotishmalari ham bor. Termik ishlanadigan bunday qotishmalarga olovbardosh (AK-4, AK4-1) qotishmalar kiradi. Ular murakkab tarkibga ega va 3000C gacha ishlay oladi. Qotishmalar tarkibidagi ega va 3000C gacha ishlay oladi. Qotishmalar tarkibidagi temir, nikel, mis va boshqa elementlar qotishmaning mustahkamlovchi fazalarini, ya'ni intermetallit (SiAl2, SiMgAl2, Al2MnCi va hokazo) larni hosil qiladi (7.3-rasm).Qotishma mis, marganets, titan elementlari bilan legirlanganda diffuzion jarayonlarni to’xtash hisobiga olovbardoshlikka erishiladi. Olovbardosh qotishmalardan tayyorlangan mashina vositalari toblanib, so’ngra sun'iy eskirtirilgandan keyin ishlatiladi.
7.3-rasm. Alyuminiy qotishmalari mikrotuzilishi: a-Al-Si turkumidagi quyma alyuminiy (a-qattiq eritma, (α+SiAl2 evtektik mexanik aralashma hamda SiAl2) intermetallit); b-D16 quymasi α- qattiq eritma va S(AI2MgSi) intermetallit); v-deformatsiyalanadigan D16 qotishmasi toblangandan keyin (α- to'yintirilgan qattiq eritma); g-D16 qotishmani toblab, so'ngra eskirtirilgandan keying holati.
Bolg'alash va shtamplash usuli bilan ishlov beriladigan qotishmalar (AK6, AK8) yaxshi plastiklikka ega. Ularga bosim ostida issiqlayin ishlov berilganda darzlar hosil bo'lmaydi. Bunday qotishmalar Al-Ci-Mg turkumiga kiradi. Ularga qo'shimcha sifatida kremniy qo'shiladi. Ularni 450...4750C da qizdirish bilan bolg'alanadi va shtamplanadi. Ulardan o'rta kuchlanishda ishlaydigan mashina vositalari tayyorlanib, toblanadi va eskirtiriladi, keyin ishlatiladi.
|
| |